Fortepiano (organ) mutaxassisligi talaba-yoshlari ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
Fortepiano (organ) mutaxassisligi talaba-yoshlari ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
🎹Talaba-yoshlarning o‘qish davomida olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazish va tajriba to‘plash maqsadida bugun 9-aprel kuni Qaraózek tumanida joylashgan 16-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali Cholg‘u ijrochiligi: fortepiano (organ) kafedrasining tajribali o‘qituvchilari Abdullox Saidxonov, Ruslan Iseev, Umida Saburova va Juratbek Raimovlar rahbarligida ushbu yo‘nalish talaba-yoshlarining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
🎶Konsert davomida talaba-yoshlar tomonidan xorijlik kompozitorlardan F. Shubert, F. List,
F. Shopen, K. Debyussi,
S. Raxmaninov, A. Xachaturyan, O. Taktakashvili, R. Abdullaev va M. Atadjanovlarning asarlari ijro etildi.
🎼Jonli tarzda o‘tgan musiqiy kechada talaba-yoshlar o‘z mahoratlarini namoyish etib, tomoshabinlar qalbidan chuqur joy egalladi.
✨Bunday tadbirlar talaba-yoshlarimizning nazariy bilimlarini amalda qo‘llashiga, kelajakda mohir ijrochi bo‘lib yetishishiga yordam beradi.
