WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
22 OktabrOktabrOktabr 2025 92 ko'rishlar

Qo‘qon davlat universiteti va Liberes universiteti o‘rtasida hamkorlikning yangi bosqichi

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik, ilmiy va akademik almashinuv jarayonlari ta’lim sifatini oshirish, innovatsion g‘oyalarni tatbiq etish hamda global tajriba almashishning muhim omiliga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan, xorijiy universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash Qo‘qon davlat universiteti faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Ana shunday sa’y-harakatlar doirasida Qo‘qon davlat universitetiga Chexiya Respublikasining yetakchi ta’lim muassasalaridan biri — Liberes universiteti rasmiy delegatsiyasi tashrif buyurdi. 

Mehmonlarni Qo‘qon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva qabul qildi. Uchrashuvda Liberes universiteti rektori Prof. RNDr. Miroslav Brzezina hamda universitet prorektori Prof. Aleš Kochourek ishtirok etdilar.

Boshqa yangiliklar