WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
02 AprelAprelAprel 2026 7 ko'rishlar

⚙️ 2026-yil 1-aprel kuni “Muhandislik oyligi – 2026”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔷 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan an’anaviy tashkil etib kelinayotgan ushbu anjuman mamlakatimizda muhandislik sohasini rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalarga keng jalb etish hamda innovatsion fikrlashni rag‘batlantirishga qaratilgan.

☑️ Ochilish marosimida respublikamizning qator oliy ta’lim muassasalari safida ODTI rektori va talabalari ham ishtirok etishdi.

📊 E’tiborli jihati, 2026-yil aprel oyi “Muhandislik oyligi” deb e’lon qilinib, respublika bo‘ylab 30 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlarida yuzlab tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
 

➡️

 

Jumladan, quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar qamrab olingan:

 


— robototexnika
— sun’iy intellekt
— kiberxavfsizlik
— dron texnologiyalari
— yashil energetika
— aviatsiya modellashtirish

Boshqa yangiliklar