Sian neft universiteti prorektori Chjan Junszyun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar institutdagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishgandan so'ng, institut rektori Sadoqat Siddiqova bilan muzokara olib bordi.
Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Sian neft universiteti prorektori Chjan Junszyun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlar institutdagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishgandan so'ng, institut rektori Sadoqat Siddiqova bilan muzokara olib bordi.

Tashrif mobaynida quyidagi kelishuvlarga erishildi:

Neft-gaz sohasida (1+1 Magistratura) formatida qo’shma ta’lim dasturini yo’lga qo’yish;
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida hamkorlikda ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etish;
Akademik mobillik va professor-oʼqituvchilarning stajirovkalarini tashkil qilish;
Yozgi va qishki taʼtillar o‘quvlarini hamkorlikda yoʼlga qoʼyish;
Ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni olib borish;
Hamkorlikda seminar-trening kurslari tashkil etish.