22 AprelAprelAprel 2024
38 ko'rishlar
Tabiiy fanlar fakultetida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – tinchlik va osoyishtalik posboni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Qo‘qon shahridagi harbiy qism xizmatchilari katta leytenant Raximov Nozimjon boshchiligidagi xizmatchilar talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mehmonlarning O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari tarixi hamda undagi mutaxassisliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlari tinglangach, yoshlar harbiy kasbga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ham javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.