WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
16 AprelAprelAprel 2026 5 ko'rishlar

NamDTU va AGH University of Krakow o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

NamDTU va AGH University of Krakow o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

NamDTU va AGH University of Krakow o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Samarqand shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Polsha rektorlarining 4-forumi doirasida Namangan davlat texnika universiteti hamda AGH University of Krakow o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Mazkur hujjat quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
- Erasmus+ dasturi doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
- akademik mobillikni rivojlantirish;
- ilmiy tadqiqotlar va qo‘shma nashrlar;
- xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish;
- qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.
Ushbu kelishuv ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va uni tizimli rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar