14 NoyabrNoyabrNoyabr 2024
26 ko'rishlar
Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoshida yangi tashkil etilgan “Tillar markazi – Language center”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ochilish marosimida Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektor Nigora Qodirova, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Bahtiyar Aslan, boʻlim boshliqlari, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Til markaziga bevosita turkiyalik mutaxassislar jalb qilingan. Bu yerda turk tilini o‘rganishga va o‘qitishga barcha sharoitlar mavjud. Markaz yoshlarga turk tilini oʻrganish hamda A1, A2, B1, B2 sertifikatlarini qo‘lga kiritishda mukammal tayyorgarlik koʻrish imkonini beradi.
Do’stona, samimiy ruhda o‘tgan tadbirda yig’ilganlar oʻzlarining til oʻrganish borasidagi qimmatli fikrlari bilan oʻrtoqlashib, yigʻilganlarni markaz ochilishi bilan qutladilar.