Navoiy shahri
Navoiy viloyati
161,300
Aholi
4
Universitetlar
4
Muzeylar
9
Kutubxonalar
1
Aeroportlar
1
Temir yo'l vokzallari
Navoiy shahri - Navoiy viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi hisoblanadi. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, viloyatning sharqiy chekkasida joylashgan. Navoiy shahri Alisher Navoiy sharafiga atab shunday nomlangan. Shimolda qadimiy Karmana shahri joylashgan boʻlib, oʻtmishda Buxoro amirligining bekligi hisoblangan. 1958-yilning sentyabr oyida Navoiy shahri sanoatlashgan shahar sifatida tashkil topdi.
Eng mashhur diqqatga sazovor joylari:
Navoiy shahrining eng diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiling:
Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i- Hazrat Alisher Navoiyga bag’ishlab o‘rnatilgan ramziy haykal va istirohat bog‘ majmuasi. Navoiy shahrining markazida joylashgan.1991 yil Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan. Istirohat bog‘i yaqinida «Vatanparvar bog‘i» «Akvapark va suniy ko’l bundan tashqari bog‘ hududida turli o‘yingohlar tashkil etilgan va 36 turdagi attraksionlar mavjud.
Farhod madaniyat saroyi – Alisher Navoiyning Xamsa dostoni qahramoni sharafiga qoʻyilgan yangi haykal. Ushbu haykal bronzadan yasalgan boʻlib, Navoiy viloyati Navoiy shahrida qad koʻtargan. Bu asarning mantiqiy davomi sifatida uchta ko’za ko’targan ayollar haykali ham o’rnatilgan. Haykal oldida esa Farhod madaniyat saroyi joylashgan.
Qatag‘on qurbonlari muzeyi - Qatagʻon qurbonlari muzeyi – Navoiy shahrining janubiy qismida joylashgan Navoiy Davlat Pedagogika Instituti qoshida tashkil bir qismi mustaqillik yillarida ochilgan yosh muzeylardan biri hisoblaniladi. 2017-yil 22-noyabrdagi hukumatimizning qarori bilan muzeyni tashkil etish ishlari boshlangan va muzey o‘z faoliyatini 2018-yil 27-dekabrdan boshlagan. Muzey fondi professor-oʻqituvchilar, yosh olim va talabalar hamda keng jamoatchilikning faol ishtirokida arxiv hujjatlari, muzey fondi materiallari bilan boyitilgan. Muzeydan Muzeyda milliy ozodlik yo‘lidagi kurashda qurbon bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumotlar, hujjatlar, suratlar va buyumlar jamlangan.
“O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi”, “1930—1937-yillar qatag‘oni”, “Paxta ishi”, “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi va qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi” singari materiallar ham oʻrin olgan. Sovet davri qiyinchiliklari va qirg‘inlarini hamda Mustaqillikning ilk davrlarigacha bo‘lgan jarayonlarni aks ettiruvchi eksponatlar bilan tanishish mumkin;
- Hazrat Alisher Navoiy masjidi – Alisher Navoiy masjidi — Navoiy shahrining janubiy qismida joylashgan jome masjid shaklida mustaqillik qurilgan diniy qadamjo bo‘lib, yillar davomida foydalanib keligan. 2004-yilning avgust masjidi qurilishining birinchi tamal toshini qo‘yilgan, masjidning ko‘rkam, barcha talab-ehtiyojlarga javob berishini ko‘zlab, o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirganlar. 2006-yilda 2000 kishini sig‘dira oladigan masjid 24-martda foydalanishga topshirilgan va bugugi kunda Navoiy shahrining eng asosiy diniy-madaniy obyektlaridan biri hisoblanadi. Masjid o‘zining noyob arxitekturasi bilan butun O‘zbekistonda alohida ajralib turadi. Alisher Navoiy so’z mulkining sultoni sifatida e’zozlanib kelingan va ushbu masjid ham ularning sharafiga nomlangan.
Orif Deggaroniy masjidi- Deggaron majmuasi. Karmana zamini azaldan muqaddas hisoblangan. Karmana shahrining tarixiy obidalaridan yana biri Deggaron majmuasi bo‘lib, Karmana tumanidagi Hazora qishlog‘ida joylashgan. Imorat XI asrda bunyod etilgan. Aytishlaricha, bu erda hunarmandlar istiqomat qilishgan. Mir Sayyid Bahrom maqbarasi va Deggaron masjidining qurilishi, birinchidan, bu davrda hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, Karmananing obod etilishi va ma’naviy hayotining rivojlanishida ular muhim rol o‘ynagan.
“ Raboti Malik” “Sardoba” majmuasi - Karmana — Buxoro yo’lida — bugunda qayta tiklangan qadimiy karvon yo’li bo’yida Raboti Malik (SHoh Raboti) karvonsaroyi joylashgan. U XI asrning 70-yillarida Qoraxoniylardan bo’lmish SHamsulmulk Nasr ibn Ibrohim (1068–1080 y.) tomonidan qurilgan bo’lib, XII asrning birinchi choragida yana shu Qoraxoniylardan bo’lmish arslonxon muhammad ibn sulaymon (1102–1130 y.) tomonidan ta’mirlangan.
Qosim Shayx majmuasi - Qosim Shayx meʼmoriy yodgorlik (XVI asr). Xonaqohning gʻarb tarafiga 1910—1911-yillarda amir Olimxon tomonidan daxma qurilib, unga amir Abdulahadxon qabri joylashtiriladi. Qosim Shayx xonaqohi xonaqoh, goʻrxona, masjid, ayvon va amir Abdulahadxon daxmasi, hujralar va boshqa xonalardan iborat.
Buxoro xonligi hukmdori Abdullaxon II donorligida Qosim Shayx uchun xonaqoh bunyod etilgan (1558). 1999-2000-yillarda Islom Karimovning tashabbusi bilan majmua qaytadan obod maskanga aylantirildi. Bundan tashqari, Sayyid Abdul-Axad Xonning xazirasining asosiy jabhasida mehrob va hujralarga kirish joylari qurilgan. Hozirgi kunda Qosim-Shayxning tarixiy-meʼmoriy majmua muzeyi oʻz ichiga juda koʻp tarixiy eksponatlarni oladi, uning kolleksiyasida 2000 nafardan oshiqroq eksponatlar mavjud.
Mir Said Bahrom maqbarasi — Oʻzbekistonning Navoiy viloyati Karmana shaharchasidagi meʼmoriy yodgorlik. U X—XI asrlarga oid boʻlib (ayrim manbalarda 1020-yil qurilgan deyiladi, Karmana shaharchasida saqlanib qolgan eng qadimiy arxitektura yodgorligi sanaladi..Maqbara savdogar, davlat va din arbobi, oʻz davrida Karmana shahrining hokimi boʻlgan Mir Said Bahrom qabri ustida tiklangan. U hozirda Karmana shaharchasining Mir Said Bahrom koʻchasida, sobiq yahudiylar mahallasining (xalq tilida „juguton mahalla“) shimolida joylashgan.Mir Said Bahrom maqbarasi 1942-yilda arxeolog, sharqshunos Antonina Pisarchik tomonidan aniqlangan. Shundan keyin maqbara bir necha marta taʼmirlangan. 1976-yil toʻliq restavratsiya qilingan. Davlat muhofazasiga olingan. Oʻzbekiston rasmiylari tomonidan 2008-yil 18-yanvarda maqbarani UNESCO madaniy meʼroslar roʻyxatiga kiritish uchun ariza taqdim etilgan.
Nurota va chashma tarixiy majmuasi - Navoiy viloyati Nurota tumanida joylashgan qal’a qo‘rg‘oni. Navoiy viloyatining ko‘hna tarixiy yodgorliklaridan biri. Nurota chashmasi tabiatning noyob tuhfasi bo‘lib, uning qachon qanday paydo bo‘lganligi noma’lum. Nur chashmasining paydo bo‘lish tarixi bir necha ming yillik uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Darhaqiqat, bu ilohiy mo‘jiza murakkab tabiiy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan. Arxeolog olimlarning chashma janubidagi qal’atevaragida topgan qadimgi odamlar qo‘li bilan ishlov berilgan topilmalar yuqori paleolit davrida bu manzilda odamlar yashaganligini ko‘rsatadi. Shaharning nomi bo‘lmish Nur atamasi ham chashmaga aloqador bo‘lib, bu nom arab va fors-tojik tillarida yorug‘lik, ro‘shnolikni anglatadi.
Iqlimi. Navoiy viloyatining iqlimi keskin kontinental boʻlib, qishda havo ancha sovuq, yozda boʻlsa ancha issiqdir. Bahor va kuzda koʻp yomgʻir yogʻadi, ammo yozda yogʻingarchilik koʻp boʻlmaydi deb taʼriflash mumkin. Mmo yozi fasli ancha issiq shuning uchun yilning bu faslida Navoiy shahriga sayohat qilganda o‘zingiz bilan soyabon va quyosh nuridan saqlovchi krem olishni unutmang.
Oshxonasi. O‘zbek milliy taomlarini tayyorlanish jarayoni va ovqatlanish madaniyati juda uzoq tarixga ega va xalqning ko‘p yillik tajribasiga asoslanadi. Urf-odat va an’nalar hududning iqlim sharoitidan va mahalliy aholining turmush tarzidan kelib chiqqan holda shakllangan. Har bir hudud aholisi milliy taomlar tayyorlash borasida o‘z uslubiga ega. Ayniqsa Navoiy viloyati o‘zining taomlari va ularni tayyorlashning maxsus uslubi bilan mashhur. Har bir shaharning tashrif qog‘ozi – bu palov! Navoiyda u devzira deb nomlangan maxsus guruch navidan pishiriladi. Ushbu guruch O‘zbekistonda eng mazali va qimmatbaho hisoblanadi. U qizil-jigarrang rangli bo‘lib, pishganidan keyin u 7 baravar kattalashadi! Yetarli shiraga erishish uchun u yaxshi sharob singari ikki-uch yil saqlanadi. Shundagina u taʼmining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi va o‘ziga xos hidga ega bo‘ladi. Shuningdek, palovga qo‘y go‘shti, sariq sabzi, sarimsoq va dungan qalampiri qo‘shiladi. Ushbu taomning taʼmi unutilmasdir Har bir taom o‘zining maxsus ta’miga ega ayniqsa, “Navoiy palovi”, “Dimlama”, “Manti”, “Sho’rva” va albatta six kaboblar ajoyib taomlar sirasiga kiritish mumkin.
Qo’shimcha; Navoiy shahrida bo‘lganlar ko‘pincha uning tozaligi, chiqindilardan xoli ekanini e'tirof etadi. Haqiqatan, shaharda chiqindilar deyarli uchramaydi, odamlar tozalikka alohida e'tibor beradi.