WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Shahar transporti xo‘jaligi va aloqa yo‘llari

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70730202 - Shahar transporti xo'jaligi va aloqa yo'llari magistratura mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi ta'lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta'lim shakllari bo'yicha o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me'yoriy mudd ati 2 yil.

Kasbiy kompetensiyalar:

- shahar transporti xo'jaligi va aloqa yo'llari sohasida bajarilayotgannazariy va amaliy ishlar mavzusi bo'yicha informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tadbiq etish ko'nikmalariga ega bo'lishi;

- loyihalarning samaradorligini baholash, tarmoqlar va sohalar bo'yicha hisobotlami tuzish hamda ularni sharhlash ko'nikmalariga ega bo'lish;

- shahar transporti xo'jatigi va aloqa yo'llari sohalari bo'yicha xavfsizlikni ta'minlash, ularga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazishni va tahliliy ishlarni baj arishni bilishi;

- shahar transporti xo'jaligi va aloqa yo'llari sohalar bo'yicha strategik rejalarni ishlab chiqish, xavfsizlik sohasida yechilayotgan ilmiy muammolarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot natijalari bo'yicha tavsiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tadbiq etishni bilish;

- shahar transporti xo'jaligi va aloqa yo'llari loyihalarning samaradorligini baholash ko'nikmalariga ega bo'lish;

- transport qurilishda ayrim vaziyatlarga tahdid soluvchi omillarni battaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish malakasiga ega bo'lish; 

me' yoriy-huquqiy hujj atlarni eksperti zadan o' tkazi shni bilish.

Kvalifikatsiva. Mutaxassislik bo'yicha bitiruvchilarga muhandis-quruvchi (tadqiqotchi-pedagog) kvalifikatsiyasi beriladi.

O'xshash dasturlar