Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Transport vositalari muhandisligi
Dastur haqida
“Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasi Toshkent davlat texnika universitetining strukturaviy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan universitet Kengashining 2017-yil 17-iyuldagi №12–sonli bayonnomasi asosida Mashinasozlik fakulteti tarkibida “Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasi tashkil etildi va t.f.n. Mirzayev Qahramon Qarshiboyevich kafedra mudiri etib tayinlangan. 2018-2019-o‘quv yilining 24-avgust kunidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining rektorining 03/09-402 sonli buyrug‘iga asosan “Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasi mudiri etib dotsent Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna tayinlandi. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektorining 2022 yil 14-noyabrdagi 03/09-629 sonli buyrug‘iga asosan “Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasi mudiri etib PhD, dotsent Samandarov Doston Ishmuhammat o‘g‘li tayinlandi.
Bizning maqsadimiz: Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi va xalqaro miqyosda tan olingan ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot markaziga aylanish, transport vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko‘rsatish), texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati), qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishlarida yuqori malakali, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, shuningdek, ushbu sohalarda ilg‘or ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, innovatsion texnologiyalar va muhandislik yechimlarini yaratish hamda ularni ishlab chiqarishga joriy etishdir.
Bizning vazifamiz: Respublika va xalqaro miqyosdagi ilg‘or ilmiy tadqiqotlar asosida innovatsion texnologiyalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, zamonaviy va innovatsion ta’limni rivojlantirish hamda yuqori malakali, raqobatbardosh va ilg‘or fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash orqali mamlakatning barqaror rivojlanishi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish.
Transport vositalari muhandisligi ta’lim yo‘nalishi zamonaviy transport vositalarini diagnostika qilish, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va servis jarayonlarini boshqarish bo‘yicha yuqori malakali muhandislarni tayyorlashga qaratilgan. Talabalar avtomobil tizimlari, elektromobil va gibrid transport vositalari, raqamli diagnostika, zamonaviy servis texnologiyalari hamda transport samaradorligini oshirish bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar avtoservis korxonalari, dilerlik va diagnostika markazlari, transport tashkilotlari hamda muhandislik kompaniyalarida yetakchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega.
O'xshash dasturlar
Olmaliq davlat texnika instituti
Konchilik ishi (ochiq konchilik ishi)
9 500 000 so'm
yiliga
Olmaliq davlat texnika instituti
Mexanika muhandisligi
9 500 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat transport universiteti
Aviatsiya muhandisligi
—
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Aerokosmik muhandisligi
—
Olmaliq davlat texnika instituti
Arxitektura
11 000 000 so'm
yiliga
Olmaliq davlat texnika instituti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari)
9 500 000 so'm
yiliga