Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
10,853
Talabalar
2,500
Xorijiy talabalar
726
O'qituvchilar
5
Fakultetlar
50
Kafedralar
1990
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Buxoro davlat tibbiyot instituti (BDTI) 1990-yil 24-avgustda SSSR Ministrlar Sovetining 850-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. 1991-yil 19-avgustda Buxoro viloyati Xalq deputatlari Kengashining 21/3-son qarori bilan institut Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Institut O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi doirasida faoliyat yuritadi.
BDTI 2022-yil 28-iyuldagi 48-sonli Davlat akkreditatsiya sertifikatiga (OT seriyasi № 5000048) ega bo‘lib, u oliy ta’lim muassasasi maqomiga muvofiqligini hamda bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlaydi (5 yil muddatga). Shuningdek, institut 2022-yil 28-iyuldagi 45-sonli Davlat akkreditatsiya sertifikatiga (OO'YUKT seriyasi № 6000047) ega bo‘lib, u oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshirish huquqini beradi (5 yil muddatga).
Institut O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, milliy rivojlanish dasturlari va tegishli hukumat qarorlariga muvofiq faoliyat yuritadi. 2022-yildan boshlab BDTI Prezidentning PP-60 va PP-61-son qarorlariga muvofiq akademik va moliyaviy mustaqillikka ega bo‘lgan.
BDTIda 800 nafar xodim faoliyat yuritadi, jumladan 97 nafar fan doktori va professor, 253 nafar fan nomzodi (PhD) va dotsent, 100 nafar katta o‘qituvchi hamda assistentlar. Ta’lim bakalavriat, magistratura va oliy o‘quv yurtidan keyingi bosqichlarda o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida olib boriladi.
Hozirgi kunda institut tarkibida 5 ta fakultet, 53 ta kafedra, 9 ta bakalavriat yo‘nalishi, 30 ta magistratura mutaxassisligi, 30 dan ortiq klinik ordinatura mutaxassisligi hamda 20 ta qo‘shma ta’lim dasturi mavjud. 10 891 nafardan ortiq talaba va rezidentlar ta’lim olmoqda.
Institutning umumiy maydoni 82 000 kvadrat metrni tashkil etadi. Unda o‘quv binolari, sport majmuasi, axborot-resurs markazi, simulyatsiya markazi, kutubxona va yotoqxonalar mavjud. Klinik amaliyotlar 60 ta klinika va diagnostika markazlari bazasida tashkil etiladi.
BDTI 25 ta mamlakatdagi 180 dan ortiq xorijiy universitet va tashkilotlar bilan faol xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan hamda 2102 nafardan ortiq xalqaro talabalarga ega.
Institut “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririga muvofiq quyidagi 7 ta yo‘nalish va 1 ta xalqaro dastur bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi:
-
Davolash ishi — 6 yil;
-
Biomedikal muhandislik — 5 yil;
-
Pediatriya — 6 yil;
-
Stomatologiya — 5 yil;
-
Tibbiy-profilaktika ishi — 5 yil;
-
Oliy hamshiralik — 4 yil;
-
Farmatsiya — 5 yil.
Xorijiy talabalar uchun

Chet ellik talabalar uchun institutda 3ta bino talabalar turar joyi mavjud.
Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti: Xorijiy Talabalar Uchun Viza Olish Tartibi
1. Institutga qabul va taklifnoma olish
Xorijiy talaba O‘zbekistonda o‘qishni boshlashdan oldin quyidagi bosqichlarni bajarishi lozim:
- Institutning rasmiy veb-sayti yoki Xalqaro bo‘limi orqali onlayn ariza topshirish.
- Pasport nusxasi, diplom yoki attestat, tibbiy ma’lumotnoma, til sertifikati (agar talab qilinsa) taqdim etiladi.
- Hujjatlar ko‘rib chiqilgach, Institut taklifnoma (Admission Letter) tayyorlaydi va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
- TIV tomonidan tasdiqlangach, taklifnoma (visa support) xorijiy talabaning mamlakatidagi O‘zbekiston elchixonasiga yuboriladi.
2. Viza olish uchun elchixonaga murojaat qilish
Talaba o‘z yashash mamlakatidagi O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsulligiga boradi.
Quyidagi hujjatlar topshiriladi:
- Institutdan olingan taklifnoma
- Pasport (kamida 6 oy amal qiladigan)
- Viza arizasi (taklif qilayotgan OTM tomonida to‘ldirilgan online visa application)
- Fotosurat (3.5x4.5 sm)
- Konsullik yig‘imi (viza to‘lovi)
3. O‘zbekistonga kirish va ro‘yxatdan o‘tish
Viza olingandan so‘ng, talaba O‘zbekistonga kiradi.
O‘zbekistonga kelgach, 3 ish kuni ichida talaba institut yotoqxonasiga yoki yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yiladi (OVIR ro‘yxati). Bu jarayon institutning xalqaro bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
Talabalar vizasi odatda kamida 6 oyga beriladi va keyinroq o‘qish muddati davomida uzaytiriladi.
4. Viza muddatini uzaytirish
Talaba o‘qishni davom ettirishni istasa, vizaning amal qilish muddati tugashidan 20 kun oldin institutning viza bo‘limiga murojaat qiladi.
Institut TIV orqali viza uzaytirish bo‘yicha ariza yuboradi.
Yangi viza beriladi va talaba O‘zbekistonda qonuniy asosda o‘qishni davom ettiradi.
Eslatma:
- Vizasiz rejim mavjud bo‘lgan ayrim davlat fuqarolari uchun (masalan, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) bu jarayon soddalashtirilgan bo‘lishi mumkin, ammo vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish majburiydir.
- Viza bilan bog‘liq har qanday savol bo‘yicha Institutning Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Talabalar turar joyiga xorijiy talabalarni joylashtirish yo‘riqnomasi (Buxoro davlat tibbiyot instituti uchun namunaviy tartib) 1. Umumiy qoidalar Bu yo‘riqnoma Buxoro davlat tibbiyot institutiga o‘qishga qabul qilingan xorijiy fuqarolarni talabalar turar joyiga (OTT) joylashtirish tartibini belgilaydi. OTTda yashash institut tomonidan ajratilgan tartib asosida amalga oshiriladi. 2. Joylashtirish tartibi ✅ Chet ellik talabalar quyidagi hujjatlar asosida OTTga joylashtiriladi: Pasport (asl nusxa va nusxasi) Talabalikka qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma Tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotnoma (086-U yoki unga tenglashtirilgan forma) 3 dona 3.5x4.5 o‘lchamdagi rasm ✅ Joylashtirish Xalqaro bo‘lim va OTT ma’muriyati hamkorligida amalga oshiriladi. ✅ Talabalar turar joyidagi xonalar shartnoma asosida ajratiladi. ✅ Har bir talaba bilan OTTda yashash shartnomasi tuziladi. 3. Shart-sharoitlar Chet ellik talabalar alohida nazorat ostidagi bloklarga joylashtiriladi. Har bir xonada yotoq, shkaf, stol, stul va boshqa zarur mebellar mavjud. Issiq va sovuq suv, markaziy isitish, Wi-Fi, yuvinish va oshxona xonalari mavjud. Sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilinadi. Xavfsizlik va ichki tartib nazorati doimiy olib boriladi. 4. Ichki tartib qoidalari OTTda yashovchi barcha xorijiy talabalar institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari shart. Kechki vaqtlarda (soat 22:00 dan keyin) yurish-turish nazorat ostida bo‘ladi. Begona shaxslarni OTTga olib kirish taqiqlanadi. Har qanday qonunbuzarlik yuzasidan institut rahbariyatiga xabar beriladi. 5. Qo‘shimcha eslatmalar Chet ellik talabalar uchun yotoqxona to‘lovi shartnoma asosida belgilanadi. Har semestr boshida yashash muddati uzaytiriladi. OTT ma’muriyati va xalqaro bo‘lim har oy holatni nazorat qilib boradi.
Xalqaro hamkorlik
AFRIKA
- "MIDTOWN TRAVELS AND TOURS LIMITED" LTD Company
AUSTRIA
- MEDICAL UNIVERSTY OF VIENNA
- IMC UNIVERSITY OF APPLIED SCIENCES
BELGIYA
- GC Europe N.V
CHEXIYA
- INSTITUTE FOR THE CARE OF MOTHER AND CHILD (UPMD)
XITOY
- FUDAN UNIVERSITY
- INNER MONGOLIYA MEDICAL UNIVERCITY
- SHENYANG AJMER SERVICE COMPANY
- EDBURGH HOSPITAL, LANGFANG
FRANSIYA
- THE HIGHER INSTITUTE OF PSYCHOMOTOR THERAPY ISRP
GERMANIYA
- ULM UNIVERSITY
- EUROPEAN MEDICAL ASSOCATION-ASIAN CHAPTER-GERMANY
- Frankfurt University of Applied Sciences
BRITANIYA
- BRITISH COUNCIL
HINDISTON
- ABROAD MEDICAL STUDIES COMPANY
- AIG HOSPITAL
- AISHANI-UMID JV, COMPANY
- APOLLO HOSPITAL
- ARTEMIS INSTITUTE
- DRONACHARYA ADMISSION CONSULTANCY
- GANDHI MEMORIAL NATIONAL COLLEGE
- GD GOENKA UNIVERSITY
- GOENKA RESEARCH INSTTTUTE OF DENTAL SCIENCES
- GSL HOSPITAL
- INSTITUTE OF GASTROENTEROLOGY
- KRISHNA INSTITUTE
- EDSMART CAREERS LLP
- STANFORD STUDY ABROAD CONSULTANCY
- NEOZEN LIFECARE COMPANY
- NOIDA INTERNATIONAL UNIVERSITY
- RAINBOW HOSPITAL
- RHYTHM HEART INSTITUTE
- SCALPEL MEDEDUTECH LLP COMPANY
- SILVERPEAK ASIA Pvt. Ltd COMPANY
- SILVERPEAK GLOBAL INDIA-JAPAN COMPANY
- SRI SRI HOLISTIC HOSPITAL
- STEVIA BIOTECH Pvt. Ltd COMPANY
- TECAS-India -LLP COMPANY
- VENKATESHWAR HOSPITAL
- PEOPLEHIVE LLC COMPANY
- BRIGHT FUTURE GROUP OF EDUCATION COMPANY
INDONEZIYA
- GUNADARMA UNIVERSITY
- LLDIKTI WILAYAH COMPANY
- MUHAMMADIYAH SIDENRANG RAPPANG UNIVERSITY
- UNIVERSITY MEGA BUANA PALOPO
ERON
- MARAGHEH UNIVERSITY
IZROIL
- ARIEL UNIVERSITY
- RABIN MEDICAL CENTER
- UNIVERSITY OF HAIFA
ITALIYA
- SANT CAMILLUS INTERNATIONAL UNIVERSITY
- UNIVERSITY OF CAMPANIA LUIGI VANVITELLI
- UNIVERSITY OF PISA
- PAVIA UNIVERSITY
YAPONIYA
- KOKORO COLLEGE
KOREYA
- Seul Milliy universiteti Bundang kasalxonasi
- CHEONGYEON KLINIKA
- DAEGU HAANY UNIVERSITY
- HIMCHAN HOSPITAL
- Chet elda tibbiyotda tibbiy xizmat ko’rsatish guruhi (KOMSTA)
- V - PLASTIC SURGERY GROUP
- KYUNGPOOK NATIONAL UNIVERSITY CHILGOK HOSPITAL
- NIKOM INSTITUTE
- KYUNGPOOK NATIONAL UNIVERSITY
MALAYZIYA
- MANAGMENT AND SCIENCE UNIVERSITY
- SULTAN ZAINAL ABIDIN UNIVERSITY
- UNIVERSITI SAINS MALAYSIA
POKISTON
- ASL PHARMA UZB-PAKISTAN COMPANY
POLSHA
- BIALYSTOK MEDICAL UNIVERSITY
- LOUIS UNIVERSITY
- MEDICAL UNIVERSITY OF GDANSK
- POLONIA UNIVERSITY
- O’SIMLIK REABILITATSIYASI ILMIY TADQIQOTLARI MARKAZI
SLOVAKIYA
- PAVOL JOZEF SAFARIK UNIVERSITY
TURKIYA
- AKGUN GROUP COMPANY
- BILECIK SEYH EDEBALI UNIVERSITY
- BOLU ABANT IZZET BAYSAL UNIVERSITY
- INONU UNIVERSITY
- ISTANBUL UNIVERSITY
- KIRSEHIR AHI EVRAN UNIVERSITY
- MARMARA UNIVERSITY
- PAMUKKALE UNIVERSITY
- SAGLIK BILIMLERI UNIVERSITETI
- SULEYMAN DEMIREL UNIVERSITY
- ATATURK UNIVERSITETI
- HACETEPPE UNIVERSITETI
- EGE UNIVERSITETI
AQSH
- CARDIOTHORACIC SURGERY PROGRAM OF THE CAROMONT HEALTH- CAROMONT HEART & VASCULAR
- GLOBAL SCHOLARLY PUBLICATION
- MEDICAL UNIVERSITY OF SOUTH CAROLINA
- WEBSTER UNIVERSITY
- SAINT LOUIS UNIVERSITY
- THE UNITED STATES PEACE CORPS COMPANY
VENGRIYA
- UNIVERSITY OF SZEGED
IORDANIYA
- ADAM AND AHMAD MARKETING CONSULTING COMPANY
ROSSIYA
- АЛТАЙСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- АМУРСКАЯ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ АКАДЕМИЯ
- АСТРАХАНСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- БАЛТИЙСКИЙ ФЕДЕРАЛЬНЫЙ УНИВЕРСИТЕТ им. ИММАНУИЛА КАНТА
- БАШКИРСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- ВОЛГОГРАДСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ АГРАРНЫЙ УНИВЕРСИТЕТ
- ГЭОТАР-МЕДИА КОМПАНИЯ
- ДАЛЬНЕВОСТОЧНЫЙ НАУЧНЫЙ ЦЕНТР ФИЗИОЛОГИИ И ПАТОЛОГИИ ДЫХАНИЯ
- ДАГЕСТАНСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- КАЗАНСКОГО (ПРИВОЛЖСКОГО) ФЕДЕРАЛЬНЫЙ УНИВЕРСИТЕТ
- ИВАНСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ АКАДЕМИЯ
- ИНСТИТУТ ХИРУРГИИ им. А.В.ВИШНЕВСКОГО
- ИРКУТСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- КАЗАНСКАЯ ГОСУДАРСТВЕННАЯ МЕДИЦИНСКАЯ АКАДЕМИЯ
- КИРОВСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- КРАСНОЯРКИЙ . ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ.им ВОЙНО-ЯСЕНЕЦКОГО
- КУБАНСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- КУРСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- МАГНИТОГОРСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ ТЕХНИЧЕСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ им. Г.И. НОСОВА
- НАЦИОНАЛЬНЫМ МЕДИЦИНСКИМ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИМ ЦЕНТРОМ ХИРУРГИИ им. А.В. ВИШНЕВСКОГО
- МОСКОВСКОЙ ОБЛАСТНОЙ НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИЙ ИНСТИТУТ АКУШЕРСТВА И ГИНЕКОЛОГИИ
- НАЦИОНАЛЬНЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИЙ ЦЕНТР АКУШЕРСТВА, ГИНЕКОЛОГИИ И ПЕРИНАТОЛОГИИ им. В.И. КУЛАКОВА
- НАЦИОНАЛЬНЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИЙ ЦЕНТР им. В.А. АЛМАЗОВА
- НАЦИОНАЛЬНЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИЙ ЦЕНТР ПРОФИЛАКТИЧЕСКИЙ МЕДИЦИНЫ
- НАЦИОНАЛЬНЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИЙ ЦЕНТР ТЕРАПИИ И ПРОФИЛАКТИЧЕСКОЙ МЕДИЦИНЫ
- НАЦИОНАЛЬНЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИЙ ЦЕНТР НЕЙРОХИРУРГИИ им. АКАДЕМИК Н.Н.БУРДЕНКО
- НОВОСИБИРСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- ОМСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- ООО ВИРТУМЕД КОМПАНИЯ
- ОРЕНБУРГСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- ОРЛОВ ПЕРВ.САНКТ-ПЕТ.ГМУ им.И.П.ПАВЛОВ им. И.С.ТУРГЕНЕВА
- ПЕРВЫЙ САНКТ-ПЕТЕРБУРСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ им.И.П.ПАВЛОВ
- ПЕРМСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ им Е.А. ВАГНЕРА
- ПЕТРОЗАВОДСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ
- РОССИЙСКАЯ МЕДИЦИНСКАЯ АКАДЕМИЯ НЕПРЕРЫВНОГО ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
- РОССИЙСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ ДРУЖБЫ НАРОДОВ
- РОСТОВСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- РЯЗАНСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ им. И.ПАВЛОВ
- САМАРСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- САНКТ-ПЕТЕРБУРГСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ ИНСТИТУТ УСОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ВРАЧЕЙ-ЭКСПЕРТОВ
- САНКТ-ПЕТЕРБУРГСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- САРАТОВСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ им. В.И. РАЗУМОВСКОГО
- СЕВЕРО-ЗАПАДНЫЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ им. И.И. МЕЧНИКОВА
- СЕЧЕНОВСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- СТАВРОПОЛЬСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- ТАМБОВСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ им Г.Р. ДЕРЖАВИНА
- ТЮМЕНСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- УНИВЕРСИТЕТ ПРИ МЕЖПАРЛАМЕНТСКОЙ АССАМБЛЕ ЕВРАЗЭС
- УРАЛСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- УРАЛЬСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ ПУТЕЙ СООБЩЕНИЯ
- РОССИЙСКИЙ ОРДЕНА ТРУДОВОГО КРАСНОГО ЗНАМЕНИ НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИЙ ИНТИТУТ ТРАВМАТОЛОГИИ ОРТОПЕДИИ им. Р.Р.ВРЕДЕНА
- ФЕДЕРАЛЬНЫЙ НАУЧНО-КЛИНИЧЕСКИЙ ЦЕНТР РЕАНИМАТОЛОГИИ И РЕАБИЛИТАЛОГИИ
- ЧЕЧЕНСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ им А.А. КАДЫРОВА
- ЮЖНО-УРАЛСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ
- ЯРОСЛАВСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ ИНСТИТУТ
- ВИТЕБСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ ОРДЕНА ДРУЖБЫ НАРОДОВ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- СЫКТЫВКАРСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ ИМЕНИ ПИТИРИМА СОРОКИНА
- НАЦИОНАЛЬНЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИЙ ЦЕНТРОМ РАДИОЛОГИИ
TOJIKISTON
- ТАДЖИКСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ им. АБУ АЛИ ИБНИ СИНО
- GLOBAL MEDIA UNIVERSAL COMPANY
- ХАТЛОНСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- ТАДЖИКИСКИЙ ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- ТАДЖИКИСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ
- ТАДЖИКСКИЙ ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ
- МЕДИКО-СОЦИАЛЬНЫЙ ИНСТИТУТ ТАДЖИКИСТАН
QOZOG’ISTON
- UALIKHANOV УНИВЕРСИТЕТ
- МЕДИЙИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ КАРАГАНДЫ
- КАЗАХСТАНСКО-РОССИЙСКИЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
- ЮЖНО-КАЗАХСТАНСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ им. М.АУЭЗОВА
- ЮЖНО-КАЗАХСТАНСКАЯ ФАРМАЦЕВТИЧЕСКАЯ АКАДЕМИЯ
- УНИВЕРСИТЕТ ДРУЖБЫ НАРОДОВ им. Акдемик А.КУАТБЕКОВА
- МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ СЕМЕЙ
- КАЗАХСКИЙ НАЦИОНАЛЬНЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ им.С.Д. АСФЕНДИЯРОВА
- “INDIANA INTERNATIONAL” TOO КОМПАНИЯ
- МЕЖДУНАРОДНЫЙ КАЗАХСКО-ТУРЕЦКИЙ УНИВЕРСИТЕТ им. ХОДЖА АХМЕД ЯСАВИ
- ЮЖНО-КАЗАХСТАНСКАЯ МЕДИЦИНСКАЯ АКАДЕМИЯ
- МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ АСТАНА
- КАЗАХСТАНСКИЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ «ВШОЗ»
- КАЗАХСКИЙ НАЙИОНАЛЬНЫЙ УНИВЕРСИТЕТ им. АЛЬ-ФАРАБИ
- КЛИНИКА ТОВАРИЩЕСТВО С ОГРАНИЧЕННОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТЬЮ «КАСАРАС»
БЕЛОРУСИЯ
- ПОЛОЦКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ
- БЕЛОРУССКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ
- Республиканский научно-практический центр травматологии и ортопедии
- Гродненский государственный медицинский университет
- Белорусская медицинская академия последипломного образования
- Медицинский университет дружбы народов Витебского государственного ордена
- ГОМЕЛЬСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МЕДИЦИНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ
УКРАИНА
- Киевский национальный университет имени Тараса Шевченко
- Запорожский государственный медицинский университет
- Харьковский национальный медицинский университет
- Национальной академии педагогических наук Украины
- Национальная медицинская академия последипломного образования имени П.Л. Шупика
- Институт нейрохирургии имени академика НАМН Украины А.П. Ромоданова
- Украинский медицинский стоматологической академии
- Сумський государственный университет
- Международный гуманитарный университет
- Университет менеджмента образования
- Национальный медицинский университет им. А.А. Богомольца
АЗЕРБАЙЖАН
- Азербайджан – Ассоциация немецких медицинских корпораций (GAMCA)
- “БИЛИК ЦЕНТР ГРУП” учебный центр
- Azerbaijan medical university
- Институт физики НАН
- Сумгаитский государственный университет
КЫРГЫЗСТАН
- Международная высшая медицинская школа УНПК МУК
- Кыргызско-Российский Славянский Университет
- Ошский государственный университет
- Кыргызская государственная медицинская академия им. И.К. Ахунбаева
30 та давлат билан 201 та шартнома мавжуд
Til kurslari
Koreys tili kurslari — King Sejong markazi
Buxoro davlat tibbiyot institutida King Sejong koreys tili markazi faoliyat yuritadi. Ushbu markaz koreys tilini o‘rganish, Koreya madaniyati bilan tanishish hamda Koreya universitetlari bilan akademik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Rasmiy kanal ma’lumotlarida Buxoro Qirol Sejong Koreys tili markazi tadbirlari, jumladan koreyscha nutq tanlovlari haqida e’lonlar berilgan.
Xitoy tili markazi - Hainasilu Education Xitoy tili o‘quv
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Hainasilu Education hamkorligida Xitoy tili o‘quv kurslariga qabul boshlandi.
Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik savdo-iqtisodiy, transport-logistika, ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘nalishlarida jadal rivojlanmoqda. Shu bois xitoy tilini o‘rganish xalqaro loyihalarda ishtirok etish, xorijiy ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur o‘quv kurslari xitoy tilini boshlang‘ich bosqichdan o‘rganishni istagan talabalar, xalqaro ta’lim dasturlarida qatnashishni rejalashtirayotgan yoshlar, Xitoy bilan biznes aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkorlar hamda xalqaro loyihalarda faoliyat yuritishni istagan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Kurs mashg‘ulotlari davomida tinglab tushunish, so‘zlashuv, yozish ko‘nikmalari hamda xitoy iyerogliflarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi. Darslar Xitoy standartlariga mos o‘quv materiallari asosida, tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi.
Talabalar uchun imkoniyatlar
{}
Fakultetlar
O‘zbekistonning Buxoro shahrida joylashgan Buxoro davlat tibbiyot institutining tibbiyot fakulteti tibbiy ta’lim va kadrlar tayyorlashga bag‘ishlangan yirik muassasaning bir qismidir. Har tomonlama tibbiy ta’lim berish maqsadida tashkil etilgan fakultet talabalarni sog‘liqni saqlash sohasida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashni maqsad qilgan.
O'quv rejasi odatda tibbiyotning turli sohalarini, jumladan, ichki kasalliklar, jarrohlik, pediatriya va sog'liqni saqlashni o'z ichiga olgan nazariy bilim va amaliy mashg'ulotlarning kombinatsiyasini o'z ichiga oladi. Fakultet shuningdek, mahalliy aholiga xizmat ko'rsatish va mintaqaga xos sog'liqni saqlash muammolarini hal qilish muhimligini ta'kidlab, tadqiqot va jamoat salomatligi tashabbuslariga e'tibor qaratishi mumkin.
O'quv jarayonining bir qismi sifatida talabalar ko'pincha shifoxona va klinikalarda klinik rotatsiya va amaliyot o'tashadi, bu ularga o'z bilimlarini real sharoitlarda qo'llash imkonini beradi. Fakultet talabalar uchun mavjud bo'lgan ta'lim va resurslarni yaxshilash uchun boshqa tibbiyot muassasalari va tashkilotlari bilan ham hamkorlik qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash tizimini yuqori malakali, hozirgi zamon talablariga javob beradigan, tanlangan kasbi bo‘yicha ijodiy faoliyatga tayyor tibbiyot xodimlarini yetishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi Farmoniga asosan Buxoro davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti tarkibida 1999-yil sentyabrdan “Oliy hamshiralik ishi” bo‘limi tashkil etildi.
O‘rta ma’lumotli hamshiralik kursini tugatganlar umumiy qoidalariga binoan ushbu yo‘nalishda qabul qilindilar. O‘qish muddati 3 yil bo‘lib fakultet tugatgan talabalar Sog‘liqni Saqlash tizimining murakkab ish jarayoni bo‘lgan tibbiyot texnik kollejlariga ishga yuborildi.
Institut rektorining 2007 yil 5 noyabrdagi 57/1-1-sonli buyrug‘iga asosan Tibbiy pedogogika va Oliy hamshiralik ishi fakulteti tashkil etildi. Fakultet dekani etib t.f.n. dotsent N.X.Voxidov tayinlandi. 2009-2012 yillarda t.f.d Sh.I.Navro‘zova fakultet dekani etib tayinlandi. 2012-2014 yillarda t.f.n. dotsent N.X.Voxidov, 2014 yil 1 dekabrdan boshlab t.f.n. dotsent U.I.Nurov 2019 yilgacha fakultet dekani lavozimida ishladi. 2019-2020 yilgacha bu lavozimda tibbiyot fanlari doktori, professor A.R.Obloqulov fakultet dekani lavozimida ishladi. 2021 yil 14 yanvardan 2022 yil 28 fevralgacha bu lavozimda tibbiyot fanlari doktori I.X.Usmonov fakultet dekani lavozimida ishladi. 2022 yil 1 martidan PhD G.H.Rajabova fakultet dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Fakultetimiz dastlabki davrlarda davolash fakulteti tarkibida oliy hamshiralik ishi bo‘limi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2001-yil 15-iyundan fakultet tarkibida tibbiy pedagogika bo‘limi ham tashkil etildi. Mazkur bo‘limlarda o‘rta maxsus ma’lumotli hamshiralar umumiy qoidalarga binoan o‘qishga qabul qilinar edi. O‘qish muddati 3 yil bo‘lib, fakultetni tugatgan talabalar sog‘liqni saqlash tizimining murakkab ish jarayoni bo‘lgan bo‘limlariga, tibbiyot kollejlariga ishga yo‘naltirilgan.
2007-yil 5-noyabrda esa pedagogika va oliy hamshiralik ishi bo‘limlari alohida fakultet sifatida faoliyat boshladi. Mazkur tibbiy pedagogika fakultetida o‘qish muddati 6 yil. Fakultetda 3 nafar professor, 27 nafardan ortiq fan nomzodlari va dotsentlar faoliyat ko‘rsatganlar. Tibbiy pedagogika fakultetini ilk bor 14 nafar talaba tugatib, turli davolash muassasalarida umumiy amaliyot shifokori, pedagog mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Bugungi kunda fakultetda 15 nafar professor, 100 nafardan ortiq fan nomzodi va dotsentlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultet dekan, ikki nafar dekan muovinlari (Sa’diyev E.S Olimova N.I), tarkibida shakllangan.
Biotibbiyot fakulteti Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.J.Teshayevning buyrug’i asosida 2023-yil 4-sentabrda “Biotibbiyot” fakulteti tashkil qilindi. Biotibbiyot fakulteti 5 ta yo`nalish bilan ish faoliyatini boshlagan edi, ular quyidagilarni tashkil qilgan edi:
60910400 – Tibbiy profilaktika
60910600 – Tibbiy biologiya
60910700 – Farmatsiya
60911100 – Xalq tabobati
60911200 – Oliy hamshiralik
2024-2025 o’quv yilga kelib fakultet yo’nalishi 7 ta bo’ldi. Bular:
60910400 – Tibbiy profilaktika
60910600 – Tibbiy biologiya
60910700 – Fundamental tibbiyot
60911100 – Xalq tabobati
60911200 – Oliy hamshiralik
60910800 – Farmatsiya
60711800 – Biotibbiyot muhandisligi
Biotibbiyot fakultetda 21 ta kafedra biriktirilgan:
- Fakultet va gospital terapiya kafedrasi
- Onkologiya kafedrasi
- .№1-Akusherlik va ginekologiya kefedrasi
- Oilaviy tibbiyotda xirurgik kasalliklar kafedrasi
- Klinik farmakologiya kafedrasi
- Farmakologiya kafedrasi
- Gematologiya va klinik labarator diagnostika kafedrasi
- Tibbiy radiologiya va yadro tibbiyoti kafedrasi
- Biotibbiyot muhandisligi, biofizika, informatika kafedrasi
- Normal fiziologiya kafedrasi
- Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi
- Mikrobiologiya , virusologiya va immunologiya kafedrasi
- Tibbiy biologiya kafedrasi
- 1-son gigiyena kafedrasi
- Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasi
- Ijtimoiy fanlar kafedrasi
- Xususiy gigiyena kafedrasш
- Xalq tabobati, kasb kasalliklari va allergologiya kafedrasi
- Epidemiologiya kafedrasi
- Patologik anatomiya kafedrasi
- Preventiv tibbiyot, jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi
Xalqaro fakultet 2019-yil 3-avgustda Ilmiy kengashning 2019-yil 28-iyundagi 11-son qarori va institutning 2019-yil 30-iyundagi 623/1-son buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Fakultet dekani etib tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Xodjiev Dilmurod Yaxshievich 2019-2021-yilga tayinlandi, shundan soʻng fakultetni fanlar doktori Xasanova Dilnoza Axrorovna 2021-2022, t.f.n. Xudoyberdiev 202 va Dilshod Karimovich202-dan 2020-yilgacha boshqargan. Hozirgi kunda fakultetga Dilnoza Axrorovna Xasanova rahbarlik qilmoqda. Xalqaro fakultet 2019-yil 3-avgustda Ilmiy kengashning 2019-yil 28-iyundagi 11-son qarori va institutning 2019-yil 30-iyundagi 623/1-son buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Fakultet dekani etib tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Xodjiev Dilmurod Yaxshievich 2019-2021-yilga tayinlandi, shundan soʻng fakultetni fanlar doktori Xasanova Dilnoza Axrorovna 2021-2022, t.f.n. Xudoyberdiev 202 va Dilshod Karimovich202-dan 2020-yilgacha boshqargan. Hozirgi kunda fakultetga Dilnoza Axrorovna Xasanova rahbarlik qilmoqda.
Buxoro davlat tibbiyot institutining Turkiya fakulteti Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tibbiy ta’lim va hamkorlikni rivojlantirish tashabbusining bir qismi bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonning Buxoro shahrida joylashgan Buxoro davlat tibbiyot instituti tibbiy kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratgani bilan mashhur.
Turkiya muassasalari va Buxoro davlat tibbiyot instituti oʻrtasidagi hamkorlik oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, professor-oʻqituvchilar almashinuvi dasturlari va qoʻshma ilmiy loyihalarni oʻz ichiga olishi mumkin. Bunday hamkorlik ko‘pincha tibbiy ta’lim sifatini oshirish, malakali tibbiyot mutaxassislari sonini ko‘paytirish va sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Tibbiyot xodimlar malakasini oshirish kurslari Buxoro davlat tibbiyot instituti Diplomdan keying ta’lim fakulteti Oilaviy shifokorlar qayta tayyorlash va malakasini oshirish kafedrasi tomonidan amalga oshiriladi.
Fakultetning asosiy faoliyati Buxoro, Navoiy viloyati va Qoraqalpog’istonRespublikasida davlat va xususiy sektorida ishlovchi shifokorlarni umumiy va mavzuli malaka oshirish kurslarida (144, 72, 36, 18 soatli) o’qitishni tashkil qilish vao’tqazishdan iborat.
Amaliy mashg’ulotlar va ma’ruzalar kafedrada faoliyat yurituvchi professor – o’qituvchilar tomonidan, uzoq va yaqin horijiy davlatlardan tashrif buyurganmutaxassislar tomonidan olib boriladi.
Amaliy mashg’ulotlar kurslari Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi va institut bilanshartnomasi mavjud bo’lgan klinika va poliklinikalarda, xususiy klinikalarda olibboriladi.
Kursantlar Buxoro davlat tibbiyot institutida bo’lib o’tadigan xalqaro ilmiy-amaliyanjumanlar va seminarlarda ishtirok etishga taklif qilinadi.
Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshida tashkiletilgan. Abu Ali ibn Sino O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi vaBuxDTI o’rtasida 2015 yil 15 maydagi 1-sonli shartnoma, BuxDTI ning 03.07.2015 yildagi 224/4-sonli buyrug’i asosida uning asosiy vazifasi shifokorlarni qayta tayyorlashva malakasini oshirish ishlarini davom ettirish edi. Bugungi kunda uzluksiz tibbiy ta’limmodeli talablarini inobatga olgan holda, bugungi kunda turli muddatlarda ta’limdasturlari davomida amalga oshirilayotgan amaliyot shifokorlarining qo’shimcha kasbiyta’limi muhim yo’nalish hisoblanadi.
Vrachlar malakasini oshirish fakultetining maqsadi, vazifalari va faoliyat yo’nalishitibbiyot texnologiyalarini jadal rivojlantirish sharoitida raqobatbardosh bo’lgan, olinganbilimlar natijasida klinik-epidemiologik ko’rsatkichlarga faol ta’sir ko’rsatadigan, zamonaviy texnologiyalarni kundalik amaliy faoliyatga tatbiq etadigan tibbiyotkadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlashdan iborat.
Fakultet kafedralarida vrachlar malakasini oshirish, birlamchi ixtisoslashuvdavrlarida o’qitiladi. Trening yakunida sertifikat imtihonini topshirish va mutaxassissertifikatini olish imkoniyati beriladi.
VMOF o’quv-ishlab chiqarish rejasiga muvofiq ishlaydi, u ilmiy Kengashyig’ilishida hududiy sog’liqni saqlash organi bilan kelishilganidan keyin tasdiqlanadi vakeyinchalik O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligida tasdiqlanadi.
Fakultet tarkibida 1 ta kafedra va 3 ta kurs mavjud:
– Oilaviy shifokorlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kafedrasi
– “Tez tibbiy yordam va reanimatsiya” kursi
– “Akusherlik-ginekologiya” kursi
– “Stomatologiya” kursi
Ta'lim yo'nalishlari
| Akusherlik va ginekologiya 70910201 | Magistr |
| Anesteziologiya va reanimatologiya 70910220 | Magistr |
| Bolalar nevrologiyasi 70910305 | Magistr |
| Bolalar xirurgiyasi 70910302 | Magistr |
| Davolash ishi 60910200 | Bakalavr |
| Dermatovenerologiya 70910208 | Magistr |
| Endokrinologiya 70910202 | Magistr |
| Farmatsiya 60910800 | Bakalavr |
| Farmatsiya (turlari bo‘yicha) 60910700 | Bakalavr |
| Gigiyena 70910401 | Magistr |
| Kardiologiya 70910205 | Magistr |
| Morfologiya 70910218 | Magistr |
| Neyroxirurgiya 70910214 | Magistr |
| Oliy hamshiralik ishi 60911200 | Bakalavr |
| Ortopedik stomatologiya 80910706 | Ordinatura |
| Otorinolaringologiya 70910204 | Magistr |
| Pediatriya ishi 60910300 | Bakalavr |
| Psixiatriya 70910211 | Magistr |
| Sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘lig‘ini saqlash 70910215 | Magistr |
| Stomatologiya 60910100 | Bakalavr Magistr |
| Tashxisning instrumental va funksional usullari 70910213 | Magistr |
| Terapiya 70910203 | Magistr |
| Tibbiy profilaktika ishi 60910400 | Bakalavr |
| Tibbiy radiologiya 70910227 | Magistr |
| Tibbiy-biologik ish 60910600 | Bakalavr |
| Umumiy onkologiya 70910210 | Magistr |
| Umumiy xirurgiya 70910212 | Magistr |
| Urologiya 70910217 | Magistr |
| Xalq tabobati 60911100 | Bakalavr |
| Xalqaro tibbiyot fakulteti 60910200 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Umumiy xirurgiya
26 388 516 so'm
yiliga
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Tashxisning instrumental va funksional usullari
44 485 000 so'm
yiliga
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Umumiy onkologiya
26 388 516 so'm
yiliga
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Psixiatriya
26 388 516 so'm
yiliga
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Kardiologiya
26 388 516 so'm
yiliga
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Otorinolaringologiya
26 388 516 so'm
yiliga
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Terapiya
26 388 516 so'm
yiliga
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Endokrinologiya
26 388 516 so'm
yiliga
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Neyroxirurgiya
26 388 516 so'm
yiliga
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Gigiyena
26 388 516 so'm
yiliga
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Urologiya
26 388 516 so'm
yiliga
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Akusherlik va ginekologiya
27 680 334 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Sayitova Olima Salohiddin qizi
Shoyimov Shavkiddin Shavkat o‘g‘li
Inoyatov Amrillo Shodiyevich
Xaydarov Nodir Qodirovich
Talabalar fikri
Ayesha K., Pokistondan, 1-bosqich talaba (Farmatsiya):
Rahul S., Hindistondan, 2-bosqich talaba (Davolash ishi):
Inoyatov Amrillo Shodiyevich
Haydarov Nodir Kadirovich