WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali

Toshkent viloyati Xorijiy Veb-sayt

1,052

Talabalar

1

Xorijiy talabalar

84

O'qituvchilar

1

Fakultetlar

1

Kafedralar

2020

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Astraxan davlat texnik universitetining Toshkent viloyatidagi filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi PQ-3657-sonli “Baliqchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2018-yil 3-noyabrdagi PQ-3997-sonli “Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik sheriklikni yanada kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 608-sonli “Toshkent viloyatida Astraxan davlat texnik universiteti filialining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan.

Filialning asosiy vazifasi – O‘zbekiston Respublikasida baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun malakali mutaxassislar tayyorlashdir. Bu tayyorlov jarayoni Astraxan davlat texnik universitetida qabul qilingan ta’lim dasturlari va oliy ta’lim sifatiga qo‘yiladigan xalqaro talablarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi maqsad va vazifalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Filial Astraxan davlat texnik universitetining alohida tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va u oliy ta’lim muassasasi sifatida barcha darajadagi mutaxassislarni, jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaydi. Filialning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiliklariga muvofiq amalga oshiriladi.

Xorijiy talabalar uchun

{1}

Xalqaro hamkorlik

{1}

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

1

Fakultetlar

Ta'lim yo'nalishlari

Ekologiya 70520202 Bakalavr Magistr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr Magistr
Oziq-ovqat texnologiyasi. 60720100 Bakalavr Magistr
Suv bioresurslari va akvakultura 60830100 Bakalavr Magistr

Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali

Iqtisodiyot

Bakalavr 4.5 yil ru

17 794 000 so'm

yiliga

Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali

Ekologiya

Bakalavr 4.5 yil ru

15 252 000 so'm

yiliga

Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali

Oziq-ovqat texnologiyasi.

Bakalavr 4.5 yil ru

15 252 000 so'm

yiliga

Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali

Oziq-ovqat texnologiyasi.

Magistr 2 yil ru

24 149 000 so'm

yiliga

Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali

Ekologiya

Magistr 2 yil ru

24 149 000 so'm

yiliga

Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali

Iqtisodiyot

Magistr 2 yil ru

24 149 000 so'm

yiliga

Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali

Suv bioresurslari va akvakultura

Magistr 2 yil ru

24 149 000 so'm

yiliga

Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali

Suv bioresurslari va akvakultura

Bakalavr 4 yil ru

16 523 000 so'm

yiliga

Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali

Oziq-ovqat texnologiyasi.

Bakalavr 4 yil ru

16 523 000 so'm

yiliga

Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali

Ekologiya

Bakalavr 4 yil ru

16 523 000 so'm

yiliga

Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali

Iqtisodiyot

Bakalavr 4 yil ru

21 607 000 so'm

yiliga

Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali

Suv bioresurslari va akvakultura

Bakalavr 4.5 yil ru

15 252 000 so'm

yiliga

Mashhur bitiruvchilar

Ortiqova Sayyora Shovkat qizi

Sifatli Rossiya ta’limi O‘zbekistonda — mening AGTUdagi tajribam. Mening ismim Sayora. Men “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha Astraxan davlat texnika universitetining (Toshkent viloyatidagi filiali) bitiruvchisiman. Ushbu universitetni tanlashim faoliyatimdagi muhim va hal qiluvchi qadam bo‘ldi. Rossiya ta’lim standartlari asosida o‘qish, mahalliy bozorni chuqur tushunish bilan uyg‘unlashib, noyob ustunlik beradi. Men nimalarga ega bo‘ldim: Makro va mikroiqtisodiyot, moliyaviy tahlil hamda xalqaro menejment sohalarida chuqur bilimlar. O‘qituvchilar haqida: Mahalliy ustozlarimizga ham, Astraxandan tashrif buyurib dars bergan professor-o‘qituvchilarga ham yuqori talabchanliklari va zamonaviy yondashuvlari uchun minnatdorchilik bildiraman. AGTU — bu shunchaki ma’ruzalar emas, balki tahliliy fikrlashni rivojlantirishdir. Men ushbu universitetni xalqaro miqyosda tan olinadigan diplom olishni va iqtisodiyot sohasida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishni istagan barchaga tavsiya qilaman.

Nurmatova Ruxsora Utkir qizi

2020-yilda men Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialiga grant asosida talabalikka qabul qilindim. Bu dargohga qadam qo‘ygan ilk kunimdan boshlab o‘z oldimga katta maqsadlar qo‘ydim va to‘rt yillik tahsil davomida nafaqat puxta bilim oldim, balki shaxs sifatida ham shakllandim. Universitetda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, malakali professor-o‘qituvchilarning chuqur bilim va tajribasi, ilmiy va amaliy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari mening intellektual salohiyatimni yanada rivojlantirdi. Ayniqsa, rahbariyatning talabalarga bo‘lgan e’tibori, qo‘llab-quvvatlashi va tashabbuslarni rag‘batlantirishi menga katta kuch va ishonch bag‘ishladi. Har bir yutug‘im ortida ustozlarimning fidokorona mehnati va universitet rahbariyatining doimiy ko‘magi mujassam ekanini chuqur his qilaman. Tahsil davomida erishgan eng muhim yutuqlarimdan biri — Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lganimdir. Ushbu yuksak e’tirof mening ilmiy izlanishlarim va o‘qishdagi natijalarimning munosib bahosi bo‘ldi. Bu muvaffaqiyat meni yanada katta marralar sari ilhomlantirdi. O‘z ustimda tinimsiz ishlash, ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqish va ustozlarimning tavsiyalari natijasida magistratura bosqichiga ham grant asosida o‘qishga qabul qilindim. Bu esa universitetda yaratilgan mustahkam ilmiy poydevor va qo‘llab-quvvatlovchi muhitning yaqqol samarasi, deb bilaman. Bugun ortga nazar tashlar ekanman, talabalik yillarim nafaqat bilim olish, balki hayotiy tajriba, qat’iyat va maqsad sari intilish maktabi bo‘lganini faxr bilan ayta olaman. Universitet rahbariyati va ustozlarimning ishonchi hamda doimiy ko‘magi mening keyingi ilmiy va kasbiy yutuqlarim uchun mustahkam zamin yaratdi.

Talabalar fikri

Mahammadjonov Muhammadillo Ulug‘bek o‘g‘li

Men ham talabalik yillarim davomida bir qator yutuqlarga erishdim. 2023-yilda talabalikka kam qabul qilingan bo‘lsam-da, bu menga yanada ko‘proq izlanish va o‘z ustimda ishlash uchun kuchli motivatsiya berdi. Bir necha marotaba shaxmat bo‘yicha viloyat miqyosidagi musobaqalarda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritdim. 2024-yilda filialda “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldim. Eng katta yutug‘im esa 2026-yilda nufuzli Islom Karimov stipendiyasi sohibi bo‘lganimdir. Bu natija mening izlanishlarim, intilishlarim va mehnatim samarasi bo‘ldi. Ayniqsa, universitet rahbariyatining talabalarga bo‘lgan doimiy e’tibori va g‘amxo‘rligi, tashabbus va intilishlarni qo‘llab-quvvatlashi menga katta motivatsiya va ishonch bag‘ishladi. Har bir muvaffaqiyatim ortida ustozlarimning sabr-toqati, fidokorona mehnati va samimiy yo‘l-yo‘riqlari mujassam ekanini chuqur anglayman. Ularning ishonchi va qo‘llab-quvvatlovi meni yanada yuqori marralarni ko‘zlashga undadi. Shu bois, erishgan yutuqlarimni nafaqat shaxsiy mehnatim, balki universitetimizda yaratilgan keng imkoniyatlar, sog‘lom raqobat muhiti va ustozlarimning doimiy ko‘magining samarasi deb bilaman. Bu maskan menga nafaqat bilim, balki qat’iyat, mas’uliyat va kelajakka ishonch tuyg‘usini ham berdi. Xulosa qilib aytganda, universitet menga nafaqat chuqur bilim, balki katta hayotiy tajriba, qat’iyat va ishonch ham berdi. Erishgan yutuqlarim esa kelajakdagi ulkan maqsadlarim sari dadil qadam tashlashimga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shomuratova Mexrangiz Shoyslom qizi

Men, Shomuratova Mehrangiz Shoislam qizi, Astrakhan Davlat Texnika Universitetining 4-kurs talabasi sifatida tahsil olyapman. Men aynan shu universitetga qabul qilinganimdan juda xursandman, chunki o‘qish yillarida ko‘plab foydali bilimlar oldim, yangi qiziqarli odamlar bilan tanishdim va yaxshi muhitga ega bo‘ldim. Bizning universitetimizda yuqori malakali professor-o‘qituvchilar ishlaydi, ular o‘z fanlarini tushunarli va sifatli tarzda o‘qitadi. Ularning qo‘llab-quvvatlashi, bilimlari va talabalarga e’tibori tufayli men o‘qishda yuqori natijalarga erishishga muvaffaq bo‘ldim. 2025 yilda men Beruniy nomidagi stipendiya laureati bo‘ldim, 2026 yilda esa Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldim. Bu yutuqlar men uchun katta sharaf va oldinga intilish uchun motivatsiya bo‘ldi. Men universitetimga taqdim etilgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash va professional hamda shaxsiy rivojlanish uchun yaratgan sharoitlari uchun chin dildan minnatdorman.