Renessans Taʼlim Universiteti
12,500
Talabalar
3
Xorijiy talabalar
350
O'qituvchilar
3
Fakultetlar
10
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Renessans universiteti O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 18-noyabrda berilgan 049194-raqamli davlat litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi.
Universitetda University of Greenwich (Buyuk Britaniya) bilan qo'sh diplom dasturlari amal qiladi: ta'limning bir qismi Toshkentda, bir yili esa Londonda o'qiladi, Toshkentda to'plangan kreditlar to'liq hisobga olinadi, yakunida talaba britaniyalik universitet diplomini oladi. Xuddi shunday qo'sh diplom dasturlari Xinjiang University (Xitoy) bilan — xitoy filologiyasi bo'yicha "3+1" modeli (3 yil Toshkentda, 1 yil Xitoyda); Balıkesir University (Turkiya) bilan — turizm bo'yicha "2+2" modeli; Ankara Hacı Bayram Veli University (Turkiya) bilan — magistratura bo'yicha "1+1" modeli asosida ishlaydi.
Ta'lim o'zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Universitet tarkibida 3 ta oliy maktab, 10 ta departament, 31 ta bakalavriat yo'nalishi va 4 ta magistratura yo'nalishi mavjud: iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar va turizmdan tortib IT, dizayn va sun'iy intellektgacha. Dars berish jarayonini xalqaro va mahalliy professorlar — O'zbekiston va xorijning yetakchi universitetlari bitiruvchilari amalga oshiradi.
Renessans universiteti shuningdek 17 dan ortiq davlat — Janubiy Koreya, Malayziya, Xitoy, Turkiya va boshqalar bilan talaba va professor-o'qituvchilar almashinuvi, yozgi va qishki maktablar, qo'shma ilmiy tadqiqotlar doirasida hamkorlik qiladi. Universitet kampuslari Toshkent shahrida qulay transport aloqasi bilan joylashgan bo'lib, kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shakllari uchun zamonaviy infratuzilma bilan ta'minlangan.
Xorijiy talabalar uchun
Renessans Universitetining talabalar yotoqxonasi
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko'chasi, 47-uy
Poytaxtning eng qulay, ko'kalamzorlashtirilgan va obodonlashtirilgan hududlaridan biri — zamonaviy infratuzilma va qulay ekologik muhitni o'zida mujassam etgan Chilonzor tumanida joylashgan.
Joylashuv afzalliklari
Piyoda masofada rivojlangan infratuzilma:
- Savdo markazlari va supermarketlar
- Har qanday didga mos kafe va restoranlar
- Yashil bog'lar va dam olish maskanlari
- Tibbiyot markazlari va dorixonalar
- Zamonaviy sport majmualari
Qulay transport tizimi:
- Mirzo Ulug'bek metro bekatigacha 800 metr
- Universitetning o'quv binosigacha 1,9 kilometr
- Asosiy transport yo'llariga qulay chiqish
Ta'lim olish va yashash uchun qulay va xavfsiz muhit.
Tuman talabalar uchun ideal bo'lib, sifatli ta'lim, faol dam olish va qulay turmush uchun zarur bo'lgan barcha imkoniyatlarni o'zida mujassam etgan.
Sizni 500 o'ringa mo'ljallangan zamonaviy va qulay talabalar turar joyi kutmoqda!
Talabalar turar joyimiz sizning qulayligingiz uchun mo'ljallangan bo'lib, qulay yashash va ta'lim olish uchun zarur bo'lgan barcha shart-sharoitlar bilan jihozlangan.
Yashash sharoitlari:
- Xonalarda 2 dan 6 kishigacha joylashtiriladi
- Muntazam tozalash va kir yuvish xizmatlari
- Zarur jihozlar bilan ta'minlangan zamonaviy oshxona
- Dush kabinalari va kecha-kunduz issiq suv bilan ta'minlangan alohida hammomlar
- Maishiy texnika: muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, konditsionerlar
- Dam olish xonasi va madaniy tadbirlar uchun maydon
Turar joyimizning afzalliklari:
- Qulay joylashuv – universitet binolari va metroga yaqin
- Arzon narxlar – kvartira ijarasidan arzonroq
- Qulay turmush – barcha zarur narsalar mavjud
- Tezkor joylashish – shartnoma imzolangan kuni joylashish imkoniyati
Sizning qulay talabalik hayotingiz aynan shu yerdan boshlanadi!
Xalqaro hamkorlik
Renessans Ta'lim Universiteti Yevropa, Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyoning 17 dan ortiq davlati bilan hamkorlik qiladi — Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya, Belarus, Bolgariya, Finlyandiya, Tailand, Indoneziya va Filippin.
Hamkor oliy ta'lim muassasalari qatorida — University of Greenwich (Buyuk Britaniya); Turkiyada — Ankara University, Ankara Hacı Bayram Veli University, Cappadocia University, Bandırma Onyedi Eylül University, Balıkesir University, Karabük University, Istanbul Gelişim University; Xitoyda — Xinjiang University, Tianjin University of Technology; Janubiy Koreyada — Korea Aerospace University, Gangneung-Wonju National University; Kazan Federal University (Rossiya); Belarus Milliy Texnika Universiteti.
Hamkorlik talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvi, qo'shma ilmiy-tadqiqot loyihalari, yozgi va qishki maktablar, xalqaro konferensiyalar hamda grant dasturlarida ishtirok etishni o'z ichiga oladi. University of Greenwich bilan qo'sh diplom dasturi amal qiladi, unga ko'ra ta'limni Londonda yakunlash imkoniyati mavjud.
Til kurslari
{}
Talabalar uchun imkoniyatlar
Renessans Universiteti talabalari University of Greenwich (Buyuk Britaniya) diplomini olish imkoniyatiga ega: Toshkentda bir necha yil taʼlim olgandan soʻng, dasturni Londonda davom ettirish va yakunlash imkoniyati ochiladi — Toshkentda toʻplangan kreditlar toʻliq hisobga olinadi. Xuddi shunday qoʻsh diplom dasturlari Turkiya va Xitoy universitetlari bilan ham amal qiladi.
Universitet talabalarni hamkor davlatlardagi yozgi va qishki maktablarga, xalqaro konferensiyalarga hamda xorijiy oliygohlar bilan qoʻshma ilmiy loyihalarga ham yoʻnaltiradi.
Fakultetlar
Факультет«Математики и экономики» Образовательного университета Ренессанс был созданна основании требований постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 24 декабря 2019 года № 1028«О мерах по совершенствованию деятельности негосударственных образовательных организаций» .
Целью факультетаявляется подготовка высококвалифицированных кадров, обладающих современными знаниями и высокими духовно-нравственными качествами, самостоятельно мыслящих, а также проведение научных исследований в области образования на международной арене.
Девиз факультета: Научные достижения – основа стабильной экономики и успешного предпринимательства.
Главный принцип деятельности –«Развитие на основе национальных и общечеловеческих ценностей».
Перспективные планы факультета «Математики и экономики» следующие:
Создание образовательного процесса на основе Европейской системы перевода и накопления кредитов (ECTS) и полное внедрение ее в образовательный процесс, чтобы дать возможность преподавателям проводить научные исследования на основе международных стандартов поэтапной подготовки;
Совершенствование организации планирования, углубление и повышение качества образовательного процесса в соответствии с международной практикой внедрения новейших педагогических технологий и методов обучения;
Организация образовательной и научной деятельности с учетом зарубежных и национальных рейтинговых показателей;
Организация тренингов по юридическому бизнес-коучингу для ориентации выпускников в профессии.
На факультете работают декан, заместитель декана, методист и диспетчер.
В состав факультета «Математика и экономика» входят следующие 4 кафедры:
-
Кафедра экономики
-
Кафедра информационных технологий
-
Кафедра математики и естественных наук
-
Кафедра финансов и кредита
акультет филологии и историиОбразовательного университета Ренессанс создан на основании требований Постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 24 декабря 2019 года № 1028 «О мерах по совершенствованию деятельности негосударственных образовательных учреждений».
Целью факультетаявляется подготовка высококвалифицированных кадров, обладающих современными знаниями и высокими духовно-нравственными качествами в области филологии и социальных наук, а также выведение престижа Республики Узбекистан на международную арену.
Девиз факультета:«Спасение в образовании, спасение в воспитании, спасение в знаниях».
Главный принцип деятельности:«Гармония воспитания и обучения – залог формирования совершенной личности».
Перспективные планы филолого-исторического факультета следующие:
Создание образовательного процесса на основе Европейской системы перевода и накопления кредитов (ECTS) и полное внедрение ее в учебный процесс;
Создать возможности профессорам и преподавателям факультета проводить и поэтапно готовить научные исследования на основе национальных и международных стандартов ;
Совершенствование организации планирования, углубление и повышение качества образовательного процесса в соответствии с международной практикой внедрения современных педагогических технологий и методов обучения;
Организация образования и научно-исследовательской деятельности с учетом зарубежных и национальных рейтинговых показателей готовить выпускников не тех кто ищет работу, а как специалистов создающих новые рабочие места
На факультете работают декан, заместитель декана, методист и диспетчер.
В состав филолого-исторического факультета входят 3 кафедры:
Кафедра социально-политических наук;
кафедра филологии;
Кафедра иностранной филологии
Факультет "Педагогики" Образовательного Университета Ренессанс создан на основании требований постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 24 декабря 2019 года № 1028 «О мерах по совершенствованию деятельности негосударственных образовательных организаций».
Цель факультета – подготовить самостоятельно мыслящие высококвалифицированные кадры, обладающие современными знаниями и высокими духовно-нравственными качествами, вывести частную национальную школу на международную арену.
Девиз факультета: Основа инвестиций – образование, основа бизнеса – здоровая конкуренция. Главный принцип деятельности – «Развитие на основе национальных и общечеловеческих ценностей».
В планах факультета «Педагогика» на будущее:
-
Внедрение Европейской системы перевода зачетных единиц (ECTS)
-
Подготовка преподавателей к проведению исследований по международным методикам
-
Внедрение инновационных педагогических технологий
-
Повышение качества образования на основе национальных и международных рейтингов
-
Карьерное ориентирование выпускников через тренинги Legal Business Coaching
На факультете работают декан, заместитель декана, стилист и диспетчер.
Факультет «Педагогика» включает в себя 2 кафедры:
Кафедра педагогического образования и психологии;
Кафедра спортивной деятельности.
Ta'lim yo'nalishlari
| Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) 70230502 | Magistr |
| Bank ishi 60410600 | Bakalavr Magistr |
| Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA) 70411302 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi 60410200 | Bakalavr Magistr |
| Dasturiy injiniring 60610400 | Bakalavr |
| Dizayn 60210400 | Bakalavr |
| Dizayn (interyer dizayni) 60210401 | Bakalavr Magistr |
| Dizayn (kostyum dizayni) 70210401 | Magistr |
| Dizayn: libos va gazlamalar 60210400 | Bakalavr Magistr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Geodeziya va geoinformatika 60721500 | Bakalavr Magistr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Magistr |
| Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi 70112201 | Magistr |
| Kompyuter injiniringi 60610300 | Bakalavr Magistr |
| Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti 70610201 | Magistr |
| Lingvistika (ingliz tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (rus tili) 70230101 | Magistr |
| Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi 60110300 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr Magistr |
| Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200 | Bakalavr |
| Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha) 61020200 | Bakalavr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) 60212100 | Magistr |
| O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 | Bakalavr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr |
| Pedagogika va psixologiya 70110102 | Bakalavr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr Magistr |
| Qo'shma ta'lim dasturi 60610500 | Bakalavr |
| Soliqlar va soliqqa tortish 60410300 | Bakalavr |
| Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha) 60410200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (voleybol) 61010200 | Bakalavr |
| Sun’iy intellekt 60610500 | Bakalavr Magistr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr Magistr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) 70110201 | Magistr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr |
| Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) | Bakalavr Magistr |
| Xalqaro munosabatlar 60310200 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Bakalavr Magistr |
| Xorijiy til va adabiyoti (rus tili) 60111800 | Bakalavr |