WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti

Toshkent shahri Nodavlat Veb-sayt

1,200

Talabalar

40

Xorijiy talabalar

102

O'qituvchilar

1

Fakultetlar

26

Kafedralar

2021

Tashkil etilgan

Universitet haqida

Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti taʼlim, ilm-fan va amaliyot integratsiyalashgan oliy taʼlim muassasasi boʼlib, bu yerda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan yetuk kadrlarni tayyorlash uchun barcha sharoitlar mavjud.

Institut 2021 yil 8 sentyabr sanasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʼrsatish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan №0033 litsenziyasi asosida faoliyat boshlagan. Аuditoriyalar interaktiv multimediya vositalari – elektron doskalar bilan jihozlangan. Oʼquv laboratoriyalari xalqaro standartlarga asoslangan laboratoriya jihozlari bilan taʼminlangan.  Soʼngi avlod kompyuterlarini jamlagan Аxborot texnologiyalari markazi, oʼquv darsliklari entsiklopediyasi va lugʼatlar, badiiy adabiyotlarni qamrab olgan. Аxborot resurs markazi havas qilsa arzigulik. Tibbiy va biologik fanlar kafedrasida simulyatsiya xonasi ham jihozlangan boʼlib, unda tibbiyot mulyajlari hamda soʼngi rusumdagi Pirogov stoli yordamida odam anatomiyasi va fiziologiyasi hamda boshqa tibbiyotga oid fanlar oʼtiladi.  Farmatsevtik texnologiya kafedrasida amaliy dars jarayonida talabalar bevosita dori vositalarini oʼz qoʼllari bilan tayyorlay olishlari uchun oʼquv va ilmiy ishlab chiqarish farmaparki tashkil etilgan. Farmaparkda dori vositalarini ishlab chiqarish uchun zarur boʼlgan barcha uskunalar jamlangan.

Xorijiy talabalar uchun

Farmatsevtika taʼlimi va tadqiqotlari instituti xalqaro talabalar uchun aʼlo darajadagi akademik muhit va zamonaviy sharoitlarni taqdim yetadi. Bizning auditoriyalarimiz ilgʼor texnologiyalar bilan jihozlangan boʼlib, talabalar farmatsevtika va tibbiyot sohalarida uchraydigan real muammolarga tayyorlanadigan sifatli bilimlarni olishlari mumkin.

Nazariy bilimlardan tashqari, talabalar har hafta xususiy va davlatga qarashli shifoxonalar, klinikalar va poliklinikalarga tashrif buyurib, haqiqiy bemorlar bilan amaliyot oʼtkazadilar. Ushbu amaliy mashgʼulotlar talabalarga oʼz bilimlarini qoʼllash va tajribali mutaxassislar nazorati ostida bemorlar bilan muloqot qilish imkonini beradi.

Talabalarning qulayligi va farovonligini taʼminlash maqsadida barcha zarur sharoitlarga yega boʼlgan zamonaviy yotoqxona bilan taʼminlaymiz.

Xalqaro hamkorlik

Biz dunyoning yetakchi universitetlari bilan rasmiy memorandumlar imzoladik, jumladan:

Kalyari Universiteti, Italiya

Balikesir Universiteti, Turkiya

Kunming Universiteti, Xitoy

Asfendiyarov Nomidagi Qozogʼiston Milliy Tibbiyot Universiteti

Janubiy Qozog’iston Tibbiyot Akademiyasi

Bu hamkorlik talabalar va professor-oʼqituvchilar almashinuvi, qoʼshma tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar va farmatsevtika fanlari boʼyicha innovatsiyalarni birgalikda oʼtkazish uchun yeshiklarni ochadi.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

Bir qator talabalar kashfiyotlar qilib, oʼz ixtirolari bilan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, yuqori natijalarni qoʼlga kiritishyapti.

Bunga misol qilib soʼngi yutuqlarni sanab oʼtmoqchiman:

2023-2024 – oʼquv yilida oʼtkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi tuman bosqichiga institutning 20 ga yaqin talabalari qatnashgan, shulardan 9 nafar talaba birinchi (tuman) bosqichi gʼolibi boʼlishdi hamda ikkinchi (viloyat) bosqichga yoʼllanma olishdi.

May oyida Isteʼdodli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash “Ulugʼbek” jamgʼarmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulugʼbek vorislari” Respublika tanlovining respublika bosqichida institut faxriga aylangan farmatsiya yoʼnalishi 4-bosqich talabasi Dilmurodov Ma'rufjon gʼoliblikni qoʼlga kiritib bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobar miqdorda pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlandi.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Ta'lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Yil talabasi - 2023" respublika koʼrik-tanlovining "Yilning eng faol tadbirkor talabasi" nominatsiyasida 2-oʼrinni egallagani uchun Oʼrinova Dilnoza Jahongir qizi II darajali diplom, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarida mukofot puli va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

“Oʼzkimyosanoat” АJ, “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi hamda D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlikda talaba qizlar uchun KIMYo FАNI boʼyicha oʼtkazilgan olimpiadada Pashaqulova Аziza oʼz jamoasidagi qizlar bilan birgalikda "Mahalliy dorivor oʼsimliklar zahirasini kengaytirish. Plantatsiyasini yaratish. Introduksiya qilish" innovatsion loyihalarini taqdim etishdi va sovrinli 2-oʼringa loyiq koʼrildi. Tashkilotchilar tomonidan 15 million soʼm pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

"Made in Univer"innovatsion ishlanmalar koʼrgazmasida ham talabalarning 20 dan ortiq ixtirolari taqdim etildi va bir necha loyihalar sovrinli oʼrinlarga loyiq topildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi tomonidan 2024-yilda yeʼlon qilingan “Boʼlajak olim” ilmiy gʼoyalar tanlovida gʼolib deb topilgan "Dr.Sanil tarkibida ulitka tarkibli krem va penka ishlab chiqarish” hamda “EctoProtez” ilmiy gʼoyalari uchun sertifikat taqdim yetildi. Maʼrufjon Dilmurodov 123 323 000 soʼm hamda Dilnoza Oʼrinova 100 000 000 soʼm pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Fakultetlar

Farmatsevtika fakulteti zamonaviy tibbiyot va farmatsevtika sanoatining talablariga javob bera oladigan yuqori malakali farmatsevtlar, farmatsevtika olimlari va tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaydi. O‘quv dasturi xalqaro ta’lim standartlari, dalillarga asoslangan amaliyot hamda innovatsion farmatsevtik texnologiyalarga asoslangan. Amaliy tayyorgarlik ta’lim jarayoniga chuqur integratsiya qilingan bo‘lib, talabalar o‘qishning ilk bosqichlaridanoq laboratoriya mashg‘ulotlari, ilmiy-tadqiqot loyihalari, simulyatsion treninglar va yetakchi farmatsevtika hamda tibbiyot muassasalaridagi amaliyotlar orqali kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiradilar.

Bakalavr:

• Farmatsiya

• Sanoat farmatsiyasi

• Davolash ishi

• Tibbiy profilaktika ishi

Magistratura:

• Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi

• Farmatsevtik kimyo va farmokognoziya

• Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish

• Eksperimental va sport farmokologiyasi

• Dorilarning sanoat texnologiyasi

Talabalar ta’lim olish uchun uch tildan birini tanlashlari mumkin: o‘zbek, rus yoki ingliz tili.

Ta'lim yo'nalishlari

Davolash ishi 60910200 Bakalavr
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) 60910800 Bakalavr
Sanoat farmatsiyasi va kosmetika 60910700 Bakalavr
Tibbiy profilaktika ishi 60910400 Bakalavr