Toshkent davlat tibbiyot universiteti
29,000
Talabalar
3,000
Xorijiy talabalar
2,540
O'qituvchilar
13
Fakultetlar
40
Kafedralar
1920
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Eng nufuzli va yetakchi, 100 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Turkiston Davlat Universiteti Tibbiyot Fakultetining tashkil etilishi
1918-yilda Sog‘liqni saqlash xalq komissarligi tashkil etildi va shu bilan Turkistonda tibbiyotga poydevor qo‘yildi. 1919-yil 13-martda fakultetni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 17-sentyabrda birinchi dekan professor P.P. Sitkovskiy, o‘rinbosari K.G. Xrushev saylandi. 1919–1921-yillarda moddiy-texnika bazasi shakllantirildi, bir qator kafedralar va professorlar ish boshladi. 1920-yilda fakultetda 205 talaba tahsil olgan. 1921-yilda birinchi 12 nafar, 1922-yilda 27 nafar talaba bitirdi.
1923-yilda talabalar soni 973 nafarga yetdi, ularning yarmidan ko‘pini ayollar tashkil etardi. Keyingi yillarda fakultetga professorlar va yangi o‘qituvchilar jalb qilindi. 1931-yilda fakultet mustaqil O‘rta Osiyo tibbiyot institutiga aylantirildi, birinchi rektori G.P. Fedorov bo‘ldi. 1935-yilda u Toshkent tibbiyot instituti deb qayta nomlandi.
1941–1945-yillarda urush davrida institut 2000 dan ortiq shifokor tayyorladi, ularning ko‘pchiligi frontga yo‘llandi. 1950-yillarga kelib institutda 53 ta kafedra, yuzlab professor va dotsentlar faoliyat yuritdi, minglab ilmiy ishlar chop etildi.
1960–70-yillarda institutning moddiy-texnika bazasi kengaydi, yangi binolar, laboratoriyalar, talabalar yotoqxonalari qurildi. 1972-yilda Pediatriya instituti ajralib chiqdi. Bu yillarda institut xalqaro nufuzga ega bo‘lib, xorijiy talabalar ham tahsil olishdi.
1970–80-yillarda talabalar soni 10 mingdan oshdi, professor-o‘qituvchilar soni 1000 nafardan ziyodni tashkil etdi. Institut ilmiy yo‘nalishlarda 17 mingdan ortiq maqola va yuzlab monografiyalar nashr etdi.
1990-yilda institut ikkiga – Birinchi va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlariga ajratildi. 2005-yilda ular yana birlashtirilib, Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etildi. 2014-yilda stomatologiya fakulteti alohida institutga aylandi, 2018-yilda esa akademiyaning Termiz filiali ochildi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-apreldagi “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-149-son qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida tashkil topdi.
Xorijiy talabalar uchun
Toshkent davlat tibbiyot universiteti chet ellik talabalarning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi va qulay moslashuvi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Universitet zamonaviy ta’lim dasturlari, yetakchi tibbiyot muassasalari bazasida klinik tayyorgarlik, jihozlangan o‘quv laboratoriyalari, simulyatsiya markazlari va elektron ta’lim resurslarini taklif etadi. O‘quv jarayoni amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va xalqaro darajadagi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Xorijiy talabalar uchun quyidagilar ko‘zda tutilgan:
- xalqaro akademik muhitda o‘qish;
- qulay yashash sharoitlariga ega zamonaviy yotoqxonalar;
- viza va ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘maklashish;
- ta’limning barcha bosqichlarida Xalqaro fakultet tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
- ilmiy tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar va akademik almashinuvlarda ishtirok etish;
- sport seksiyalari, madaniy tadbirlar va universitet hayotiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvga ko‘maklashuvchi talabalar to'garaklar.
Bugungi kunda universitetda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan talabalar tahsil olmoqda, bu esa ko‘p millatli ta’lim muhitini yaratadi, madaniy almashinuv va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Universitet har bir talabaga sifatli tibbiy ta’lim, xavfsiz yashash sharoitlari va o‘qish davomida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga intiladi.
Xalqaro hamkorlik
Bugungi kunda Toshkent davlat tibbiyot universiteti dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirib kelmoqda. Jumladan, Universitetda AQSH, Germaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Koreya, Turkiya kabi mamlakatlarning 189 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi va tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomalari hamda memorandumlar mavjud. Ayni paytda universitetda 4 ta xalqaro loyiha, 5 ta qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshirilmoqda. Universitet Times Higher Education (THE) Impact Rankings reytingida 601–800 o‘rinlar guruhidan joy olgan. Shuningdek, har yili o‘rtacha 200 nafar talaba hamda 400 nafar professor-o‘qituvchi, tadqiqotchi va talabalar inbound va outbound akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etmoqda.
Til kurslari
{}
Talabalar uchun imkoniyatlar
Ustoz-shogirt maktabi
Ustoz va shogirt maktabida Iqtidorli talabalar bilan ishlash.
Talabalarni ilm bilan shug‘ullanishi mustaqil mamlakatimizning rivojlanishida va ilm salohiyatini mukammal egallashda asosiy omillardan hisoblanadi. Akademiyada iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyati Uzbekiston Respublikasi OO‘MTV ning Oliy o‘quv yurtlarida iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatini yanada takomillashtirish choralari xaqidagi buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ -3151-sonli, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 2909 – sonli, 2017 yil 5 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy taʼlim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 2956-sonli Qarorlarining ijrosini taʼminlash borasida TTA, iqtiddorli talabalar va to‘garaklar bo‘limida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlarni bajarish uchun SSVning 2017 yil 11 avgustda chiqarilgan 449-sonli va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2017 yil 1 avgustdagi 527-sonli buyruqlari bilan tanishib, buyruqlar mazmuni va mohiyati to‘g‘risida hamda ularning ijrosini taʼminlash, shuningdek, tegishli chora-tadbirlarni bajarish atroflicha muhokama etildi va jamoa oldida turgan aniq vazifalar belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan « Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi qonunig ijrosini taʼminlash yuzasidan,iqtidorli talabalarni maʼlum maqsadga yo‘naltirilgan dastur asosida o‘qitish va mexnatsevar, vatanparvar intellektual salohiyatli kadrlar tayyorlash hozirgi kun taʼlim yo‘nalishining dolzarb muammosi bo‘lib hisoblanadi.
Hisobot yilida reja asosida olib borilgan tadbirlarning asosiy maqsadi iqtidorli va isʼtedodli talabalarni ilm bilan shug‘ullanishi mustaqil mamlakatimizning rivojlanishida va ilm salohiyatini mukammal egallashdan iboratdir.
Fakultetlar
O‘qish shakli – kredit-modul tizimi
Ta’lim shakli – kunduzgi
O‘qish muddati – 6 yil
O‘qish tili – o‘zbek, rus, ingliz
Bitiruvchilarga beriladigan ixtisoslik (kvalifikatsiya) – Oilaviy shifokor
Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘qish kredit-modul tizimida olib boriladi.
Ta’lim dasturi: 1-3 kurslarda ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va fundamental fanlar, 4-6 kurslarda – klinik fanlar o‘qitiladi. 6 kursda talabalar bevosita oilaviy shifokor dasturi bo‘yicha tayyorlanadi.
Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini tibbiy-sanitariya muassasalarida oilaviy shifokor sifatida faoliyat yuritishlari yoki o‘zlari tanlagan mutaxassislik bo‘yicha magistratura yoki klinik ordinaturada o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Otajonov Ilxom Otaboyevich
O‘qish shakli – kredit-modul tizimi
Ta’lim shakli – kunduzgi
O‘qish muddati – 6 yil
O‘qish tili – o‘zbek, rus, ingliz
Bitiruvchilarga beriladigan ixtisoslik (kvalifikatsiya) – Oilaviy shifokor
Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘qish kredit-modul tizimida olib boriladi.
Ta’lim dasturi: 1-3 kurslarda ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va fundamental fanlar, 4-6 kurslarda – klinik fanlar o‘qitiladi. 6 kursda talabalar bevosita oilaviy shifokor dasturi bo‘yicha tayyorlanadi.
Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini tibbiy-sanitariya muassasalarida oilaviy shifokor sifatida faoliyat yuritishlari yoki o‘zlari tanlagan mutaxassislik bo‘yicha magistratura yoki klinik ordinaturada o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Irnazarov Akmal Abdullayevich
3-son davolash fakulteti
O‘qish shakli – kredit-modul tizimi
Ta’lim shakli – kunduzgi
O‘qish muddati – 6 yil
O‘qish tili – o‘zbek, rus, ingliz
Bitiruvchilarga beriladigan ixtisoslik (kvalifikatsiya) – Oilaviy shifokor
Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘qish kredit-modul tizimida olib boriladi.
Ta’lim dasturi: 1-3 kurslarda ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va fundamental fanlar, 4-6 kurslarda – klinik fanlar o‘qitiladi. 6 kursda talabalar bevosita oilaviy shifokor dasturi bo‘yicha tayyorlanadi.
Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini tibbiy-sanitariya muassasalarida oilaviy shifokor sifatida faoliyat yuritishlari yoki o‘zlari tanlagan mutaxassislik bo‘yicha magistratura yoki klinik ordinaturada o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Rizayev E'zozbek Alimjanovich
Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti
O‘qish shakli – kredit-modul tizimi
Ta’lim shakli – kunduzgi
O‘qish muddati – 6 yil
O‘qish tili – o‘zbek, rus, ingliz
Bitiruvchilarga beriladigan ixtisoslik (kvalifikatsiya) – Oilaviy shifokor
Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘qish kredit-modul tizimida olib boriladi.
Ta’lim dasturi: 1-3 kurslarda ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va fundamental fanlar, 4-6 kurslarda – klinik fanlar o‘qitiladi. 6 kursda talabalar bevosita oilaviy shifokor dasturi bo‘yicha tayyorlanadi.
Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini tibbiy-sanitariya muassasalarida oilaviy shifokor sifatida faoliyat yuritishlari yoki o‘zlari tanlagan mutaxassislik bo‘yicha magistratura yoki klinik ordinaturada o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Valiyev Abdusamat Razakovich
1-son pediatriya fakulteti
O‘qish shakli – kredit-modul tizimi
Ta’lim shakli – kunduzgi
O‘qish muddati – 6 yil
O‘qish tili – o‘zbek, rus, ingliz
Bitiruvchilarga beriladigan ixtisoslik (kvalifikatsiya) – Oilaviy shifokor
Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘qish kredit-modul tizimida olib boriladi.
Ta’lim dasturi: 1-3 kurslarda ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va fundamental fanlar, 4-6 kurslarda – klinik fanlar o‘qitiladi. 6 kursda talabalar bevosita oilaviy shifokor dasturi bo‘yicha tayyorlanadi.
Pediatriya ishi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini tibbiy-sanitariya muassasalarida oilaviy shifokor sifatida faoliyat yuritishlari yoki o‘zlari tanlagan mutaxassislik bo‘yicha magistratura yoki klinik ordinaturada o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
Fakultet dekani: Nasirov Abdulaziz Axmatullayevich
2-son pediatriya fakulteti

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Ashurova Dilfuza Tashpulatovna
1-son stomatologiya fakulteti
O‘qish shakli – kredit-modul tizimi
Ta’lim shakli – kunduzgi
O‘qish muddati – 5 yil
O‘qish tili – o‘zbek, rus, ingliz
Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘qish kredit-modul tizimida olib boriladi.
Ta’lim dasturi: 1-3 kurslarda ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va fundamental fanlar, 4-5 kurslarda – klinik fanlar o‘qitiladi.
Fakultet dekani: Murtazayev Saidmurodxon Saidialoyevich
2-son stomatologiya fakulteti
O‘qish shakli – kredit-modul tizimi
Ta’lim shakli – kunduzgi
O‘qish muddati – 5 yil
O‘qish tili – o‘zbek, rus, ingliz
Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘qish kredit-modul tizimida olib boriladi.
Ta’lim dasturi: 1-3 kurslarda ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va fundamental fanlar, 4-5 kurslarda – klinik fanlar o‘qitiladi.
Fakultet dekani: Gulyamov Sur’at Saydivaliyevich
Fakultet vrach-pedagog ixtisosligi bo‘yicha umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlaydi.
O‘qish muddati 6 yil.
Ushbu fakultet bitiruvchilari kelgusida davolash-profilaktika muassasalarida yoki tibbiyot kollejlarida
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.
O‘qishni tanlangan ixtisoslik bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada davom ettirishlari ham mumkin.
Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Hamrayev Abror Asrarovich
Fakultet – umumiy vrach gigiyenist-epidemiolog mutaxassislarini tayyorlaydi.
O‘qish muddati 5 yil.
Bitiruvchilar sanitar-epidemiologiya xizmati muassasalarida faoliyat yuritishi yoki tanlangan
yo‘nalish bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirishi mumkin.
Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, dotsent Salomova Feruza Ibodullayevna
Fakultet quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi: hamshiralik ishida menejment, hamshiralik ishida anesteziologiya va reanimatsiya, hamshiralik ishida jarrohlik, hamshiralik ishida akusherlik.
Fakultet dekani: tibbiyot fanlari nomzodi, professor Shomurodov Qahramon Еrkinovich
Fakultet dekani tibbiyot fanlari doktori, professor Xasanova Lola Emilevna
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Xalqaro fakultetida "Davolash ishi", "Stomatologiya" va "Pediatriya" yo'nalishlari bo'yicha chet el fuqarolari tahsil oladi.
Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori Tursunov Djaxangir Xusanovich
Ta'lim yo'nalishlari
| Anesteziologiya va reanimatologiya 70910220 | Magistr |
| Bolalar nevrologiyasi 70910305 | Magistr |
| Bolalar xirurgiyasi 70910302 | Magistr |
| Davolash ishi 60910200 | Bakalavr |
| Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200 | Bakalavr |
| Farmatsiya (turlari bo‘yicha) 60910700 | Bakalavr |
| Foundation Certificate in Biosciences leading to Biomedical Studies 60711100 | Bakalavr |
| Kimyo (turlari bo‘yicha) 60530100 | Bakalavr |
| Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha) 60110300 | Bakalavr |
| Pediatriya ishi 60910300 | Bakalavr Magistr |
| Stomatologiya 60910100 | Bakalavr Magistr |
| Tibbiy profilaktika ishi 60910400 | Bakalavr |
| Tibbiy-biologik ish 60910600 | Bakalavr |
| Xalq tabobati 60911100 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Pediatriya ishi
36 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Davolash ishi
36 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Pediatriya ishi
43 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Stomatologiya
43 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Davolash ishi
43 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Stomatologiya
36 400 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Turg'unpo'lat Abidovich Daminov
Shavkat Ibragimovich Karimov
Yolqin Xolmatovich Toʻraqulov