WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Kimlar uchun

Barcha ta'lim yo'nalishlari

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi O‘zbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi. Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari uchun barcha fanlarni a'loga o'zlashtirgan (ko'pi bilan 25 %i  yaxshi), eng kamida 2 ta maqolasi (yoki tezisi) e'lon qilingan oxirgi ikki kurs talabalari (3,4-kurslar) hujjat topshirishi mumkin. 

Stipendiyalarni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:

a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish;
bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar uchun esa o‘qish olib boriladigan tilni qo‘shimcha ravishda bilish talab qilinadi;
Stipendiyaga sazovor bo‘lgan talabalarga maxsus guvohnomalar beriladi va talabalarning o‘qish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi.