Universitet rektorning sayyor qabuli o‘tkazildi
Qo‘qon davlat universitetining Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetida rektor Dilnoza Xodjayeva boshchiligida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda fakultet talabalarining taklif va murojaatlari tinglandi.
Qabul davomida jami 15 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 12 tasi joyida hal etildi, qolgan 3 tasi taklif sifatida qayd etilib, ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash maqsadida belgilab olindi.
Rektor Dilnoza Xodjayeva har bir murojaatni e’tibor bilan tinglab, muammolarni joyida hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Mazkur sayyor qabulning asosiy maqsadi — talabalarning fikrlarini bevosita eshitish, ularning muammolarini joyida hal etish, shuningdek, tashabbuskorlik va ochiq muloqot muhitini ta’minlashdan iboratdir.