WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
24 OktabrOktabrOktabr 2025 93 ko'rishlar

Hindistonda o‘zbek tili magistraturasi ochilishi rejalashtirilmoqdaHindistonda o‘zbek tili magistraturasi ochilishi rejalashtirilmoqda

Hindistonning Jamia Millia Islamia universitetida bo‘lib turgan Qo‘qon DU professori Dilnozaxon Jamoliddinova va dotsent Dilafruz Rahmatullayeva ushbu oliy ta’lim muassasasi rektori (Vice Chancellor) professor Mazhar Asif bilan uchrashdilar. Suhbat davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Professor Mazhar Asif uchrashuv chog‘ida o‘zbek tilini rivojlantirish maqsadida Jamia Millia Islamia universitetida o‘zbek tili magistratura yo‘nalishini ochish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u Qo‘qon DU professor-o‘qituvchilarini Hindistonga tashrif buyurib, o‘zbek tili darslarini tashkil etishda hamkorlikka taklif etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvga erishdilar.

Boshqa yangiliklar