Bitiruvchilar bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Bugun Qoʻqon davlat pedagogika institutida bitiruvchi bosqich talabalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ahmadjon Husanov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Alisher Anvarov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida oliygohdagi 6 ta fakultet bitiruvchilari bilan oliy ta’limdan so‘ng ishga joylashish, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida atroflicha suhbat olib borildi. Shuningdek, banklardan imtiyozli kreditlar olish tartibi, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va davlat tomonidan taqdim etilayotgan qo‘llab-quvvatlash dasturlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbirda bitiruvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ularning kelajakdagi rejalari, tanlovi va tadbirkorlik faoliyatini boshlashda duch keladigan muammolarni hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.