WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Stipendiyalar

Toshkent davlat yuridik universiteti granti

Toshkent davlat yuridik universiteti

Kimlar uchun

Bakalavriat bosqichi

Universitet granti – to‘lov-kontrakt asosida akademik litseyda ta’lim olayotgan 2-3-kurs iqtidorli o‘quvchilariga bir yillik o‘qishi uchun to‘lanadigan mablag‘ning 50 foizidan ozod qilishga qaratilgan moddiy- qo‘llab quvvatlash turidir.

Universitet grantini ajratish masalasi ko‘rib chiqilayotganda, akademik litsey ishchi guruhi va universitet komissiyasi quyidagi asosiy minimal talablarni hisobga oladi:

nomzodning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 va undan ortiq foizni tashkil qilishi;

chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B1 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga ega bo‘lishi;

nomzodning akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishi va boshqalar);

nomzodning akademik litseyda o‘rnatilgan ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi.