Webster universitetida hamkor OTMlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Avval xabar berilganidek, kimyo, biologiya, psixologiya va hamshiralik ishi ta’lim dasturlari bo‘yicha Vebster universiteti (AQSH)dan tashrif buyurgan ekspertlar Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lgan edi.
🟦 Kuni kecha uchrashuv, Toshkent shahridagi Vebster universiteti bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan (hamshiralik ishi, biologiya, kimyo va psixologiya) ta’lim yo‘nalishlariga oid masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi. Tadbirda Vebster universitetining yangi ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkor oliy o‘quv yurtlari, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand va Buxoro davlat tibbiyot universitetlari hamda O‘zbekiston milliy universitetining vakillari ishtirok etishdi.
⚪️Uchrashuv doirasida, hamkor universitetlarda Vebster ta’lim dasturi uchun auditoriya va xonalar ajratilishi va ularni kompyuterlar bilan jihozlanganligi borasida ma’lumot berildi.
🤝Shuningdek, talabalarga to‘lov shartnomani taqdim etish, professor-o‘qiituvchilarni jalb kilish, qabul jarayoni va yangi dasturlarning marketing targ‘ibotiga oid masalalar muhokama qilinib, kelgusidagi ishlar taqsimlandi.