WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
01 MartMartMart 2024 6 ko'rishlar

YANGI TALABALAR TURAR JOYI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Joriy yilning 17-fevral kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida yangi 400 o’rinli talabalar turar joyi qurib, foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov, Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo’riyev, keng jamoatchilik vakillari,  nuroniylar, faxriy ustozlar, jurnalistlar, blogerlar, institut professor-o`qituvchila hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirni Qahqadaryo viloyati hokimi M.Azimov kirish so’zi bilan ochib, ushbu yaratilayotgan imkoniyatlar davlatimiz rahbarining yoshlarga berayotgan e’tibor natijasi ekanligini e’tirof etdi. Shundan so`ng, nuroniylar ishtirokida yangi binoning tantanali ochilish marosimi o’tkazildi. Tadbir ishtirokchilari talabalar turar joyidagi sharoitlar bilan tanishish maqsadida bino bo`ylab sayohat qilishdi.

Tantanali ochilish marosimidan so’ng viloyat hokimi boshchiligida keng jamoatchilik vakillari talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlarni ko’zdan kechirishdi. Xususan, shinam qulayliklarga ega yotoqxonalari, dush, oshxona, kir yuvish xonalari, kutubxona va ma’naviyat xonalari yig’ilganlar e’tirofiga sabab bo’ldi. 

Tadbir davomida, shuningdek, viloyat hokimi yangidan foydalanishga topshirilgan Axborot resurs markazi faoliyati bilan tanishib, iqtidorli talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi. Samimiy o’tgan muloqotda yoshlarning qiziqishlari, intilishlari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Ilm - barcha muvaffaqiyatlarning asosi ekanligini ta’kidladi va yoshlarning taklif-tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashini bildirib o’tdi.  Amaliyotga taqdim etiladigan talabalarning loyihalari  bo’yicha mutasaddilarga kerakli topshiriqlar berdi.

Boshqa yangiliklar