Xadicha Sulaymonova nomidagi stipendiya
Toshkent davlat yuridik universitetiKimlar uchun
Bakalavriat bosqichi
Stipendiya taqdim etish uchun universitet talabalariga uchta, akademik litsey o‘quvchilariga esa bitta kvota ajratiladi.
Davlat stipendiyalari, Prezident granti hamda universitet faoliyati bilan bog‘liq tarzda e’lon qilingan stipendiyalar (“Adliya vazirligi”, “Jadid tafakkuri”,“G‘afur G‘ulom”,“Toshkent davlat yuridik universiteti”) hamda grantlar (“Adliya vazirligi”, “Toshkent davlat yuridik universiteti”)ni qo‘lga kiritgan talaba va o‘quvchilar ushbu stipendiya uchun o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Universitet talabalari o‘qishi davomida akademik Xadicha Sulaymonovaning ilm-fan rivoji, huquqiy davlat barpo etishdagi harakatlari, ibratli hayot yo‘li, ilmiy-madaniy merosiga oid kamida 1 ta ilmiy yoki ommabop maqola hamda huquqshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha kamida 2 ta ilmiy yoki ommabop maqola chop ettirishi zarur.
Stipendiya uchun 2-bosqichli tanlov o‘tkaziladi.