Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
964
Talabalar
3
Xorijiy talabalar
141
O'qituvchilar
2
Fakultetlar
27
Kafedralar
2020
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
O`ZBEK MILLIY MUSIQA VA SAN'AT INSTITUTI
Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 2-sentabrdagi 536-sonli “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari negizida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etildi. U maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Xorijiy talabalar uchun
STD .Talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga)
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta’lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta’lim muassasalararo o‘zaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
O‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga)
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
Xalqaro hamkorlik

Zamonaviy musiqa yo‘nalishida xalqaro hamkorlikning yangi istiqbollari
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori Eldor Shermanov hamda Rossiya kompozitorlari uyushmasi Oltoy hududiy bo‘limi raisi, Sibir xalqaro zamonaviy musiqa san’ati markazi a’zosi, xalqaro tanlovlar sovrindori, taniqli kompozitor Olga Dyujina o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash, zamonaviy musiqa yo‘nalishida tajriba almashish, qo‘shma ijodiy loyihalarni amalga oshirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida xalqaro seminar-treninglar, mahorat darslari va ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Olga Dyujina xonim o‘zining ijodiy faoliyati, zamonaviy kompozitorlik maktabidagi tendensiyalar, Sibir mintaqasida musiqiy ta’lim va san’atni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, u institutimizda olib borilayotgan islohotlar, milliy musiqa merosini asrab-avaylash va uni zamonaviy talqinlarda targ‘ib etish borasidagi ishlarni yuksak baholab, kelgusida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolash, qo‘shma konsert dasturlari va ijodiy uchrashuvlar tashkil etish, shuningdek, iqtidorli talabalar uchun xalqaro grant va tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishdilar. Bunday uchrashuvlar mamlakatimizda musiqa san’ati va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, milliy san’atimizni jahon miqyosida munosib targ‘ib etish hamda yosh avlodning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Baekseok universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutiga Janubiy Koreyaning Baekseok universiteti prezidentining Xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, professor Beom Joon Kim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Muloqot davomida instituti rektori Eldor Shermanov hamda xorijiy delegatsiya a'zolari tomonidan ikki oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoni, ilmiy faoliyati, ijodiy yo‘nalishlari, xalqaro tajribalari hamda rivojlanish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tomonlar musiqiy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv, qo‘shma xalqaro loyihalar hamda madaniy tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Uchrashuv yakunida ikkala oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy-amaliy loyihalar va ijodiy tashabbuslarni amalga oshirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
Talabalar uchun imkoniyatlar
{}
Fakultetlar
Fakultet – o‘zbek milliy musiqa san’ati jumladan, maqom cholg‘u ijrochiligi san’ati bo‘yicha ijrochilar, o‘zbek milliy bastakorligi bo‘yicha bo‘lajak bastakor kadrlar tayyorlashni hamda baxshichilik va dostonchilik yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy salohiyatni yuksaltirish ishlari shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Fakultetning ko‘p qirrali faoliyati o‘zbek milliy musiqa san’ati shuningdek, milliy maqom ijrochiligi bo‘yicha ta’lim berish hamda uni rivojlantirish bilan birga, o‘zbek milliy musiqa merosi durdona asarlarini Vatanimizda va xorijda targ‘ib etishga yo‘naltirilgan.
O‘zbek milliy musiqa san’ati jumladan, milliy maqom ijrochiligini keng targ‘ib etish va talaba yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash fakultetning ustuvor vazifalaridan sanaladi.
Fakultet – o‘zbek milliy musiqa san’ati jumladan, maqom xonandaligi va cholg‘u ijrochiligi san’ati bo‘yicha professional ijrochi va pedagoglar tayyorlashni, ilmiy tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Fakultetning ko‘p qirrali faoliyati o‘zbek milliy musiqa san’ati shuningdek, milliy maqom ijrochiligi bo‘yicha ta’lim berish hamda uni rivojlantirish bilan birga, o‘zbek milliy musiqa merosi durdona asarlarini Vatanimizda va xorijda targ‘ib etishga yo‘naltirilgan.
O‘zbek milliy musiqa san’ati jumladan, milliy maqom ijrochiligini keng targ‘ib etish va talaba yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash fakultetning ustuvor vazifalaridan sanaladi.
Ta'lim yo'nalishlari
| Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha) 60211100 | Bakalavr |
| Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi 60211100 | Bakalavr |
| Amaliy san’at (turlari bo‘yicha) 60210800 | Bakalavr |
| Bastakorlik san’ati 60210900 | Bakalavr |
| Bastakorlik san’ati ta’lim 70210901 | Magistr |
| Cholg'u ijrochiligi (xalq cholg'ulari) 60211500 | Bakalavr |
| Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg‘ular) 60211501 | Bakalavr Magistr |
| Menejment 60410800 | Bakalavr Magistr |
| Musiqa san’ati 70211002 | Magistr |
| Musiqa ta’limi 60110600 | Bakalavr |
| San'atshunoslik (musiqashunoslik) 60211000 | Bakalavr |
| San'atshunoslik: teatrshunoslik 6021100 | Bakalavr |
| Texnogen san’at (turlari bo‘yicha) 60210100 | Bakalavr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr |
| Vokal san’ati (An'anaviy xonandalik) 60211400 | Bakalavr Magistr |
| Vokal san’ati (turlari bo‘yicha) 60211400 | Bakalavr |
| Xalq ijodiyoti 60211700 | Bakalavr |
| Xalq ijodiyoti (Folklor va etnografiya) 60211900 | Bakalavr |
| Xalq ijodiyoti (baxshichilik va dostonchilik) 6021190 | Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
Menejment
17 336 040 so'm
yiliga
Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
Vokal san’ati (An'anaviy xonandalik)
17 336 040 so'm
yiliga
Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
Xalq ijodiyoti
15 786 040 so'm
yiliga
Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
Xalq ijodiyoti (Folklor va etnografiya)
15 786 040 so'm
yiliga
Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
Texnogen san’at (turlari bo‘yicha)
15 786 040 so'm
yiliga
Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha)
15 786 040 so'm
yiliga
Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
Bastakorlik san’ati
15 786 040 so'm
yiliga
Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
Vokal san’ati (An'anaviy xonandalik)
15 786 040 so'm
yiliga
Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
Xalq ijodiyoti (baxshichilik va dostonchilik)
17 336 040 so'm
yiliga
Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg‘ular)
17 336 040 so'm
yiliga
Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
Musiqa san’ati
17 336 040 so'm
yiliga
Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
Bastakorlik san’ati ta’lim
17 336 040 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
YORIYEV SHOXIJAHON O‘TKIR O‘G‘LI
JOVLIYEVA SEVINCH FAXRIDDIN QIZI
КАRIMOV DAVRON KAMOLIDDIN O‘G‘LI
MAMADALIYEVA HADICHA MANSURJON QIZI
SAPARBAEVA RAUSHAN PERDEBAY QIZI
QARLIBAEVA AZADA KENESBAY QIZI
TOSHBOYEVA MADINA ABDUGAFFOR QIZI
LAMINOVA TURSUNOY DODO QIZI
MIRZALIYEVA MUMTOZBEGIM MIRZOHIDJON QIZI
QURBONOVA RUXSHONA XUSANBAYEVNA
NARZULLAYEVA DURDONA PANJI QIZI
MURTOZAYEV ZIYODULLA BERDIYOR O‘G‘LI