WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
14 IyulIyulIyul 2025 17 ko'rishlar

O'zJOKUda bolajonlar uchun bayram tashkil qilindi!

Bugun O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi tadbirlari doirasida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli o’tkazish maqsadida navbatdagi madaniy, ko’ngilochar bayram tashkil qilindi.

Universitet hovlisida o’tkazilgan bu ko’ngilochar bayramda mahalliy aholining, professor-o’qituvchilar va xodimlarning 100 ga yaqin farzandlari ishtirok etishdi, dam olishdi. Bayram dasturida musiqa-raqslar, shaxmat-shashka, badminton, tennis sport o’yinlari o’tkazildi, bolajonlar miriqib rasqga tushishdi, musobaqalarda ishtirok etishdi.

Barcha o’g’il-qizlarni jalb qilgan basseyn atrofida ham bir guruh bolakaylar jam bo’lib, yozning jaziramasida maza qilib cho’milishdi. Ajoyib multfilm qahramonlari bolajonlarning do’stiga aylanib, bayram tadbirini maroqli o’tkazishda ko’maklashishdi.

Barcha mashg’ulotlar orasidan pufakchalar o’yini, “Muzqaymoq party”, basseynda cho’milish va po’ni oti bilan ko’rishish bolalarga eng ko’p yoqqan jarayonlar bo’ldi.

Boshqa yangiliklar