22 IyulIyulIyul 2025
58 ko'rishlar
Yoshlar birligi va ijodiyoti nishonlanayotgan festival!
Qo‘qon shahridagi “Yoshlar” bog‘ida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Bir yurak – bir jamiyat” festivali va gala-konsert dasturi bo‘lib oʻtdi.
Festivalda Qo‘qon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari, Qo‘qon shahar Madaniyat bo‘limi jamoasi faol ishtirok etib, sahna chiqishlari, badiiy ko‘rinishlar va jonli musiqiy dasturlar orqali tomoshabinlarga quvonch ulashmoqda.
Tadbir davomida qiziqarli viktorinalar, musobaqalar o‘tkazilib, faol yoshlar kitoblar bilan taqdirlanmoqda.
Bu kabi tadbirlar yoshlarda motivatsiya uyg‘otish, ularni jamiyat hayotida faol bo‘lishga undash va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.