Janubiy Koreyaning Kalvin universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bugun Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori Dilnoza Xodjayeva Janubiy Koreyaning Kalvin universiteti prezidenti Hvan Kun Yung bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan konstruktiv muloqotda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, kelgusidagi hamkorlikning eng muhim yo‘nalishlari belgilab olindi.
Ta’kidlash joizki, Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qitishning innovatsion metodlarini joriy etishga qaratilgan qator xalqaro tadbirlar amalga oshirib, xorijiy mamlakatlarning oliygohlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.
Memorandumning imzolanishi ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishiga xizmat qiladi. Xususan, unda akademik hamkorlikni rivojlantirish, mutaxassislarini ilmiy tadqiqot hamda o‘quv jarayonlariga jalb qilishni kengaytirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish hamda boshqa sohalarda o‘zaro aloqalarni kengaytirish ko‘zda tutilgan.