28 AprelAprelAprel 2026
7 ko'rishlar
NamDTU talabasi xalqaro tanlovda oltin medalni qoʻlga kiritdi
NamDTU talabasi xalqaro tanlovda oltin medalni qoʻlga kiritdi
Namangan davlat texnika universiteti Toʻqimachilik sanoati injeneringi fakulteti Dizayn taʼlim yoʻnalishi talabasi Zebo Rasuljanova xalqaro miqyosda yana bir yutuqqa erishdi!
Talaba Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivalida oʻzining betakror libos namoyishlari hamda tasviriy va amaliy sanʼat asarlari bilan faol ishtirok etib, festivalning 🥇 oltin medaliga sazovor boʻldi.
Mazkur yutuq nafaqat talabamizning isteʼdodi, balki fakultetimizda olib borilayotgan sifatli taʼlim va ijodiy muhit samarasi ekanini yana bir bor namoyon etdi.