WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
23 AprelAprelAprel 2024 56 ko'rishlar

2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

Bugun, joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston va Tojikiston oliy o‘quv yurtlari rektorlarining ikkinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston va Tojikiston oliy o‘quv yurtlari rektorlarining ikkinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etildi va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tmoqda. Forum yakunida 50 dan ziyod anglashuv memorandumi, bitim va yo‘l xaritalari imzolanishi kutilmoqda.

2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi anjumanda Tojikiston ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda raisligida 30ga yaqin universitet rektorlari yig'ilgan. Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida ellikdan ortiq oliy oʻquv yurtlari rahbarlari, vazirliklar va turli muassasalarning vakillari ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamizki, ushbu forumda Geologiya fanlari universiteti prorektorlari ham ishtirok etmoqda. Shu bilan birgalikda, Geologiya fanlari universiteti va Tojikiston kon-metallurgiya instituti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Boshqa yangiliklar