15 DekabrDekabrDekabr 2025
142 ko'rishlar
Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbir tashkil etildi
Yong‘in xavfsizligini ta’minlashda ko‘rgazmali o‘quv soatlarini o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Qo‘qon davlat universiteti Fuqaro muhofazasi bo‘limi tomonidan shahar Yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi hamkorligida texnogen xavflarga bag‘ishlangan o‘quv-tarbiyaviy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida yong‘in holatlarining kelib chiqish sabablari, xavfli texnogen vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari hamda favqulodda holatlarda ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar talabalarga batafsil tushuntirildi. Amaliy ko‘rsatmalar orqali talabalar o‘zlarining xavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.