WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent shahri Davlat Veb-sayt

8,289

Talabalar

52

Xorijiy talabalar

418

O'qituvchilar

5

Fakultetlar

21

Kafedralar

1991

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

 

Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistonda tayanch oliy o‘quv va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi.
Oliygoh tarixi, davlatimizda milliy huquqshunoslik maktabining rivojlanishi va Xadicha Sulaymonova, Hojiakbar Rahmonqulov, Boris Blinder, Georgiy Sarkisyans, Anvar Agzamxodjayev, Shavkat Urazayev, Shoakbar Shoahmedov, G‘afur Abdumajidov, Ikrom Zokirov kabi ko‘zga ko'ringan yetuk huquqshunos-olimlar hamda milliy huquqshunosligimizga katta hissa qo'shgan boshqa ko‘plab huquqshunoslar nomlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
1991-yil 15-avgustda Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra Toshkent davlat universitetidan Toshkent davlat yuridik instituti nomi bilan ajralib chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyundagi PQ–1990-son qarori bilan Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent davlat yuridik universitetiga aylantirildi.
Universitet o‘z faoliyatini mustaqil o‘quv va ilmiy-izlanish muassasasi sifatida boshlaganidan to bugungi kunga qadar ko‘p yillik an’analarni o‘zida saqlab kelgan holda, o‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni faol tatbiq etmoqda. Qonun chiqarish va uni qo‘llashning dolzarb masalalari bo‘yicha fundamental va ilmiy izlanishlar olib bormoqda hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirmoqda.
Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan bakalavr, magistr, doktorant va mustaqil izlanuvchi darajasidagi mutaxassislar tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmoniga muvofiq TDYU tashkiliy tuzilmasi qayta ko'rib chiqildi va yangi fakultetlar va tarkibiy bo‘linmalar tashkil etildi.
Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetida 5 ta fakultet faoliyat yuritmoqda.
Bular:
1. Ommaviy huquq
2. Jinoiy odil sudlovi
3. Xususiy huquq
4. Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
5. Magistratura va sirtqi ta’lim fakultetlaridir.

 

Xorijiy talabalar uchun

Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda – TDYU) barcha xorijiy bakalavr, magistratura va doktorantura (keyingi o‘rinlarda – xorijiy talabalar) bosqich talabalari uchun ularning fuqaroligi yoki hozirgi immigratsiya holatidan qat'i nazar qo'llab-quvvatlaydi. TDYUga o'qishga kirgan xorijiy talaba sifatida siz yozgi va qishki tadqiqot, o'qish yoki sayohat imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin. Yangi bitiruvchilar sifatida doktorlik ishi bo‘yicha ilimiy izlanish  olib borish imkoniyatlari mavjud.

TDYUga qabul qilingan xorijiy talabalarni viza hujjatlarini rasmiylashtirish, taklif xatlari tayyorlash, ularni O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishlari hamda mahalliy ro‘yxatga olish masalalari to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi.

Shuningdek, xorijiy talabalar uchun universitet yotoqxonalarida joy ajratilishi bilan birga, alohida kvartirada istiqomat qilish xoxishida bo‘lganlar uchun ijaraga uy topish masalalarida ham to‘liq yordam ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari xorijiy talabalarni O‘zbekiston madaniyati bilan tanishtirish imkoniyatlari ham mavjud bo‘lib, respublika bo‘ylab tarixiy va madaniy shaharga sayohat dasturlarida ishtirok etish imkoniyati beriladi.

TDYUda tahsil oladigan barcha talabalar, shu qatorda xorijiy talabalar uchun ham TDYUning xorijiy hamkor universitetlari bilan birgalikda tashkil etiladigan o‘quv, tadqiqot va akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish, doktorantura talabalari uchun dunyoning bir qator ilg‘or xorijiy universitetlarida ilmiy izlanish maqsadida akademik dasturlarda ishtirok etish imkoniyati mavjud.    

TDYUning barcha fakultetlarida ingiliz tilida maxsus o‘quv kurslari tashkil etilgan bo‘lib, xorijiy talabalar uchun ingiliz tilida o‘qish imkoniyatlari mavjud. Dars mashg‘ulotlariga o‘ndan ortiq xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb qilingan.

TDYUda Yapon tili va huquqini tadqiq qilish markazi, Nemis huquqini tadqiq qilish markazlari tashkil etilgan bo‘lib, bakalavr dasturi asosida o‘qishga kirgan barcha talabalar, shu qatorda xorjiy talabalar ham mazkur markazlarda moliyaviy majburiyatlarsiz tahsil olishlari, yapon yoki nemis tillarini o‘rganish, xorijiy mutaxassislar yordamida ilmiy tadqiqotlar olib borishlari mumkin.

Xorijiy talabalarning o‘qishi bilan bog‘liq barcha xizmatlar yuzasidan TDYUning xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qilish tavsiya etiladi. Boshqarma ingiliz, rus, tojik, yapon, xitoy tillarida murojaatlarni qabul qiladi.

Tashkent State University of Law

International Cooperation Department

Address: Sayilgokh 35 str., Tashkent 100047, Uzbekistan

Tel: +99871 232-04-68

E-mail: international.tsul@gmail.com

Xalqaro hamkorlik

Hozirgi kunga qadar TDYU 91 nafar xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

2023-yil davomida xalqaro hamkorlik doirasida 10 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari va 2 ta xorijiy  tashkilotlar bilan TDYU o‘rtasida kelishuvga erishilgani ma’lum qilindi. Shundan, Buyuk Britaniyaning Oxford universiteti qoshidagi Islom tadqiqotlari Oxford markazi (19.07.2023) va Durham huquq maktabi (15.07.2023) bilan, Germaniya Federativ Respublikasining Martin Luther nomidagi Halle-Wittenberg universiteti (07.12.2023) va Wismar universiteti (17.10.2023) bilan,  Xitoy xalq respublikasining Shimoliy-G‘arb siyosat va huquq universiteti (17.09.2023), Janubiy-G‘arb siyosat va huquq universiteti (19.05.2023), Fudan universiteti (17.05.2023) va Shanxay universiteti (18.05.2023) bilan, Vetnam sotsialistik Respublikasining Hanoy huquq maktabi (30.10.2023) bilan, Rossiya Federatsiyasining Saratov davlat yuridik akademiyasi (02.05.2023) bilan anglashuv memorandumlari imzolangan.

Jumladan, Xitoy xalq respublikasining Duan&Duan xalqaro yuridik firmasi (19.05.2023) bilan, hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti qoshidagi S.S. Alekseyev nomidagi Xususiy huquq tadqiqot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti (3 tomonlama) (10.11.2023) bilan hamkorlik doirasida kelishuvga erishilgan.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniyaning Liverpul universiteti bilan ta’lim va tadqiqot sohasida hamkorlikni mustahkamlash, LLM dasturlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yish, TDYU bitiruvchilari uchun Liverpul universiteti magistraturasiga kirishda imtiyozlar berish, TDYUda “Ingliz huquqini tadqiq qilish markazi”ni tashkil etish, mazkur universitet professor-o‘qituvchilarini TDYUga jalb etish, hamkorlikda “Yozgi maktab” tashkil etish maqsadida anglashuv memorandumi loyihasi ishlab chiqilgan va 2024-yil davomida rahbariyat tomonidan ko‘rib chiqish va imzolash uchun kiritilgan.
Akademik almashinuv
2023/2024-o‘quv yili 1-semestrida talabalarning akademik almashinuvi doirasida, 66 nafar talaba xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalariga almashinuv doirasida o‘qish uchun Polsha, Litva, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Slovakia, Qozog‘iston, Yaponiya davlatlari hamkor oliy ta’lim muassasalariga jo‘natilgani, hamda 2023-2024-o‘quv yili 2-semestrida akademik mobillik dasturlari uchun saralash bosqichida ishtirok etgan 350 nafar talabadan 115 nafari saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib akademik mobillik dasturlari doirasida Italiya, Polsha, Litva, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Yaponiya, Belarusiya davlatlari hamkor oliy ta’lim muassasalariga yuborilishi rejalashtirilgan.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

Toshkent davlat yuridik universiteti Yoshlar ittifoqining birlamchi bo‘g‘ini talabalarni faollikka, faollikka chorlovchi, yoshlarning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyatini tushuntiruvchi, 5 ta muhim tashabbusning har bir yo‘nalishida faol bo‘lishga, faollikka chorlovchi yoshlar tashkilotidir. Shu bilan birga, ushbu tashkilot bir vaqtning o'zida yoshlar manfaatlarini himoya qiladi. Yoshlarning bilim olish muammolari, taklif va shikoyatlari, ularning iqtidorini namoyon etishi, yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.

Fakultetlar

Mazkur fakultetga 2ta bakalavriat ta'lim yo'nalishlari biriktirilgan (60420100 - Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat; 60421200 - Davlat boshqaruvi). Fakultet dekani - Saydullayev Shaxzod Alixanovich (fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo'lgan, TDYU professori).

Fakultet dekani - Kamalova Dildora G'ayratovna (fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lgan).

Fakultet dekani - Musayev Bekzod Tursunboyevich (fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo'lgan).

Fakultet dekani - Umarxanova Dildora Sharipxanovna (fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan).

Fakultet dekani - Babadjanov Atabek Davronbekovich (Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan).

Ta'lim yo'nalishlari

Atrof-muhit huquqi va barqaror rivojlanish 70420129 Magistr
Biznes huquqi 70420108 Magistr
Davlat boshqaruvi 60421200 Bakalavr
Davlat boshqaruvi huquqi 70420106 Magistr
Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi 70420123 Magistr
Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti 70420114 Magistr
Kiber huquqi 70420131 Magistr
Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati 70420126 Magistr
Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullari 70420125 Magistr
Mehnat huquqi 70420113 Magistr
Moliyaviy-huquqiy monitoring 70420116 Magistr
Ommaviy axborot vositalari huquqi 70420127 Magistr
Sport huquqi 70420105 Magistr
Sun’iy intellekt (magistratura) 70610501 Magistr
Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish 70420102 Magistr
Xalqaro biznes huquqi 70420109 Magistr
Xalqaro huquq va inson huquqlari 70420132 Magistr
Yurisprudensiya: (faolioyat turlari bo'yicha) 60420100 Bakalavr
Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat 60420100 Bakalavr
Yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi 60420100 Bakalavr
Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik 60420100 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Hatamov Jaxongir Juraevich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2002–2009-yillarda Buxoro viloyati F. Xoʻjayev tumani prokuraturasida tergovchi, Buxoro viloyati prokuraturasida katta tergovchi va jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan; 2009–2013-yillarda Buxoro viloyat prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan; 2013–2016-yillarda Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani va Gʻijduvon tumani prokurori lavozimida ishlagan; 2016–2018-yillarda Jizzax viloyati va Toshkent shahri prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan; 2018–2023-yillarda Xorazm viloyati, Namangan viloyati va Samarqand viloyati prokurori lavozimida ishlagan; 2023–2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2025-yil 1-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Adliya katta maslahatchisi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan faxriy yorliqlar, idoraviy koʻkrak nishonlari va minnatdorchiliklar bilan ragʻbatlantirilgan.

Mirziyoyeva Saida Shavkatovna

Saida Shavkatovna Mirziyoyeva (1984-yil 4-noyabrda Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tugʻilgan) — oʻzbek siyosatchisi, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning toʻngʻich qizi. 2023-yil avgustida mamlakat Prezidentining birinchi yordamchisi etib tayinlangan edi. Ungacha Prezident Administratsiyasining kommunikatsiyalar va axborotlashtirish siyosati sektori mudiri (2020-yil noyabr – 2023-yil avgust), Oʻzbekiston Milliy ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari (yanvar 2020-yil – 2022-yil noyabr), Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari (2019-yil aprel – 2020-yil yanvar) lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2008-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.

Toshqulov Akbar Jo'raboyevich

Toshqulov Akbar Jo'raboyevich (1971 yil 21 sentyabrda Jizzax viloyatida tugʻilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri, huquqshunos, katta adliya maslahatchisi. 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-avgustdagi farmoni bilan Akbar Toshqulovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan huquqshunos” faxriy unvoni berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi farmoni bilan Akbar Toshqulov Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Akbar Toshqulov rahbarligida 2019-yil 24-yanvar kuni Adliya vazirligida beshinchi O‘zbekiston siyosiy Ekologik partiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Akbar Toshqulov 2021-yil 10-dekabrda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlangan. 2022-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlangan.

Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich

Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich — Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, huquqshunos, bloger, Zakovat intellektual klubi bilimdonlaridan biri. Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. 2010-yili Toshkent davlat yuridik universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2012-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichini tamomlagan. 2012-yildan buyon „Xushnudbek.uz“ shaxsiy saytini yuritadi. Shuningdek, 2018-yil may oyida Telegram messenjerida kanal ochgan. Hozirda uning Telegram kanalini 500 mingdan ziyod obunachi kuzatib boradi. 2018-yilgi blogerlar chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2019-yilda esa-yilning eng yaxshi blogeri deb topilgan.

Talabalar fikri

Islomxon Bahodirov

O'zbekistondagi eng yaxshi universitet. O'qituvchilarning bilimi zo'r. Ularning sharofati bilan talabalar huquq sohasida qadrli kadrlar bo‘lib yetishadi.

Diyorbek Nabiyev

Toshkent davlat yuridik universiteti huquqshunoslar va yuridik mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Universitet 1918-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘shandan beri Markaziy Osiyodagi eng nufuzli yuridik universitetlardan biriga aylangan. Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavriat va magistratura bosqichida 14 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet turli mutaxassisliklar, jumladan, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, xalqaro huquq, advokatlik, davlat boshqaruvi va boshqalar bo‘yicha bakalavriat, magistratura va aspiranturada ta’lim beradi. Universitetda yuqori malakali o'qituvchilar ishlaydi, ularning aksariyati fan doktori yoki nomzodi darajasiga ega. Bundan tashqari, universitetda rivojlangan infratuzilma, kutubxona va talabalar uchun qulay ta’lim muhiti mavjud. Toshkent davlat yuridik universiteti jahon ilm-fani va ta’limida yaxshi obro‘ga ega.

Nazokat Qunduzova

Farzandlarimizga sifatli ta’lim-tarbiya berish imkoniyatini yaratib bergan rektoratga, barcha o‘qituvchilar, professor-o‘qituvchilar va barcha xodimlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. O‘g‘lim bu yil universitetni tamomlab, diplom oldi. Universitetning barcha jamoasiga kasbi va qiziqishi, o'z ishiga bo'lgan muhabbati uchun katta rahmat, ular o'z bilimlari bilan allaqachon o'z ishlarida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Sizga eng yaxshi va yaxshilik, ko'proq kuch va bilim tilayman.

Said Uktamxanov

Bu O‘zbekistonda modulli ta’lim tizimiga ega yagona davlat universitetidir. Yurisprudensiya asoslari bo'yicha innovatsion ta'lim talabalarga o'qishni tugatgandan so'ng ko'plab davlat organlari, muassasalar, xususiy kompaniyalar, firmalar yoki ochiq yuridik firmalarda yuqori lavozimlarni egallash imkonini beradi. Umuman olganda, men hammaga maslahat beraman, bu o'z kelajagi haqida qayg'uradigan har bir kishi uchun juda yaxshi tanlovdir!