WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
19 IyunIyunIyun 2026 24 ko'rishlar

Kelajak kasblari bo'yicha qo'llanma: SIUT professor-o'qituvchilari zamonaviy IT ta'limi haqida yangi kitob yaratdi

Sun'iy intellekt, kiberxavfsizlik va kompyuter tarmoqlari zamonaviy dunyoda eng tez rivojlanayotgan sohalardan biriga aylandi. Ertangi muvaffaqiyat nafaqat bu texnologiyalardan foydalana oladiganlarga, balki ularni yaratish va rivojlantirishga qodir mutaxassislarga ham tegishli bo'ladi.

Sun'iy intellekt, kiberxavfsizlik va kompyuter tarmoqlari zamonaviy dunyoda eng tez rivojlanayotgan sohalardan biriga aylandi. Ertangi muvaffaqiyat nafaqat bu texnologiyalardan foydalana oladiganlarga, balki ularni yaratish va rivojlantirishga qodir mutaxassislarga ham tegishli bo'ladi.

Ushbu o'zgarishlarga javoban Samarkand International University of Technology professor-o'qituvchilari zamonaviy IT ta'limiga bag'ishlangan yangi akademik va amaliy qo'llanmani tayyorladilar.

“Hands-On Computer Networks and AI-Driven Cybersecurity: A Comprehensive Student Guide” deb nomlangan qo'llanma universitetning O'quv ishlari bo'limi boshlig'i va mustaqil tadqiqotchi Islom Mamatov, School of Computing dekani Mohammad Gouse Galety hamda professor Arul Kumar Natarajan hammuallifligida yaratildi. Kitob kompyuter tarmoqlari, sun'iy intellekt va kiberxavfsizlikning zamonaviy yo'nalishlarini amaliy yondashuv orqali yoritadi.

Bugungi kunda IT sohasida adabiyotlar juda ko'p. Biroq aksariyat nashrlar nazariy bilimlar bilan cheklanadi. Ushbu qo'llanmaning asosiy afzalligi nazariya va amaliyotni birlashtirishidadir. Kitobda Packet Tracer, Docker, Terraform, Ansible va DevSecOps kabi zamonaviy texnologiyalar ishtirokidagi real loyihalarga asoslangan amaliy topshiriqlar, laboratoriya mashg'ulotlari va misollar mavjud.

Qo'llanma nafaqat universitet talabalari, balki ITga qiziqadigan yoshlar, malakasini oshirishni istagan mutaxassislar va zamonaviy texnologiyalarni chuqurroq tushunishni xohlovchi barcha uchun foydali manba bo'lishi kutilmoqda.

Mualliflardan biri Islom Mamatovning ta'kidlashicha, bugungi yoshlar texnologiyalarning faqat foydalanuvchisi bo'lib qolmasligi kerak.

“Biz yoshlarga nafaqat tayyor dasturlardan foydalanishni, balki texnologiyalar qanday ishlashini ham tushuntirishimiz kerak. Kelajakda eng katta ustunlik bilimni amaliyotga aylantira oladiganlarga tegishli bo'ladi. Ushbu qo'llanmani yaratishdan asosiy maqsad yoshlarni shunday fikrlash tarziga undashdir”, dedi Islom Mamatov.

Kitobga ISBN berilgani uning xalqaro akademik va ta'lim maydoniga kirib borishi yo'lidagi muhim qadamdir. Bu SIUTda yaratilayotgan ilmiy ishlar nafaqat universitet auditoriyalari, balki keng akademik hamjamiyat uchun ham ahamiyatli ekanini ko'rsatadi.

Bugun dunyo sun'iy intellekt haqida gapirmoqda. Ertaga e'tibor uni yaratuvchilarga qaratiladi. Bunday mutaxassislarni tayyorlash sifatli ta'lim, zamonaviy bilim va amaliy tajribadan boshlanadi.

Ishonch bilan aytish mumkinki, SIUT professor-o'qituvchilari tomonidan yaratilgan ushbu qo'llanma shu yo'nalishdagi muhim qadamlardan biridir.

Boshqa yangiliklar