WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Urganch RANCH Texnologiya Universiteti

Xorazm viloyati Nodavlat Veb-sayt

12,000

Talabalar

40

Xorijiy talabalar

195

O'qituvchilar

4

Fakultetlar

25

Kafedralar

2021

Tashkil etilgan

Universitet haqida


Universitet tarixi
Urganch Ranch texnologiya universiteti o'z faoliyatini 2021-yilning 5-noyabrida 0038-sonli litsenziya asosida "UrganchKormmash" aksiyadorlik jamiyati tarkibida boshladi. "UrganchKormmash" aksiyadorlik jamiyati 1981-yil sentabr oyida Moskva viloyati, Uxtomskiy zavodining Lyubertsi ishlab chiqarish asosida tashkil etilgan. Universitet Urganch shahar markazida qulay nuqtada joylashgan.


Universitet bugungi kunda
Bugungi kunda universitetda jami 7000 dan ortiq talabaga 178 nafar yuqori malakali professor-o'qituvchilar kreativ yondashuv bilan dars bermoqda.
Universitetda o'quv jarayoni HEMIS axborot tizimiga to'liq integratsiya qilingan. Universitet professor-o'qituvchilari va talabalari ushbu tizimdan samarali foydalanib kelmoqdalar.
Ilmiy unvonga tavsiya etilgan professor-o'qituvchilar http://interaktiv.oak.uz elektron manzili orqali ro'yhatga olinadi va professor-o'qituvchilarning ilmiy ishlar mavzulari OAK byulletiniga https://mavzu/oak.uz manzili orqali muntazam joylashtirib boriladi.
Hozirgi kunda 12 000 o'rinli yangi o'quv binosi qurilishi davom etyapti va shu yilning o'zida foydalanishga topshiriladi.


Universitet moddiy - texnik bazasi
Universitetda ta'lim jarayonlari zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda olib boriladi.
Bugungi universitetda 6 ta ilmiy va o'quv laboratoriyalar mavjud:

Fizika bo'yicha ilmiy laboratoriya

Kimyo bo'yicha ilmiy laboratoriya

Mexanika bo'yicha ilmiy laboratoriya

Elektrotexnika bo'yicha ilmiy laboratoriya

IT dasturlash bo'yicha ilmiy laboratoriya

Shuningdek:
— IT sinfxonasi - 7 ta (jami 330 ta kompyuter)
— Interaktiv doska - 20 dona
— Televizor - 18 dona
— Faollar zali - 2 ta
— Oshxona - 2 ta (250 o'rinli)


Fakultetlar, kafedralar va yo'nalishlar

Iqtisodiyot fakulteti
Kafedralar:

Iqtisodiyot kafedrasi
Yo'nalishlar:

Iqtisodiyot

Buxgalteriya hisobi

Menejment

Marketing

Bank ishi 

Pedagogika va filologiya fakulteti
Kafedralar:

Pedagogika va aniq fanlar kafedrasi

O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi

Ijtimoiy fanlar kafedrasi
Yo'nalishlar:

Maktabgacha ta'lim 

Matematika 

Boshlang'ich ta'lim

Filologiya va tillarni o'qitish (rus tili)

Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)

Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili)

Jismoniy madaniyat

Sport faoliyati (boks)

Sport faoliyati (voleybol)

Sport faoliyati (yengil atletika)

Sport faoliyati (futbol)

Sport faoliyati (erkin kurash)

Innovatsion texnologiyalar fakulteti
Kafedralar:

Mashinasozlik va axborot texnologiyalari kafedrasi
Yo'nalishlar:

Texnologik mashinalar va jihozlar (Mashinasozlik va metallga ishlov berish bo'yicha)

Transport vositalari muhandisligi (Avtomobil transporti bo'yicha)

Logistika (Transport faoliyati bo'yicha)

Energetika muhandisligi (Elektr ta'minoti)

Kompyuter injiniringi (Kompyuter inginiringi)

Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlari axborot xavfsizligi)

Kompyuter injiniringi (Ma'lumorlar ilmi bo'yicha)

Kompyuter injiniringi (Multimedia texnologiyalari)

Kiberxavfsizlik injiniringi

Arxitektura

Shahar qurilishi va loyihalash

Tibbiyot fakulteti
Yo'nalishlar:

Davolash ishi

Pediatriya ishi

Stomotologiya


Xalqaro hamkorliklar
Urganch Ranch texnologiya universiteti xalqaro hamkorliklar doirasida professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlari bo'yicha:

Angliyaning Northampton universiteti

Ispaniya Barselona universiteti

Italiyaning Podova universiteti

Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti

Ispaniyaning Lieida universiteti

Chexiyaning Janubiy Bogemiya universiteti

AQSHning New-York city universiteti

AQSHning Pennsylvania universitetlari bilan munosabatlar o'rnatgan.

Jumladan, 2024-yilda Ispaniya qirolligining Barselona unversiteti va Lieida universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Yangi o'quv yilidan Urganch Ranch texnologiya universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari Ispaniya universitetlarida amaliyot o'tash imkoniyatiga ega bo'ldilar.

 


 

Xorijiy talabalar uchun

Urganch Ranch Texnologiya Universitetiga xush kelibsiz!
O‘zbekistonning qadimiy va serjilo Xorazm viloyatida joylashgan zamonaviy va ilg‘or xususiy universitet sizni kutib oladi. Biz xalqaro talabalar uchun qulay akademik muhit, kuchli xalqaro hamkorliklar va zamonaviy ta’lim resurslariga ega keng imkoniyatlar taqdim etamiz.

🎓 Nega aynan biz?

Turli va zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari:
Universitetimizda bugungi kunda talab yuqori bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 32 ta bakalavriat va 8 ta magistratura dasturi mavjud:

  • Iqtisodiyot
  • Texnologiya va muhandislik
  • Filologiya va tilshunoslik
  • Tibbiyot va sog‘liqni saqlash fanlari
  • Ta’lim va axborot texnologiyalari

Barcha dasturlar xalqaro akademik va amaliy standartlarga moslashtirilgan.

Zamonaviy o‘quv binosi va infratuzilma:
Yangi universitet binomizda quyidagi shart-sharoitlar yaratilgan:

  • Yangi jihozlangan o‘quv xonalari va ma’ruza zallari
  • Yuqori texnologiyali laboratoriyalar va tibbiy simulyatsiya uskunalari
  • Talabalar uchun qulay dam olish zonalari va kovorking maydonchalari
  • Tezkor internet, raqamli doskalar va aqlli infratuzilma

Amaliy va vizual o‘qitish:
Biz nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantirishga alohida e’tibor beramiz:

  • Vizual o‘qitish vositalari
  • Interaktiv amaliy mashg‘ulotlar
  • Loyihaga asoslangan topshiriqlar va real hayotga yaqin simulyatsiyalar

Bu yondashuvlar talabalarimizni haqiqiy kasbiy muhitga tayyorlaydi.

Kutubxona va o‘quv resurslari:
Talabalar quyidagi manbalardan foydalanish imkoniyatiga ega:

  • Keng qamrovli bosma va raqamli manbalarni o‘z ichiga olgan zamonaviy kutubxona
  • Onlayn ilmiy bazalar va jurnallar
  • Tinch o‘quv zonalari va guruhli ishlash maydonlari
  • Tadqiqot va til o‘rganishni qo‘llab-quvvatlovchi resurs markazlari

Xalqaro hamkorliklar:
Urganch Ranch texnologiya universiteti  6 ta xalqaro va qariyb 10 ta milliy universitet bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu hamkorliklar doirasida:

  • Talaba almashinuv dasturlari
  • Qo‘shma tadqiqot loyihalari
  • Xalqaro akademik tadbirlar va ikki diplomli dasturlar

Yozgi maktablar:
Texnologiya, tibbiyot va innovatsiya yo‘nalishlaridagi yozgi maktablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Amaliy mashg‘ulotlar va mutaxassislarning ma’ruzalari
  • Madaniy tadbirlar va o‘zbek tiliga kirish darslari
  • Xalqaro tarmoq yaratish va tajriba almashish imkoniyatlari

Ingliz tilida o‘qitiladigan kurslar va til bo‘yicha yordam:
Ko‘plab ta’lim dasturlari ingliz tilida olib boriladi. Chet ellik talabalar uchun moslashuvni yengillashtirish maqsadida akademik va til bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.

Xalqaro talabalar uchun maxsus xizmatlar:
Xalqaro aloqalar bo‘limi quyidagi yo‘nalishlarda yordam ko‘rsatadi:

  • Viza olish bo‘yicha yo‘riqnoma va kelishdagi ko‘mak
  • Yotoqxona va joylashish masalalari
  • Butun o‘quv davrida akademik va shaxsiy qo‘llab-quvvatlash

🎓 Global akademik hamjamiyatimizga qo‘shiling!
Urganch Ranch Texnologiya Universiteti global fikrlaydigan, zamonaviy va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga sodiqdir. Siz biz bilan birga bo‘lish orqali nafaqat diplom, balki xalqaro tajriba va real hayotga tayyorlikni ham qo‘lga kiritasiz.

 

 

Xalqaro hamkorlik

Urganch Ranch Texnologiya Universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va akademik mobillikni targ‘ib qilish maqsadida quyidagi universitetlar bilan anglashuv memorandumlarini (MoU) imzolagan: Padova universiteti (Italiya), Barselona universiteti (Ispaniya), Lleida universiteti (Ispaniya), Janubiy Bogemiya universiteti (Chexiya), G‘arbiy Kaspiy universiteti (Ozarbayjon), Ege universiteti (Turkiya), M.Dulatov nomidagi Kostanay muhandislik-iqtisodiyot universiteti (Qozog‘iston). Har bir universitet bilan quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik rejalashtirilgan: akademik xodimlar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va ta’lim dasturlarida hamkorlik, konferensiyalar, seminarlar va ilmiy uchrashuvlarda ishtirok etish, aspirantura faoliyati va ilmiy guruhlar tashkil etish, masofaviy ta’lim dasturlari, yozgi maktablar va amaliyotlar.
Akademik mobillik va uning tan olinishi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq “Ta’lim jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan.
(https://lex.uz/docs/-5193564)
M.Dulatov nomidagi Kostanay muhandislik-iqtisodiyot universiteti bilan imzolangan MoUga asosan, “Logistika” mutaxassisligi bo‘yicha ikki nafar talaba 2025-yil 31-martdan 2025-yil 2-maygacha quyidagi fanlar bo‘yicha amaliyot o‘tayapti: “Chet tili (Ingliz tili)”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”, “Axborot logistika”.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

Urganch

Fakultetlar

Iqtisodiyot” Fakulteti 2021-yil noyabr oyida tashkil qilingan. “Iqtisodiyot” kafedrasida 2 ta professor, 3 ta dotsent, 11 ta PhD, 3 ta katta o'qituvchi, 9 ta o'qituvchi va 13 ta stajyor-o'qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shunda 2 nafari tayanch doktarant va 6 nafari mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda kafedrada quyidagi bakalavriat va magistratura yo'nalishlari mavjud.

Bakalavriat:
60410100 - Iqtisodiyot;
60410200 - Buxgalteriya hisobi;
60410600 - Bank ishi;
60410800 - Menejment;
60411200 - Marketing.

Magistratura:
70410102 - Iqtisodiyot.
Fakultet dekani: Ruzmetov Sherzodbek Baxtiyarovich - iqtisodiyot fanlari nomzodi. dotsent

Pedagogika va filologiya fakulteti 2024-yil 26-avgustda o‘z faoliyatini boshladi. Fakultet dekani fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent Yarmetov Jumanazar Ruzimovich. Pedagogika va filologiya fakultetida 3ta kafedra bo‘lib, bular: Pedagogika va aniq fanlar kafedrasi, Ijtimoiy fanlar kafedrasi va O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi. Pedagogika va filologiya fakultetida 19 nafar dotsent, 9 nafar katta-o‘qituvchi, 11 nafar o‘qituvchi, 28 nafar stajor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Tayyorlaydigan bakalavr yo‘nalishlari:

60110200 - Maktabgacha ta'lim

60540100- Matematika

60230100- Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)

60230100- Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)

60230100- Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)

60110400- Boshlang’ich ta’lim

61010200- Sport faoliyati

Tayyorlaydigan magistr yo‘nalishlari:

70110102- Pedagogika 

70310301- Psixologiya

70230101- Lingvistika (ingliz tili)

70230101- Lingvistika (o‘zbek tili)

70230101- Lingvistika (rus tili)

"Inovatsion texnologiyalar" faqulteti 2024-2025 o'quv yilida tashkil topgan.  Faqultetda bitta kafedra mavjud "Mashinasozlik va axborot texnologiyalari" kafedrasi. Faqultetda 26 nafar professor o'qituvchikar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 8 nafari dotsent, 1 nafari PhD, 2 nafari katta o'qituvchi, 12 nafari o'qituvchi, 3 nafari stajyor-o'qituvchi sifatida faoliyat olib boradi. Shundan 1 nafari tayanch doktorant, 1 nafar mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy faoliyat yuritmoqda. Faqultetda quyidagi baqalavriyat hamda magistratura yo'nalishlari mavjud.
Bakalavriyat
60610300-Kompyuter injineringi;
60611200-Kiberxavsizlik injineringi;
60720400-Texnologik mashinalar va jihozlar;
60710400-Energetika muhandisligi;
60711400-Transport vositalari muhandisligi;
61010400-Logistika;
60730900-Shahar qurilishi va loyihalash;
60730100-Arxitektura.
Magistratura:
70610301-Kompyuter injineringi;
70712301-Mashinasozlik texnologiyasi

Fakultetda mavjud yo‘nalishlar:

Bakalavriat:

60910200 - Davolash ishi

60910300 - Pediatriya

60910100 - Stomatologiya

Magistratura:

70910101 - Stomatologiya

Ta'lim yo'nalishlari

Arxitektura 60730100 Bakalavr
Bank ishi 60410600 Bakalavr
Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Davolash ishi 60910200 Bakalavr
Energetika muhandisligi. 60710400 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr Magistr
Jismoniy madaniyat 60112200 Bakalavr
Kiberxavfsizlik injiniringi 60612100 Bakalavr
Kompyuter injiniringi 60610300 Bakalavr
Logistika 61010400 Bakalavr
Logistika (transport faoliyati bo`yicha) 61010400 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Marketing 60411200 Bakalavr
Matematika 60540100 Bakalavr
Menejment 60410800 Bakalavr
Pediatriya ishi 60910300 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Shahar qurilishi va loyihalash 60731500 Bakalavr
Sport faoliyati (yengil atletika) 61010200 Bakalavr
Stomatologiya 60910100 Bakalavr
Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400 Bakalavr
Texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metallga ishlov berish bo‘yicha) 60720400 Bakalavr
Transport vositalari muhandisligi. 70711401 Bakalavr