WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
24 DekabrDekabrDekabr 2024 29 ko'rishlar

Qoʻqon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida "Yangi yil" bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirni fakultet dekani, professor Vahobjon Xoʻjayev ochib berdi hamda oʻtib borayotgan yil sarhisobi haqida fikr-mulohazalarini bildirib, barchani tobora yaqinlashib kelayotgan yangi - 2025-yil bilan samimiy muborakbod etdi.

Shundan soʻng, navbat badiiy qismga berilib, qiziqarli oʻyinlar, raqslar, Qorbobo va Qorqiz ishtirokidagi chiqishlar tashkil etildi.

Tadbir davomida yil mobaynida yutuqlarga erishgan hamda turli tanlovlarda gʻolib boʻlgan talaba-yoshlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Boshqa yangiliklar