WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:

Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ishlab chiqarish texnologiyalari sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, yog‘-moy, non, makaron va qandolat mahsulotlari, don mahsulotlari, go‘sht, sut va baliq mahsulotlari texnologiyasiga innovatsion texnika va texnologiyalarni tadbiq etish, zamonaviy va xavfsizlik bo‘yicha ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va tadqiq qilishga yo‘naltirilgan vositalar, usullar majmuasini qamrab oladi.

Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari:

  • O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;

  • oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida;

  • qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish korxonalarida;

  • kimyo, yengil sanoat, metallurgiya, qurilish mahsulotlari va boshqa ishlab chiqarish korxonalarida;

  • sinov va tahlil laboratoriyalarida;

  • qishloq xo’jaligi vazirligi tizimidagi idoralarda;

  • sog’liqni saqlash vazirligi tizinidagi laboratoriyalarda;davlat boshqaruv organlari, o’rta mahsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassalarida kompleks masalalarni yechish.

Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari ishlab chiqarish texnologiyalari sohasidagi ta’lim yo‘nalishini tamomlagandan so’ng oziq-ovqat sanoatining ishlab chiqarish korxonalarida, sohaga oid tashkilotlarda, ilmiy tadqiqot mussasalarida, ilmiy va tahlil laboratoriyalarida kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo’ladi.

Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari

  • ishlab chiqarish;

  • ilmiy-tadqiqot;

  • tashkiliy-boshqaruv;

  • loyihaviy-konstruktorlik;

  • foydalanish va xizmat ko‘rsatish;

  • pedagogik (umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida).

Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy vazifalari.

Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim:

Tashkiliy-boshqaruv hamda ishlab chiqarish faoliyatida:

  • namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qo‘llash;

  • uchastka, sex, bo‘lim texnologi bo‘lib ishlash, ishlab chiqarish sexini yuritish;

  • xom ashyo, yordamchi materiallar va mahsulotlarning sifatini nazorat qilish;

  • ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha texnologik yechimlarni ishlab chiqish;

  • texnologik sxemalarni tahlil qilish va texnologik parametrlarni hisoblash;

  • korxonadagi asbob-uskunalar va texnologik jihozlarning ishlashini ta’minlash, ularni yaroqli holatda ushlab turish va qayta tiklash;

  • avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental vositalari va muhitlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish;

  • buyurtmachilar bilan ishlash;

  • kasbiy etika kodeksiga rioya qilish;

  • texnik vositalar, tizimlar, jarayonlar, qurilmalar, materiallarni va yangi turdagi materiallarning tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasini amaliyotga tadbiq etish;

  • mashinalar va avtomatlashtirilgan liniyalarni sinovdan o‘tkazishda ishtirok etish;

  • O‘zbekistonda va xorijda chop etilgan soha texnologiyalariga oid ilmiy-texnik axborotlar va manbalarni o‘rganish;

  • ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish;

  • mavzu bo‘yicha ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish va olingan ma’lumotlarni tizimlashtirishda ishtirok etish;

  • ilmiy izlanish natijalarini amaliyotga tatbiq etish.

  • ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish va boshqarish;

  • zamonaviy axborot texnologiyalar tizimini yaratish, ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari va mexanizmlarini ishlab chiqish;

  • ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishini nazorat qilish;

  • kasbiy muammolarning yechimlarini amaliyotga tadbiq etish;

  • ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish;

  • fikrlar har xil bo‘lgan sharoitda boshqaruv qarorlarini qabul qilish;

  • birlamchi ishlab chiqarish bo‘g‘ini ishini tashkil qilish va uni boshqarish;

  • bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash.

Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida:

  • texnologik reglament asosida ishlab chiqarish jarayonlarini tanlash, xom ashyolarga ishlov berish va mahsulotlarni ish­lab chiqarish loyihasini tuzish;

  • namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qo‘llash;

  • avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental vositalari va muhitlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish;

  • loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish;

  • amaliyotda axborot texnologiyalarning xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy metodologiyalarni, instrumental va hisoblash vositalarini o‘z ixtisosligiga mos ravishda qo‘llash.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida pedagogik faoliyatida :

  • umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimining ta’lim muassasalarida tayyorgarlik yo‘nalishida nazarda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarni olib borish;

  • o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazilishiga ko‘maklashish, ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil etish;

  • o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha zarur o‘quv-metodik hujjatlarni shakllantirish, tuzish va ularni tadbiq etish;

  • o‘z ustida ishlab o‘qitayotgan faniga tegishli metodlar va vositalarni muntazam takomillashtirib borish.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:

  • texnik vositalar, tizimlar, jarayonlar, qurilmalar, materiallar, yog’-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, uskunalar va avtomatlashtirilgan liniyalarni sinovdan o’tkazishda zarur bo’lgan tashkiliy ishlarda ishtirok etish;

  • respublika va horijda chop etilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyalariga oid ilmiy-texnik axborotlarning ilmiy manbalarini o’rganish;

  • ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda bevosita ishtirok etish;

  • mavzu (topshiriq) bo’yicha ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig’ish, ishlov berish, tahlil qilish va olingan malumotlarni tizimlashtirishda ishtirok etish;

  •  ilmiy-tadqiqot natijalarini va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishda qatnashish.

  • kichik ilmiy xodim va yordamchi lavozimlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishi;

  • ilmiy-uslubiy va boshqa texnik ishlarini bajarish;

  • ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish jamoasi tarkibida (ta’lim yo’nalishi xususiyatlariga mos ravishda) kasbiy faoliyat masalalarini yechish;

  • ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalarni tashkil etish hamda ilmiy, tahliliy ommabop nashrlarda maqolalar bilan qatnashish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim.

Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar

Umumiy kompetensiyalar:

  • davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilish, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;

  • barqaror rivojlanish va media falsafa masalalarini kasbiy faoliyatda qo‘llay olish;

  • xorijiy tillardan birida kasbiy faoliyatiga oid hujjatlar va ishlar mohiyatini tushunish, tabiiy ilmiy fanlar bo‘yicha kasbiy faoliyati doirasida zaruriy bilimlarga ega bo‘lish hamda ulardan zamonaviy ilmiy asosda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana olish;

  • axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llay olish, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallash, ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish va elektron aloqalarni olib borish, kasbiy faoliyatda mustaqil asoslangan qarorlar qabul qilish;

  • yangi bilimlarni mustaqil egallay olish, o‘z ustida ishlash va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;

  • sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tassavvurga ega bo‘lish.

 

Kasbiy kompetensiyalar:

  • oziq-ovqat homashyolarini bilish;

  • oziq-ovqat fiziologiyasini bilish;

  • oziq-ovqat mahsulotlari biokimyosi bo‘yicha bilimlarni amaliyotda qo‘llash;

  • oziq-ovqat ishlab chiqarishdagi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish;

  • oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda sanitariya va gigiyena talablarini inobatga olish;

  • oziq-ovqat sanoatining umumiy va maxsus uskunalaridan foydalanish;

  • oziq-ovqat mahsulotlarining texnologik, medik-toksikologik va standart ko‘rsatkichlarini nazorat qilish;

  • oziq-ovqat mahsulotlarini kimyoviy tahlil qilish;

  • o‘simlik moylari ishlab chiqarish;

  • yog‘larni qayta ishlash;

  • oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va qadoqlash;

  • non mahsulotlari ishlab chiqarish;

  • makaron mahsulotlari ishlab chiqarish;

  • qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish;

  • un ishlab chiqarishni tashkil qilish;

  • yorma ishlab chiqarishni tashkil qilish;

  • omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil qilish;

  • go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish;

  • me’yoriy-huquqiy hujjatlarni izlash, tahlil qilish va o‘zlarining professional faoliyatlarida foydalanish.

Umumiy va kasbiy kompetensiyalarni egallashni ta’minlaydigan fanlar va amaliyotlarga qo’yiladigan talablar.

Talabalar umumiy va kasbiy kompetensiyalar, bilim va ko’nikmalarni egallashi o’quv rejasiga mantiqiy ketmaketligda kiritiladigan majburiy va tanlov fanlarni o’zlashtirish, amaliyotlarni o’tish hamda boshqa o’quv mashg’ulot va akademik vazifalarni bajarish yordamida amalga oshiriladi.

Majburiy fanlar – bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha bevosita umumiy va kasbiy kompetensiyalarni egallashga qaratilgan, zarur tayanch bilim va ko’nikmalarni ta’minlaydigan fanlar majmuasidir. 

Tanlov fanlari – ta’lim yo’nalishi doirasida ixtisoslashuvdan kelib chiqib chuqurlashtirilgan, qo’shimcha bilim berish, bevosita ixtisosligi uchun zarur kompetensiyalarni kengaytirishga xizmat qiladigan, shuningdek, talabaning shaxsiy qiziqishlari, ijodiy yondashuvlari va iqtidorini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan fanlar majmuasidir.

Ta’lim yo’nalishi bo’yicha quyidagi amaliyotlar o’tkaziladi:

Malakaviy amaliyot – umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg’unlashtirish, tegishli amaliy ko’nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi;

Ishlab chiqarish amaliyoti – o’quv mashg’ulotlari turi. Unda talabalar korxona, pedagogik, ilmiy tadqiqot va boshqa muassasalarda o’quv dasturlarida belgilangan ishlab chiqarish vazifalarini mustaqil ravishda bajaradilar. Ishlab chiqarish amaliyoti talaba yoki o’quvchilar nazariy bilimlarini amaliy yoki unumli mehnat bilan bog’lab, ularda ko’nikma va malakalar hosil qiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti muddati tasdiqlangan o’quv rejasida belgilanadi.

Kvalifikasiya : muxandis-texnolog

 

O'xshash dasturlar