Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)
Dastur haqida
Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari) mutaxassisligi
Umumiy tavsifi
Jahon iqtisodiyoti boʻyicha magistratura dasturi jahon iqtisodiyoti sohasida chuqur bilim va tajribani taʼminlovchi magistratura dasturidir. Dastur talabalarda jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy sabablari va istiqbollari, xalqaro moliya bozori va institutlarining Oʼzbekiston iqtisodiyotiga koʼrsatadigan taʼsirini baholash, xalqaro iqtisodiyotning nazariy asoslarini bilishi va ularning amaldagi tatbiqlarini tahlil qila olish ko’nikmalarini rivojlantirishga mo’ljallangan.
Tarkib va O'quv rejasi
Dastur davomida talabalar xalqaro savdoning rivojlanish tendensiyalari va oʼzgarish dinamikasini tahlil qilish, jahon iqtisodiyotida xalqaro transport koridorlarining ahamiyatini, ularning Oʼzbekiston iqtisodiyoti uchun istiqbollarini baholash, jahon bozori konyunkturasining mamlakatlar iqtisodiyotiga koʼrsatadigan taʼsirini tahlil qilish, xalqaro biznes shartnomalarini samarali tashkil etish yoʼllari boʼyicha amaliy koʼnikmalarni o‘zlashtiradilar.
Jahon iqtisodiyoti bo'yicha magistratura dasturining o'quv rejasi xalqaro iqtisodiyot nazariyasi va uning amaliy qo'llanilishini birlashtirgan holda jahon iqtisodiyoti va globallashuv, shartnomalar, xalqaro moliya bozori institutlari, jahon bozor konyunkturasi kabi mutaxassislik fanlarni o’z ichiga oladi. Talabalar xalqaro iqtisodiyot masalalari bilan bog'liq tahliliy va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun amaliy tadqiqotlar, tadqiqot loyihalari va simulyatsiyalarda ishtirok etadilar. Shuningdek, ular soha mutaxassislari bilan muloqot qilish, stajirovkalarda qatnashish yoki sohada amaliy tajriba orttirish uchun real loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O'quv natijalari
Magistratura dasturining o'quv natijalariga quyidagilar kiradi:
- tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʼullanuvchi korxonalarda ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan samarali foydalanishda iqtisodiy tamoyillarni qoʼllay bilish;
- xalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan bogʼliq boʼlgan sohalardagi ilmiy tadqiqot ishlar mavzusi boʼyicha iqtisodiy matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish;
- jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega boʼlish, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatida hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda foydalana olish;
- xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, integratsion guruhlar va xorijiy mamlakatlar bilan oʼzaro hamkorlikni amalga oshirishda teng manfaatli kelishuvlarni tashkil etish qobiliyatlariga ega boʼlish;
- pedagogik faoliyatida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanishni bilish;
- taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga innovatsion yondashishni bilish;
- jahon bozori konyukturasini tahlil qilish, eksport tovarlarini nomenklaturasini segmentlash, eksport va import shartnomalarini muvofiqlashtirish, xalqaro standartlar asosida milliy tovarlar va xizmatlar tarkibini jahon bozorlari talablariga moslashtirish va xalqaro tovarlar, xizmatlar hamda moliyaviy aktivlar bozorlaridagi indekslarni tasniflash koʼnikmalariga ega boʼlish;
- mamlakatimizning diplomatik munosabatlarini rivojlantirishda faol ishtirok etish, elchixonalar konsulliklar va xorijiy tashkilotlarning vakolatxonalarida faoliyat olib borish, Oʼzbekiston manfaatlarini himoya qilish koʼnikmasiga ega boʼlish;
- xalqaro kontraktlarni boshqarish, transport koridorlari va logistik muammolarning optimal yechimlarini topish, tovarlar va xizmatlar savdosini nazorat qilish koʼnikmasiga ega boʼlish;
- xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, integratsion guruhlar va xorijiy mamlakatlar bilan oʼzaro hamkorlikni amalga oshirishda teng manfaatli kelishuvlarni tashkil etish qobiliyatlariga ega boʼlish.
Karyera imkoniyatlari
Jahon iqtisodiyoti magistraturasi bitiruvchilari jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan bog‘liq turli soha va lavozimlarda, jumladan, xalqaro taraqqiyot bo’yicha konsultant, xalqaro savdo bo’yicha mutaxassis, turli tashkilotlarning xalqaro bo’limlarida mutaxassis, xalqaro iqtisodiy tahlilchi va tadqiqotchi, xalqaro iqtisodiy shartnomalar bo’yicha mutaxassis lavozimlari faoliyat yuritishlari mumkin. Bitiruvchilar xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar, elchixonalar, davlat idoralari, notijorat tashkilotlari va konsalting firmalarida ishga joylashish imkoniyatiga egadirlar. Shuningdek, ushbu dastur iqtisodiyot sohasida PhD tadqiqoti uchun yoʼlak vazifasini bajarishi va bu sohada yanada ixtisoslashishiga imkon berishi mumkin.
Umuman olganda, jahon iqtisodiyoti bo'yicha magistrlik dasturi talabalarga jahon iqtisodiyoti va xalqaro taraqqiyot sohasida faoliyat yuritish uchun zarur bo'lgan ilg'or bilim, ko'nikmalar bilan ta’minlaydi. Dastur bitiruvchilarni iqtisodiy taraqqiyot bilan bog’liq masalalarga ilmiy asoslangan yechimlar berish, xalqaro iqtisodiy taraqqiyot bilan bog’liq masalalarni tahlil qilish va O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy globalizatsining bir qismi sifatida uzoq muddatli barqaror taraqqiyotiga hissa qo'shishiga yordam beradi.
O'xshash dasturlar
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Marketing
17 999 999 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Iqtisodiyot
—
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
14 718 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
14 718 000 so'm
yiliga
Jizzax shahridagi Qozon federal universitetining filiali
Iqtisodiyot
25 420 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat transport universiteti
Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
—