Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
31,246
Talabalar
24
Xorijiy talabalar
544
O'qituvchilar
3
Fakultetlar
22
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonining 49-maqsadiga asosan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 16-noyabrda yangi tashkil etilgan Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini koʻrsatuvchi litsenziya berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2024-yil 28-iyun kuni “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida universitetning yangi qurilgan bosh binosini ochib berdi. Universitetning ushbu oʻquv binosi zamonaviy texnologiyalar asosida, barcha qulayliklarga ega bo‘lib, bir vaqtning oʻzida 12 ming talabani oʻz bagʻriga oladi.
Universitetda 3 ta fakultet mavjud.
- Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti;
- Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti;
- Tibbiyot fakulteti.
Shuningdek, magistratura boʻlimi ham faoliyat koʻrsatadi.
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida bugungi kunda 8 ta oʻquv binosi mavjud boʻlib, ushbu binolarda bir vaqtning oʻzida 30 mingdan oshiq talaba tahsil olishi mumkin. Barcha oʻquv auditoriyalari Wi-Fi tizimi, interaktiv doskalar bilan jihozlangan.
Oliygohda 40 ming nusxadan ortiq kitob fondiga ega boʻlgan 3 ta axborot kutubxona markazi, 200 kishilik 4 ta elektron oʻquv zali, 14 ta kompyuter xonalari mavjud. Talabalarning sport bilan shugʻullanishlari uchun sport zali, futbol maydoni bor. Bundan tashqari, universitetda 4 ta oshxona va 7 ta bufet faoliyat koʻrsatmoqda.
Universitetning tibbiyot fakulteti talabalarining amaliy dars mashgʻulotlarida foydalanishlari uchun yetarli darajada moddiy-texnika bazalari mavjuddir. Bu yerda Turkiyaning “Ermetal” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 150 kishilik stomatologiya laboratoriyasi, 6 ta tibbiy laboratoriya xonalari, 2 ta fan laboratoriya xonalari, 100 dan ortiq mulyajlar, reaktivlar, quritish shkaflari mavjud. Shuningdek, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan 10 dan ortiq tibbiy muassasalarda talabalar uchun oʻquv va amaliyot xonalari tashkil etilgan. Ushbu xonalar ham universitet tomonidan zarur jihozlar bilan ta’minlangan.
Bugungi kunda universitetda tahsil olayotgan talabalar uchun yetarli darajada ilmiy salohiyatga ega boʻlgan 600 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqda. Ushbu professor-oʻqituvchilarning 22 nafari fan doktori (DSc), 249 nafari fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Quvonarlisi, 2025-yilning oʻzida universitetning 30 nafarga yaqin tadqiqotchisi ilmiy daraja va ilmiy unvon olishga muvaffaq boʻldi.
Universitetdagi yosh olimlar va talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, tadqiqot natijalarini taqdim qilishga oʻrgatish va boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy muloqot olib borish maqsadida oʻtgan 3 yil davomida 20 ta respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazildi.
Qolaversa, universitet olimlari 2 ta amaliy loyiha, 8 ta startap loyiha ustida ish olib bormoqda. Shuningdek, viloyatdagi 60 dan ortiq korxona va tashkilotlar bilan innovatsion xoʻjalik shartnomalari imzolanib, universitet olimlari ushbu korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritishmoqda.
2025-yilning oktyabrida universitet qoshida 3 ta ixtisoslik boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashning tashkil etilishi muhim voqea boʻldi va bu universitet, shuningdek, viloyat oliy ta'lim muassasalari ilmiy salohiyatining oshishida shubhasiz, katta oʻrin tutadi.
Xorijiy talabalar uchun
Xorijiy talabalar uchun imkoniyatlar
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti (TISU) xalqaro ta’lim muhitini yaratish hamda xorijiy talabalarga zamonaviy va qulay ta’lim olish imkoniyatlarini taqdim etishga alohida e’tibor qaratadi. Universitetda turli mamlakatlardan kelgan talabalar tahsil olib, ko‘p millatli va xalqaro akademik muhit shakllangan.
TISU xorijiy talabalarning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi va O‘zbekiston hayotiga moslashishi uchun keng imkoniyatlarni yaratgan.
Xorijiy talabalar uchun yaratilgan sharoitlar
- Zamonaviy va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i;
- Boy ilmiy va elektron resurslarga ega kutubxona;
- Zamonaviy IT infratuzilmasi va raqamli texnologiyalar imkoniyatlari;
- Sport zallari va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchi sport majmualari;
- Talabalar uchun qulay oshxona va dam olish maskanlari;
- Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ekskursiyalar va talabalar festivallari;
- Har bir talabaga individual yondashuv asosida biriktirilgan tyutorlar va professor-o‘qituvchilar;
- Akademik, ijtimoiy va huquqiy masalalar bo‘yicha maslahat va ko‘mak;
- Career Center orqali amaliyot, ishga joylashish va kasbiy rivojlanish xizmatlari.
EduHub Til Markazi
Universitet huzurida faoliyat yuritayotgan EduHub Til Markazi xorijiy talabalar hamda mahalliy talabalarga ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi. Markaz xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik kurslari, kommunikativ til dasturlari va akademik ingliz tili bo‘yicha maxsus treninglarni tashkil etadi.
Bloomberg Terminali
TISU talabalariga dunyoning yetakchi moliyaviy axborot platformalaridan biri bo‘lgan Bloomberg Terminalidan foydalanish imkoniyatini yaratgan. Ushbu tizim orqali talabalar real vaqt rejimida xalqaro moliya bozorlari, investitsiyalar, iqtisodiy ko‘rsatkichlar va biznes tahlillar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘ladilar. Bloomberg Terminali talabalarning amaliy bilimlarini mustahkamlash va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.
Xalqaro va akademik mobillik
TISU xorijiy talabalar uchun xalqaro almashinuv dasturlari, qo‘shma ta’lim dasturlari va akademik mobillik imkoniyatlarini taqdim etadi. Universitet Turkiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Xitoy, Yaponiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va boshqa davlatlardagi hamkor universitetlar bilan talabalar almashinuvini rivojlantirib kelmoqda.
Kasbiy rivojlanish va bandlik
Universitetning Career Center markazi talabalarga rezyume tayyorlash, amaliyot o‘tash, ish topish, intervyularga tayyorlanish va xalqaro mehnat bozoriga chiqish bo‘yicha professional yordam ko‘rsatadi. Bitiruvchilarning keyingi ta’lim bosqichlariga kirishi va ish bilan ta’minlanishi uchun amaliy ko‘mak tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
TISU xorijiy talabalar uchun zamonaviy ta’lim, xalqaro muhit, innovatsion texnologiyalar va keng kasbiy imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan universitet hisoblanadi.
Viza olish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Universitetga qabul qilinish
Xorijiy fuqaro universitetga onlayn ariza topshiradi va talab etilgan hujjatlarni taqdim etadi. Hujjatlar hamda suhbat natijalari ijobiy baholangach, talabaga o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risida rasmiy xabarnoma yuboriladi.
2. Viza uchun hujjatlarni tayyorlash
Talaba qabul qilingandan so‘ng universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan talabalik vizasini rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar tayyorlanadi va tegishli davlat organlariga taqdim etiladi.
3. Viza tasdiqnomasini olish
Vakolatli davlat organlari tomonidan hujjatlar ko‘rib chiqilgach, talabaga viza rasmiylashtirish uchun tasdiqnoma beriladi. Universitet bu jarayon bo‘yicha talabaga doimiy axborot va maslahat yordamini ko‘rsatadi.
4. O‘zbekiston Respublikasiga kirish
Talaba o‘z mamlakatidagi O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsullik muassasasida talabalik vizasini rasmiylashtiradi va mamlakat hududiga kirish huquqiga ega bo‘ladi.
5. Universitetda ro‘yxatdan o‘tish
O‘zbekistonga kelgach, talaba universitet tomonidan kutib olinadi va migratsiya hamda vaqtinchalik yashash bo‘yicha zarur rasmiylashtirish ishlari yuzasidan amaliy yordam oladi.
Xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlash
TISUning Xalqaro hamkorlik bo‘limi xorijiy talabalarga o‘qishga qabul qilinishdan boshlab bitirgunlariga qadar quyidagi masalalarda ko‘mak beradi:
- Viza va migratsiya masalalari;
- Universitetga moslashish jarayoni;
- Akademik maslahatchi va tyutorlar bilan ishlash;
- Turar joy va yashash masalalari;
- Madaniy va ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etish;
- O‘zbekiston qonunchiligi va talabalik tartib-qoidalari bo‘yicha maslahatlar.
TISU xorijiy talabalar uchun xavfsiz, qulay va xalqaro standartlarga mos ta’lim muhitini yaratishga intiladi hamda ularning universitet hayotiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlaydi.
Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti (TISU) ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot faoliyati va akademik mobillikni rivojlantirish maqsadida dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Bugungi kunda universitetimiz Turkiya, Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Xitoy, Yaponiya, Chexiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa davlatlardagi nufuzli universitetlar hamda xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Mazkur hamkorliklar talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar hamda malaka oshirish loyihalarini qamrab oladi.
Hamkor universitetlar va tashkilotlar
Turkiya
- Istanbul University
- Medipol University
- Hacettepe University
- Kocaeli University
- Kocaeli Health and Technology University
Buyuk Britaniya
- NCUK
- British Council
Amerika Qo‘shma Shtatlari
- Missouri State University
Yaponiya
- Kinjo Gakuin University
- Soka University
- Toyo University
- Waseda University
- SACHI International School
Xitoy
- Beijing Technology University (Gengdan Institute)
- Beijing International College (BICC)
Ozarbayjon
- Azerbaijan State University of Economics (UNEC)
Chexiya
- European Institute of Applied Science and Management
Qozog‘iston
- M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universiteti
Indoneziya
- Universitas Pendidikan Indonesia
Xalqaro dasturlar
- Erasmus+ dasturi
Qo‘shma ta’lim dasturlari
TISU bir qator xorijiy hamkor universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Ushbu dasturlar talabalar uchun xalqaro standartlar asosida ta’lim olish, xorijiy professorlar tajribasidan foydalanish hamda xalqaro darajada tan olinadigan diplomlarga ega bo‘lish imkoniyatlarini yaratadi.
Qo‘shma dasturlar doirasida talabalar o‘qish jarayonining ma’lum qismini hamkor universitetlarda davom ettirish, akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari
- Talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi;
- Qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish;
- Ikki diplomli (Double Degree) dasturlarni rivojlantirish;
- Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
- Xalqaro konferensiyalar, seminar va forumlar tashkil etish;
- Malaka oshirish va stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
- Xalqaro grant va loyihalarda hamkorlik qilish.
TISU xalqaro hamkorlik geografiyasini muntazam kengaytirib borib, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun global ta’lim hamda ilmiy imkoniyatlarni yaratishga intiladi. Universitetning xalqaro hamkorlik strategiyasi zamonaviy bilim va tajribalarni jalb qilish, ta’lim sifatini oshirish hamda xalqaro akademik maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mahalliy almashinuv dasturi – O‘zbekistonda ilk tajriba
Termiz Iqtisodiyot va Servis Universiteti xalqaro hamkorlik bilan bir qatorda respublika miqyosida ham akademik hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Universitet tomonidan O‘zbekistonda ilk bor mahalliy talabalar almashinuv dasturi yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur tashabbus doirasida TISU va Toshkent shahridagi EMU University o‘rtasida talabalar almashinuvi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Dastur talabalarga mamlakatning turli hududlaridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish, yangi akademik muhit bilan tanishish, zamonaviy ta’lim metodlarini o‘rganish hamda o‘zaro tajriba almashish imkoniyatini yaratdi.
Mahalliy almashinuv dasturi talabalar bilim va ko‘nikmalarini boyitish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ushbu loyiha TISUning ta’lim sohasidagi innovatsion yondashuvlari va ilg‘or tashabbuslarining amaliy natijasi hisoblanadi.
Kelgusida universitet mamlakatimizning boshqa yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan ham mahalliy almashinuv dasturlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Til kurslari
EduHub Til Markazi
EduHub Til Markazi Termiz Iqtisodiyot va Servis Universitetining zamonaviy ta’lim markazlaridan biri bo‘lib, talabalarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro ta’lim muhitini shakllantirish va ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Markaz mahalliy va xorijiy talabalar, o‘quvchilar hamda til o‘rganishga qiziquvchi barcha tinglovchilar uchun sifatli ta’lim imkoniyatlarini taqdim etadi.
EduHub Til Markazida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kurslar tashkil etilgan:
- Ingliz tili (English Language);
- Turk tili (Turkish Language);
- Koreys tili (Korean Language);
- Rus tili (Russian Language);
- O‘zbek tili (Uzbek Language) – xorijiy fuqarolar uchun;
- Bolalar uchun ingliz tili (English for Kids).
Markazda zamonaviy o‘qitish metodikalari, interaktiv mashg‘ulotlar va xalqaro standartlarga mos o‘quv dasturlari asosida ta’lim beriladi. Tinglovchilar xalqaro sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish, akademik va kasbiy til ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro muloqot kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
EduHub Til Markazining muhim afzalliklaridan biri – xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi ta’lim jarayonidir. Xususan, Indoneziyadan tashrif buyurgan malakali mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar tomonidan darslar hamda mahorat mashg‘ulotlari tashkil etilib, tinglovchilarga xalqaro tajribani bevosita o‘rganish imkoniyati yaratiladi.
Markazda til o‘qitish bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan seminar va treninglar ham muntazam ravishda tashkil etiladi. Xususan, xalqaro ilmiy jurnallar uchun maqola yozish, akademik yozuv (Academic Writing), ilmiy tadqiqot metodologiyasi va nashr jarayonlariga bag‘ishlangan seminarlar talabalar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
EduHub Til Markazi xalqaro tashkilotlar bilan ham samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, markaz Buyuk Britaniyaning British Council tashkiloti bilan hamkorlik qiladi. Ushbu hamkorlik doirasida xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, til ta’limi sifatini oshirish hamda xalqaro sertifikatlash tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Termiz Iqtisodiyot va Servis Universiteti hududida IELTS xalqaro imtihonlari muntazam ravishda tashkil etilib kelinmoqda. Bu esa Surxondaryo viloyati va qo‘shni hududlarda yashovchi yoshlar uchun xalqaro til sertifikatini o‘z hududida topshirish imkoniyatini yaratib, vaqt va mablag‘ni tejashga xizmat qilmoqda.
EduHub Til Markazi nafaqat til o‘rgatish, balki xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish, madaniyatlararo almashinuvni qo‘llab-quvvatlash va global ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim platformasi hisoblanadi.
Fakultetlar
Termiz iqtisodiyot va servis universitetining pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti bugungi kunga kelib nafaqat ta’lim sifati, balki ilmiy salohiyati, xalqaro aloqalari va talabalar muvaffaqiyatlari bilan ham universitet taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shayotgan yirik bo‘linmalardan biriga aylandi. Fakultet jamoasi qisqa vaqt ichida yirik natijalarga erishib, ta’lim jarayonining yanada takomillashuviga sabab bo‘lmoqda.
Professor-o‘qituvchilar salohiyati: barqaror o‘sish yo‘lida
Fakultetda 121 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib, ulardan 6 nafari fan doktori, 60 nafari PhD ilmiy darajasiga ega. Bu ko‘rsatkich fakultetning ilmiy salohiyatini 52 foizga yetkazgan bo‘lib, bu respublika oliy ta’lim muassasalari orasida yuqori natijalardan biri hisoblanadi.
Fakultet pedagoglari nafaqat respublika, balki xalqaro maydonda ham muntazam malakasini oshirib bormoqda. So‘nggi yillarda 20 nafardan ortiq o‘qituvchi Turkiya, Chexiya, Indoneziya kabi davlatlarning nufuzli oliygohlari va ilmiy markazlarida malaka oshirib qaytdi. Bu esa ta’lim jarayonining zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilishiga xizmat qilmoqda.
Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti universitetning eng yirik fakultetlaridan biri bo‘lib, unda:
6 mingdan ortiq talaba kunduzgi ta’limda,
11 ming nafar talaba esa sirtqi ta’lim shaklida turli yo‘nalishlarda tahsil olmoqda. Ta’lim yo‘nalishlarining ko‘pligi va sifatli pedagoglar tarkibi fakultetga bo‘lgan qiziqishning ortishini ta’minlamoqda.
Bugungi kunda tibbiyot sohasining rivojlanishida eng asosiy omillardan biri malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi. Shu jihatdan, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti (TISU) Tibbiyot fakulteti Surxon vohasi yoshlari uchun haqiqiy bilim va tajriba maskaniga aylanib bormoqda. Fakultetda hozirda 8 ta kafedra faoliyat yuritadi va 4 mingdan ortiq talabalar stomatologiya, pediatriya, davolash ishi, farmatsiya va biologiya kabi yo‘nalishlarda tahsil olishmoqda.
Fakultetning asosiy ustunligi — malakali professor-o‘qituvchilar jamoasi. Ularning 10 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lsa, yana 20 nafari faol ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Universitet talabalarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratgan. Shu boisdan, TISU Tibbiyot fakulteti nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda.
Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti bugungi kunda iqtisodiyot va zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlayotgan yetakchi markazlardan biridir. Fakultetning asosiy maqsadi nafaqat nazariy bilimlarni yetkazish, balki talabalarni amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish, ularni zamonaviy iqtisodiyot va texnologiyalar bilan tanishtirishdir.
Fakultetda 70 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Shu professor-o‘qituvchilardan 26 nafari PhD ilmiy darajasiga ega bo‘lsa, 1 nafari fan doktori hisoblanadi. Ushbu jamoa o‘z sohasining yetakchi mutaxassislari bo‘lib, talabalarga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalarni ham yetkazadi.
Fakultetning ustunliklaridan biri shundaki, professor-o‘qituvchilar muntazam ravishda malaka oshirib boradi. 10 nafar professor xorijda, xususan Turkiya, Chexiya va Indoneziya kabi davlatlarda o‘z bilimlarini yangilab kelgan. Shuningdek, fakultetda 3 nafar xorijiy mutaxassis talabalarga dars beradi, bundan tashqari mahalliy boshqa universitetlardan 10 nafar professor-o‘qituvchilar ham fakultetda darslar o‘tadi. Bu esa talabalar uchun global standartlarga javob beradigan ta’lim olish imkoniyatini yaratadi.
Ta'lim yo'nalishlari
| Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60610100 | Bakalavr |
| Bank ishi 60410600 | Bakalavr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) 60410100 | Bakalavr |
| Davolash ishi 60910200 | Bakalavr |
| Farmatsiya 60910800 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o'qitish (tillar bo'yicha) ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili 60230100 | Bakalavr |
| Iqtisodiy nazariya 70310101 | Magistr |
| Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo'yicha 70310102 | Bakalavr Magistr |
| Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) 70411901 | Magistr |
| Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 60411100 | Bakalavr |
| Jismoniy madaniyat 60112200 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport 60111900 | Bakalavr |
| Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 60112600 | Bakalavr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 | Bakalavr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410400 | Bakalavr |
| Pedagogika va psixologiya 70110102 | Magistr |
| Pediatriya 60910300 | Bakalavr |
| Soliqlar va soliqqa tortish 60410300 | Bakalavr |
| Stomatologiya 60910100 | Bakalavr Magistr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr |
| Tarix 60111100 | Bakalavr |
| Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) (sharq tillari bilan) 61010400 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Bakalavr Magistr |
| Xorijiy til va adabiyoti(tillar bo'yicha) 60111800 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Farmatsiya
35 000 000 so'm
yiliga
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Stomatologiya
27 000 000 so'm
yiliga
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
15 000 000 so'm
yiliga
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Filologiya va tillarni o'qitish (tillar bo'yicha) ingliz tili
15 000 000 so'm
yiliga
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Soliqlar va soliqqa tortish
15 000 000 so'm
yiliga
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Tarix
14 000 000 so'm
yiliga
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Biologiya
13 000 000 so'm
yiliga
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Pediatriya
24 000 000 so'm
yiliga
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Davolash ishi
24 000 000 so'm
yiliga
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Maktabgacha ta’lim
14 000 000 so'm
yiliga
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
15 000 000 so'm
yiliga
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Jismoniy madaniyat
14 000 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
IBRAGIMOV RUSTAM ALIJANOVICH
АSHUROV KАROMАT MUSULMONQULOVICH
PАNJIEVА NIGORА NORMАXMАTOVNА
SADATOV OLTIBOY NAZAROVICH