Muhammad Yusuf nomidagi stipendiya
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiKimlar uchun
Kunduzgi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti oliygohning iqtidorli va ijodkor talabalari uchun Muhammad Yusuf nomidagi maxsus stipendiya tanlovini e’lon qiladi!
Stipendiya kvotasi institutdagi har bir fakultet bо‘yicha bittadan alohida-alohida ajratiladi.
Stipendiya institutning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriatining 1–3-bosqich hamda magistraturaning 1-bosqich talabalariga quyidagi mezonlarga kо‘ra belgilanadi:
✔️ Muhammad Yusuf hayoti va ijodini о‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish va targ‘ib etish yо‘nalishida izlanish olib borish;
✔️ adabiyot va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yо‘nalishida alohida faollik kо‘rsatish;
✔️ adabiyot va kitobxonlikka doir konferensiyalarda (tanlovlarda) qatnashish;
✔️ nashr etilgan ishlarning (asarlarning) mavjudligi.