Buxoro xalqaro universiteti
2,315
Talabalar
1
Xorijiy talabalar
98
O'qituvchilar
1
Fakultetlar
6
Kafedralar
2021
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyevning 2021 - yil 21-22 yanvar kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari bo'yicha 4 - sonli bayonining 98 - bandiga asosan tashkil etilgan.
Oliygoximizda bugungi kunda 3 ta kampus umumiy hisobda 6000 o'rinli o'quv binosi hamda 420 o'rinli talabalar yotoqxonasi mavjud. Bizda jami 16 ta bakalavr, 8 ta magistratura hamda 6 ta ta'lim shakli bo'yicha DOKTORANTURA (Psixologiya, Filologiya, Pedagogika fanlari bo'yicha) mavjud.
2025-yil 28-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli litsenziyasiga asosan oliygohimiz nomi "Buxoro Xalqaro Universiteti" deb o'zgartirildi. Bu o'zgarish 4 yillik faoliyat davomida erishilgan yuqori natijalar — talabalar sonining oshishi, o'quv binolari ko'payishi, ta'lim sifatining xalqaro talablarga javob bera olishi, ilmiy salohiyatning 69 foizga yetganligi, ta'lim yo'nalishlari sonining 24 taga yetganligi, psixologiya bo'yicha ilmiy kengash tashkil etilganligi va xalqaro ilmiy jurnallar muallifligini qo'lga kiritganligi — bilan bog'liq.
Universitetda 6 ta department faoliyat yuritadi, ularda 98 nafar o'qituvchi, jumladan 18 nafar professor, 28 nafar dotsent, 19 nafar fan doktori va 23 nafar fan nomzodi dars beradi. Talabalar hisoboti 2021-yildan buyon "Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi" bilan tuzilgan shartnoma asosida HEMIS platformasida olib boriladi.
Universitet xalqaro hamkorlik yo'nalishida faol ishlamoqda: xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar, talaba va o'qituvchilar almashinuvi dasturlari, hamda Top 1000 reytingidagi universitetlar bilan hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Talabalar uchun zamonaviy infratuzilma — konferents-zal, o'quv xonalari, axborot-resurs markazi va kutubxona — yaratilgan.
Xorijiy talabalar uchun

Buxoro Xalqaro Universiteti chet ellik talabalar uchun qulay va xavfsiz ta'lim muhitini yaratishga alohida e'tibor qaratadi. Boshqa davlatlardan kelib o'qiyotgan talabalarimiz uchun barcha zarur shart-sharoitlar — turar joy, ovqatlanish, tibbiy yordam va ijtimoiy moslashish bo'yicha yordam — ta'minlangan.
Universitetimizda talabalar uchun qulay va zamonaviy turar joylar taqdim etiladi. Turar joy binolarida barcha qulayliklar yaratilgan bo'lib, talabalarimiz xavfsiz va qulay sharoitda yashashlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.
- •Har bir xonada 2-3 kishi uchun joy
- •Oshxona va yuvinish xonalari
- •24/7 xavfsizlik va WiFi tarmog'i
- •O'qish va dam olish zallari
- •Tibbiy yordam ko'rsatish punkti
- •Xalqaro bo'lim tomonidan doimiy kuratorlik va maslahat xizmati
- •Hujjatlarni rasmiylashtirish (ro'yxatdan o'tish, ijozatnoma) bo'yicha yordam
Chet ellik talabalar Xalqaro bo'lim mutaxassislari bilan bevosita aloqada bo'lishlari mumkin — ular ta'lim jarayoni, turar joy va kundalik hayot bilan bog'liq barcha savollar bo'yicha yordam berishga tayyor.
Xalqaro hamkorlik
2026-yilda Buxoro Xalqaro Universitetiga Qozog'istonning nufuzli oliy ta'lim muassasalari rektorlari — Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (TOP-1000) va Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti (TOP-200) rektorlari tashrif buyurdilar. Mehmonlar universitet rektori tomonidan tantanali ravishda kutib olindi va oliygohda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti rektori bilan uchrashuv |
Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi universitet rektori bilan memorandum imzolanishi |
Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish va akademik almashinuvga yo'naltirilgan muhim memorandumlar imzolandi. Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti rektori Jonseyt Tuymebayev va Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi universitet rektori Jonar Temirbekova universitet infratuzilmasi, ta'lim jarayoni va talabalar hayoti bilan tanishdilar, shuningdek ularga "Navruz bayrami an'analari" dasturi taqdim etildi.
Muzokaralar natijasida strategik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandumlar imzolandi: qo'shma ta'lim dasturlari, ilmiy loyihalar va o'qituvchi-talabalar almashinuvini amalga oshirish rejalashtirilgan. Mehmonlarga "Buxoro Xalqaro Universitetining Faxriy akademigi" unvoni tantanali ravishda topshirildi.
Konfrensiyada xorij olimlari ham o'z chiqishlarida, Psixologiya fanlari o'sishida O'zbekiston psixolog olimlari hissalari haqida, qolaversa xalqaro universitetlar bilan doimiy hamkorlik masalalari bo'yicha o'z takliflarini bildirishdi.

Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti professori, xalqaro hamkorlik bo'yicha yetakchi mutaxassis Qosimov Ali Asqarxon Aslamxon o'g'li Buxoro xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Til kurslari
Universitetda ta'lim O'zbek va Rus tillarida olib boriladi. Shuningdek, talabalarning xorijiy til bilimini chuqurlashtirish maqsadida Ingliz tili o'qitiladi.
Dars vaqtlaridan tashqari, talabalar uchun IELTS xalqaro sertifikatiga tayyorlov kurslari tashkil etilgan. Bu kurslar talabalarga ingliz tilini xalqaro standartlar darajasida o'rganish va kelajakda xorijda o'qish yoki ishlash imkoniyatlaridan foydalanish uchun zarur ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
Fakultetlar
Buxoro Xalqaro Universiteti Oliy ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 277162-sonli litsenziya asosida ta'lim xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Universitet o'z faoliyatini "Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti" nomi ostida boshlagan va 2025-yil 28-martdan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli litsenziyasiga asosan "Buxoro Xalqaro Universiteti" deb nomlangan.
Psixologiya va xorijiy tillar fakulteti quyidagi bakalavriat va magistratura ta'lim yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydi:
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari:
- 60111200 - Jismoniy madaniyat
- 60110300 - Maxsus pedagogika
- 60610100 - Axborot tizimlari va texnologiyalari
- 61010100 - Turizm va mehmondo'stlik
- 60111100 - Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi
- 60310300 - Psixologiya
- 60110900 - Xorijiy til va adabiyot
- 60410100 - Iqtisodiyot
- 60220300 - Tarix
- 60110400 - Boshlang'ich ta'lim
- 60110200 - Maktabgacha ta'lim
- 60110600 - Musiqa ta'limi
- 60110700 - O'zbek tili va adabiyoti
- 61010400 - Logistika
- 60110800 - Ona tili va adabiyoti (rus tili)
- 60540100 - Matematika
Magistratura ta'lim yo'nalishlari:
- 70230101 - Lingvistika
- 70410102 - Iqtisodiyot
- 70110401 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
- 70110601 - Musiqa ta'limi va san'at
- 70111201 - Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari
- 70110701 - O'zbek tili va adabiyoti
- 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi
- 70310301 - Psixologiya
Ta'lim yo'nalishlari
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Magistr |
| Jismoniy madaniyat 60112200 | Bakalavr |
| Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi 70112201 | Magistr |
| Lingvistika (ingliz tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (nemis tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (rus tili) 70230101 | Magistr |
| Logistika 61010400 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Maxsus pedagogika 60110300 | Bakalavr |
| Maxsus pedagogika (logopediya) 60110300 | Bakalavr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Musiqa ta’limi 60110600 | Bakalavr |
| Musiqa ta’limi va san’at 70111301 | Magistr |
| O'zbek tili va adabiyoti (magistratura) 70110701 | Magistr |
| O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) 60110700 | Bakalavr |
| Ona tili va adabiyoti 60110800 | Bakalavr |
| Pedagogika nazariyasi va tarixi 70110101 | Magistr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr |
| Psixologiya 70310301 | Magistr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Buxoro xalqaro universiteti
Ona tili va adabiyoti
18 000 000 so'm
yiliga
Buxoro xalqaro universiteti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
18 000 000 so'm
yiliga
Buxoro xalqaro universiteti
Matematika
14 400 000 so'm
yiliga
Buxoro xalqaro universiteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari
18 000 000 so'm
yiliga
Buxoro xalqaro universiteti
Iqtisodiyot
14 400 000 so'm
yiliga
Buxoro xalqaro universiteti
Psixologiya
14 400 000 so'm
yiliga