WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat universiteti

Turizm va mehmondo‘stlik

Bakalavr Dual 3 yil

Dastur haqida

Ta’lim yo‘nalishi tavsifi

61010100 – Turizm va mehmondo‘stlik bakalavriat ta’lim yo‘nalishi xizmat ko‘rsatish sohasi uchun turizm, mehmonxona xo‘jaligi va mehmondo‘stlik industriyasida faoliyat yurita oladigan malakali kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Ta’lim yo‘nalishi turizm xizmatlarini tashkil etish, mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, turistik mahsulotlarni ishlab chiqish, turizm korxonalari faoliyatini boshqarish va sohani rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni qamrab oladi.

Tarkib va o‘quv rejasi

Ta’lim jarayonida talabalar:

  • Turizm asoslari;
  • Mehmondo‘stlik industriyasi;
  • Turizm geografiyasi;
  • Turizm marketingi;
  • Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish;
  • Turizm menejmenti;
  • Ekskursiya xizmatlarini tashkil etish;
  • Xalqaro turizm;
  • Turizm iqtisodiyoti;
  • Turizmda axborot texnologiyalari;
  • Xizmatlar sifatini boshqarish;
  • Kasbiy amaliyot

yo‘nalishlarida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.

Dasturni o‘rganish natijalari

Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchi:

  • turizm va mehmondo‘stlik korxonalari faoliyatini tashkil etish;
  • turistik xizmatlarni loyihalash va amalga oshirish;
  • mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini boshqarish;
  • turizm bozorini tahlil qilish;
  • turistik marshrutlar va dasturlar ishlab chiqish;
  • zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish

ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Karyera imkoniyatlari

Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari:

  • turizm menejeri;
  • turagent;
  • turoperator;
  • mehmonxona administratori;
  • mehmonxona menejeri;
  • ekskursiya tashkilotchisi va gid;
  • turizm marketingi mutaxassisi;
  • davlat va xususiy turizm tashkilotlari xodimi

sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar