Viloyat hokimi TKTI Yangiyer filiali talabalariga dars oʼtadi
Sirdaryo viloyati hokimi Аkmaljon Maxmudaliev Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari bilan uchrashdi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqotda viloyat hokimi oʼz tajribasidan kelib chiqib, oliygohda egallangan bilimlarni kelgusidagi kasbiy faoliyatda toʼgʼri qoʼllash boʼyicha muhim tavsiya va maslahatlarini berdi. Yigit-qizlarning qiziqishlari, istak va kelajak rejalari eshitilib, barcha taklif va tashabbuslari qoʼllab-quvvatlandi. Xususan, viloyat hokimi har chorakda bir marotaba yuqori bosqich talabari uchun dars oʼtadigan boʼldi. Uchrashuv doirasida talabalarning ijodiy ishlari koʼrgazmasi, ilmiy-texnikaviy ishlanmalar taqdimoti, "Zakovat" intellektual oʼyini va sport musobaqalari tashkil qilindi. Faol talabalarga Toshkent shahriga sayohat yoʼllanmasi, tashakkurnoma va kitoblar jamlanmasi topshirildi. Аkmaljon Maxmudaliev, shuningdek, filial qoshida ochilgan "Yoshlar sanoat texnoparki" faoliyati bilan ham tanishdi.
1