Navoiy nomli davlat stipendiyasi
Toshkent davlat yuridik universitetiKimlar uchun
Bakalavriat bosqichi
Navoiy nomli davlat stipendiyasi O‘zbekiston Respublikasidagi davlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Navoiy nomli davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlarga quyidagi talablar belgilanadi:
a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
O‘zbekiston tarixini bilish;
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish. Bunda, talabgorlar ushbu tillar bo‘yicha o‘z bilimlari darajasini aniqlash uchun o‘qish joyidagi til kafedralarida maxsus suhbatdan o‘tadilar.