WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 MayMayMay 2024 17 ko'rishlar

Huquqni mustaqil o‘rganish mobil ilovasi yaratilmoqda

Fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida ishlab chiqilayotgan mobil ilova ko‘plab huquqiy mavzularni o‘z ichiga oladi.

Ayni paytga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi tomonidan “Madad” NNT taqdim etgan statistik maʼlumotlar hamda internet tarmogʻidagi soʻrovlar statistikasi oʻrganilgan holda talab yuqori boʻlgan 50 ta mavzu, xususan, “Konstitutsiya” (17 ta mavzu), “Mehnat munosabatlari” (9 ta mavzu), “Oilaviy munosabatlar” (6 ta mavzu), “Uy-joy va kommunal masalalari” (4 ta mavzu), “Ijtimoiy himoya” (5 ta mavzu), “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar orqali o‘z huquqlarni himoya qilish” (5 ta mavzu), “Internet makonida xavfli axborotlar” (4 ta mavzu) modullari yuzasidan videoma’ruza tezis, slayd va testlar tayyorladi. Tayyorlangan ma’lumotlar YouTubedagi “Huquq maktabi” kanaliga yuklab borilmoqda.
Mobil ilova tayyor bo‘lgandan so‘ng fuqarolar nafaqat o‘z bilimini oshirishi, balki turli testlarni yechishi, o‘z bilimini sinash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Har bir modulni tugatgan fuqarolarga modulni tugatgani haqida sertifikat beriladi.

Boshqa yangiliklar