WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Farg`ona viloyati Davlat 5.0 (1) Veb-sayt

6,707

Talabalar

1,593

Xorijiy talabalar

574

O'qituvchilar

4

Fakultetlar

29

Kafedralar

2020

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

 

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti — O‘zbekiston Respublikasida jamoat salomatligi, profilaktik tibbiyot va zamonaviy tibbiy kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Institut mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
Institut tashkil topishi va rivojlanish tarixi
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti nisbatan yangi oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, u Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 1992-yil 28-may kunidagi 189- va 311-sonli qo‘shma buyruqlari asosida Farg‘ona Davlat universiteti qoshida “Tibbiyot Markazi” sifatida tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-iyundagi 239-qarori bilan Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot institutining Farg‘ona filialiga, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-iyuldagi 780-sonli qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4911-sonli “Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti sifatida tashkil etilgan. 
Tashkil etilgan ilk yillardan boshlab institut zamonaviy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratdi. O‘quv jarayoniga kredit-modul tizimi, interaktiv dars usullari va innovatsion texnologiyalar joriy qilindi. Qisqa muddat ichida institut o‘zining moddiy-texnik bazasini mustahkamlab, zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv xonalari va klinik bazalarni shakllantirdi.
Institutning tashkil etilishi aholining sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarning oldini olish va zamonaviy tibbiy xizmatlarni rivojlantirish zarurati bilan bog‘liqdir. Institut ochilganidan buyon qisqa vaqt ichida ilmiy, o‘quv va amaliy yo‘nalishlarda sezilarli natijalarga erishdi. Instituti dunyoning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan shartnomalar imzolangan va o‘quv, ilmiy va ma’rifiy sohalarda doimiy hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. U hududdagi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritib, amaliy tajribaga ega ko‘plab malakali shifokorlar tayyorlab kelmoqda. 
O‘quv jarayoni va infratuzilma
Institutda o‘quv jarayoni zamonaviy talablarga mos ravishda tashkil etilgan. Darslar quyidagi shakllarda olib boriladi:
•  Ma’ruzalar va seminar mashg‘ulotlari 
•  Amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlari 
•  Klinik amaliyotlar (shifoxonalarda) 
•  Simulyatsion markazlarda treninglar 
Institut tarkibida yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan simulyatsion markaz mavjud bo‘lib, unda talabalar turli tibbiy vaziyatlarni real sharoitga yaqin holatda o‘rganadilar. Shuningdek, axborot-resurs markazi (kutubxona) zamonaviy adabiyotlar va elektron resurslar bilan ta’minlangan.
Ilmiy faoliyat
Institut ilmiy-tadqiqot ishlariga ham katta e’tibor beradi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib boradilar:
•  Epidemiologiya va infeksion kasalliklar 
•  Ekologiya va aholi salomatligi 
•  Surunkali kasalliklarning oldini olish 
•  Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish 
•  Tibbiyotda raqamli texnologiyalar 
Institutda muntazam ravishda ilmiy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etilib, yosh olimlarning ilmiy faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, institut xalqaro hamkorlikni rivojlantirib, xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlar bilan tajriba almashib kelmoqda.
Talabalar hayoti
Institutda talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular nafaqat o‘qish, balki ijtimoiy va madaniy hayotda ham faol ishtirok etadilar:
•  Sport musobaqalari 
•  Madaniy tadbirlar va festivallar 
•  Talabalar tashkilotlari va klublar 
•  Ko‘ngillilar harakati 
Talabalar turar joylari (yotoqxona) bilan ham ta’minlangan bo‘lib, ular uchun qulay yashash sharoitlari yaratilgan.

Xorijiy talabalar uchun

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xorijiy talabalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratgan oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Institutda AQSh, Nigeriya,  Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Hindiston Respublikasi, Afg‘oniston va Qirg‘iz Respublikalaridanva boshqa davlatlardan kelgan talabalar tahsil oladi. Ular uchun maxsus xalqaro fakultet faoliyat yuritadi va ta’lim jarayoni xalqaro standartlarga moslashtirilgan bo‘lib, talabalarning sifatli bilim olishiga katta e’tibor qaratiladi.

 

Institutda xorijiy talabalar zamonaviy o‘quv bazasidan foydalanish imkoniyatiga ega. Auditoriyalar zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan, simulyatsion markazlarda esa talabalar amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashadi. Bundan tashqari, institut klinikasi va viloyat shifoxonalari bazasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, bu esa bo‘lajak shifokorlar uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

 

Shuningdek, talabalarga raqamli ta’lim tizimi ham yaratilgan. Elektron kutubxona, axborot-resurs markazi va masofaviy ta’lim platformalari orqali talabalar dars materiallarini oson topishi va mustaqil ishlashi mumkin. Bu tizim ayniqsa xorijiy talabalar uchun juda qulay bo‘lib, o‘qish jarayonini yanada samarali qiladi.

 

Xorijiy talabalar uchun yashash sharoitlari ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Talabalar turar joylari, oshxona xizmatlari, sport va madaniy tadbirlar ularning qulay yashashi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun tashkil etilgan. Kampus hududi xavfsiz va tartibli bo‘lib, talabalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

 

Xalqaro hamkorlik

 

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyor instituti xalqaro hamkorlikni faol yo‘lga qo‘ygan oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Institut bugungi kunda ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida dunyoning ko‘plab nufuzli universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik qiladi. Xususan, institut 30 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan rasmiy hamkorlik shartnomalarini imzolagan bo‘lib, bu hamkorliklar o‘quv, ilmiy va ma’rifiy yo‘nalishlarda olib boriladi.

 

Institutning xalqaro aloqalari doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlari, qo‘shma ta’lim loyihalari hamda malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda. Talabalar uchun xorijda o‘qish, stajirovka o‘tash, magistratura va doktorantura dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari yaratilgan. Shu bilan birga, institut xalqaro grantlar asosida ilmiy loyihalarni amalga oshirishda ham faol qatnashadi.

 

Shuningdek, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va forumlarni muntazam o‘tkazib boradi. Bu tadbirlar orqali xorijiy olimlar bilan tajriba almashish, zamonaviy tibbiyot yutuqlarini o‘rganish va ularni amaliyotga joriy etish imkoniyati kengaymoqda

 

 

 

 

Til kurslari

 

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xorijiy talabalarni ta’lim jarayoniga moslashuvini ta’minlash maqsadida maxsus til kurslari tashkil etilgan bo‘lib, alohida O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mavjud. Unda chet ellik talabalar uchun o‘quv, yashash va moslashuv sharoitlari yaratilgan.
Ushbu til kurslarining asosiy maqsadi — xorijiy talabalarni o‘quv jarayoniga tez va samarali moslashtirish, ularning o‘zbek va ingliz tillarida bilimlarini rivojlantirish hamda tibbiyot sohasida erkin muloqot qilish imkoniyatini yaratishdir.
Til kurslar yo‘nalishlari
1. Ingliz tili kurslari
Eng asosiy va talab yuqori bo‘lgan kurs hisoblanadi.
Yo‘nalishlari:
• Beginner (boshlang‘ich daraja)
• Intermediate (o‘rta daraja)
• Advanced (yuqori daraja)
• Medical English (tibbiyot ingliz tili)
• IELTS va boshqa xalqaro imtihonlarga tayyorlov
2. Rus tili kurslari
Rus tili MDH davlatlari bilan aloqalar uchun muhim hisoblanadi.
Kurs tarkibi:
• Kundalik muloqot
• Kasbiy rus tili
• Tibbiyot terminologiyasi
• Klinik muhitda suhbat
3. O‘zbek tili kurslari
Asosan o‘zbek tilida mukammal yozish va so‘zlashni rivojlantirishga qaratilgan:
• Adabiy til me’yorlari
• Nutq madaniyati
• Rasmiy hujjatlar bilan ishlash
• Tibbiy terminologiya

 

Talabalar uchun imkoniyatlar

Farg‘ona tibbiyot institutining xalqaro fakultetda 750 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda, talabalar institut hamda Farg‘ona viloyatining jamoat hayotida faol ishtirok etmoqda. Yaqinda Samarqand shahrida tibbiyot fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada 6 nafar o‘quvchi birinchi ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. Shahrimizda o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida o‘quvchilar ham faol ishtirok etib, yaqinda shaxmat, futbol, ​​voleybol bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi, unda o‘quvchilarimiz ishtirok etdi. Bundan tashqari, fakultetimiz talabalari kriket bo‘yicha Uzbekiston terma jamoa a’zolari bo‘lib,  Respublikamiz va institutimiz nomidan chiqish qilishga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.

Fakultetlar

Davolash fakulteti bu institut tarkibidagi asosiy fakultetlardan biri bo‘lib, u kelajakda umumiy amaliyot shifokori (vrach-terapevt) va boshqa klinik yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Davolash fakultetida talabalar inson organizmining tuzilishi, ichki kasalliklar, jarrohlik asoslari, farmakologiya, patologiya, terapiya hamda diagnostika kabi tibbiyotning asosiy yo‘nalishlarini chuqur o‘rganadilar. O‘quv jarayonida nazariy bilimlar bilan birga klinik amaliyotga ham katta e’tibor beriladi. Talabalar institutga biriktirilgan shifoxona va klinikalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tashadi. Bu jarayon ularga bemorlar bilan ishlash, kasalliklarni aniqlash va davolash bo‘yicha real tajriba orttirish imkonini beradi. Ayniqsa, ichki kasalliklar, jarrohlik, akusherlik va ginekologiya kabi fanlar amaliyot bilan chambarchas bog‘langan. Davolash fakultetini tamomlagan bitiruvchilar “davolovchi vrach” yoki umumiy amaliyot shifokori sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Ular shifoxonalar, poliklinikalar, xususiy tibbiyot markazlari yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, magistratura va rezidentura bosqichida o‘qishni davom ettirishlari ham mumkin.

Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 1992-yilda tashkil etilgan. Fakultetda jami 5 ta yo‘nalish bo‘lib, Tibbiy profilaktika ishi, Xalq tabobati, Biotibbiyot muhandisligi, Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishlarida 1000 nafar talaba tahsil oladi. Tibbiy profilaktika jamoat salomatligi fakultetini bitiruvchilari tanlagan ixtisosligi bo‘yicha magistratura hamda klinik ordinaturaga hujjat topshirishlari va o‘qishni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi Ushbu fakultet mutaxassislari tuman, shahar va Respublika DSENMlarida, davlat sanitariya-profilaktika muassasalari, sug‘urta va munitsipial tibbiyot muassasalari, tibbiy-sanitariya qismlari, OITSga qarshi kurash markazlar, ilmiy-tekshirish institutlari, o‘rta va oliy tibbiy o‘quv muassasalarida faoliyat olib boradilar.

Pediatriya fakulteti ushbu oliy ta’lim muassasasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bolalar salomatligini saqlash, kasalliklarning oldini olish va davolash bo‘yicha malakali shifokorlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Pediatriya ishi yo‘nalishi 2020-2021-o‘quv yilida davolash ishi fakulteti tarkibida ochilgan. 2023 sentyabrdan Pediatriya fakulteti sifatida tashkil etildi. Fakultetda Pediatriya ishi, Stomatologiya, Farmatsiya yo‘nalishi bo‘yicha Respublikaning barcha viloyatlaridan talabalar ta’lim olishadi. Pediatriya fakultetida talabalar bolalar organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlari, turli yosh davrlarida uchraydigan kasalliklar, ularning diagnostikasi, davolash usullari hamda profilaktik choralar haqida chuqur bilimga ega bo‘ladilar. Shuningdek, neonatologiya, immunologiya, epidemiologiya kabi yo‘nalishlar ham o‘quv jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ham katta e’tibor qaratiladi. Fakultetda faoliyat yurituvchi kafedralar orqali talabalar zamonaviy laboratoriyalar va klinikalarda o‘qitiladi. Amaliy mashg‘ulotlar viloyatdagi bolalar shifoxonalari va tibbiyot markazlarida o‘tkazilib, talabalar bevosita bemorlar bilan ishlash tajribasini orttiradilar. Bu esa ularning kelajakda mustaqil shifokor sifatida faoliyat yuritishiga mustahkam zamin yaratadi. Mazkur yo‘nalishni tamomlagan bitiruvchilarga “vrach-pediatr” malakasi beriladi. Ular kelgusida bolalar poliklinikalari, shifoxonalar, xususiy tibbiyot markazlari yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritishlari mumkin. Shuningdek, magistratura va boshqa yuqori bosqichdagi ta’limni davom ettirish imkoniyati ham mavjud.

Xalqaro fakulteti — institut tarkibidagi muhim fakultetlardan biri bo‘lib, u asosan xorijiy talabalar va xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tibbiyot sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan.  Xalqaro fakultet 2020-yil atrofida tashkil etilgan bo‘lib, institutning xalqaro hamkorliklarini kengaytirish va tibbiy ta’limni global standartlarga moslashtirish maqsadida faoliyat yuritadi. Ushbu fakultetda turli davlatlardan kelgan talabalar — jumladan Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlardan yoshlar tahsil oladi. Fakultetda “Davolash ishi”, “Stomatologiya”, “Pediatriya” va “Farmatsiya” kabi asosiy tibbiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi. O‘quv jarayoni xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etilgan bo‘lib, darslar rus va ingliz tillarida olib boriliadi. Bu esa talabalarning global tibbiyot muhitiga moslashishiga yordam beradi. Xalqaro fakultetda nazariy bilimlar bilan birga klinik amaliyotga ham katta e’tibor qaratiladi. Talabalar institut klinikalari va shifoxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tash orqali real tibbiy tajriba orttiradilar. Shuningdek, fakultetda xalqaro hamkorlik dasturlari, qo‘shma ta’lim loyihalari va akademik almashinuv dasturlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur fakultetni tamomlagan bitiruvchilar xalqaro darajadagi tibbiyot mutaxassisi bo‘lib yetishadilar va nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa davlatlarda ham shifokor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ta'lim yo'nalishlari

Davolash ishi 60910200 Bakalavr
Farmatsiya (turlari bo‘yicha) 60910700 Bakalavr
Foundation Certificate in Biosciences leading to Biomedical Studies 60711100 Bakalavr
Pediatriya ishi 60910300 Bakalavr
Stomatologiya 60910100 Bakalavr
Tibbiy profilaktika ishi 60910400 Bakalavr
Xalq tabobati 60911100 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Boltaboyev Ulug'bek Abdusalimovich

Boltaboyev Ulug’bek Abdusalimovich tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent. Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti O’quv ishlari bo’yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda. 1975-yil 15-dekabrda Farg’ona viloyati, Farg’ona tumani, Vodil shaharchasida tug’ilgan. 1998-yil 2-Toshkent davlat tibbiyot institutining Farg’ona filialini “Tibbiy profilaktika ishi” yo’nalishini tamomlagan. 2019-yilda “Poyabzal ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sharoitlarini optimallashtirish” mavzusida tibbiyot fanlari bo’yicha Falsafa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U o‘zining faoliyati davomida 25 dan ortiq maqolalar, 2 ta scopus, 40 dan ortiq tezislar, 1 ta monografiya va ko‘plab o‘quv qo‘llanma chop etgan.

Ashurova Mukadas Djaloldinovna

Ashurova Mukadas Djaloldinovna tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi mudiri. 1975-yilda Farg‘ona shaharda tug‘ilgan. 1998-yil Toshkent Davlat 2-tibbiyot instituti Farg‘ona filialini tamomlagan. 2000-yil 2-Toshkent Davlat tibbiyot institutiga «Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” fanidan kafedra assistenti lavozimlarida ishlagan. 2020-dan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti «Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 2018-yilda mustaqil tadqiqotchi sifatida «Совершенствование методики гигиенической оценки условий детских домов «Мехрибонлик» mavzusidagi ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 45 dan ortiq maqola, 30 dan ortiq tezis va 15 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar, 2 ta қanitariya me’yor va qoida muallifidir.

Axmadaliev Rustamjon Umaralievich

Axmadaliev Rustamjon Umaralievich- tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD),1975 yilda Farg’ona viloyatida tug’ilgan. 1992-1998 yillarda 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti Farg’ona filialini bitirgan. 1998-2000 yillarda Qo’shtepa tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi bolalar va o’smirlar gigienasi ekologiya bo’limi vrachi lavozimida ishlagan. 2000-2005 yillarda 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti Farg’ona filiali umumiy, kommunal va mehnat gigiena kafedrasi assistenti faoliyat ko’rsatgan. 2005-2016 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali kommunal va mehnat gigienasi kafedrasi katta o’qituvchi, 2016-2018 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali o’quv uslubiy, monitoring va ichki nazorat bo’lim boshlig’i, 2020-2022 yillarda Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi katta o’qituvchisi, 2022-2024 yillarda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo’limi boshlig’i lavozimida ishlagan 2024 uildan Preventiv tibbiyot asoslari, jamoat salomatligi, jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 2018 yilda 14.00.07- Gigiena ixtisosligi bo’yicha “Shisha ishlab chiqarish korxonalarida mavjud gigienik muammolarini bartaraf etishning gigienik muammolar” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. Jami 60 ta ilmiy maqolalari chop etilgan bo’lib, shulardan O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etiishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 32 ta maqola, jumladan, 15 tasi respublika va 27 tasi horijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Ikkita darslik, bitta monografiya, 10 ta o’quv qo’llanma, 6 ta uslubiy tavsiya, 2 ta ixtiro 4 ta ratsionalizatorlik taklifi muallifi.

Matxoshimov Nodirjon Soyibjonovich

Nodirjon Soyibjonovich Matxoshimov, tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 1983-yilda Farg'ona viloyatining Qo'shtepa tumanida tug'ilgan. 2008-yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot institutining Farg'ona filialini tamomlagan. 2010-yilda magistratura darajasini olgan. 2016-2025 yillarda tibbiy fundamental fanlari kafedrasi asisten katta o'qituvchi, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. 2025-yildan Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutit Vrachlar malakasizni oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda. U 60 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, xalqaro va milliy jurnallardagi maqolalar, metodik qo'llanmalar va monografiya muallifidir.

Valiyev Alisher Latifjon o'g'li

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Registrator Offis bo'limi boshlig'i. 1995-yil Farg'ona shahrida tug'ilgan. 2021 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialini tamomlagan. 2023 yilda magistratura darajasini olgan. 2021-2023 yillarda - Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekan o‘rinbosari, 2023-2025 yillarda institut rektorining o‘quv ishlar bo‘yicha assistenti lavozimlarida ishlagan.

Turdiyev Shavkat Mamirovich

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Magistratura bo'limi boshlig'i. 1974-yil Farg'ona shahrida tug'ilgan. 1998 yil 2-Toshkent Davlat tibbiyot instituti Farg‘ona filiali tamomlagan. 2000-2024 yillarda - Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasida asistent, katta o'qituvchi lavozimlarida ishlagan.