WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 IyunIyunIyun 2026 7 ko'rishlar

UrDU talabalari uchun Xitoy sanoatiga yo‘l: XCMG bilan qo‘shma dastur muhokama qilindi

Urganch davlat universitetida Xitoyning XCMG kompaniyasi va Suychjou texnologiya universiteti bilan hamkorlikda mashinasozlik yo‘nalishi bo‘yicha "2+1+1" qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

  • Bugun Xitoy Xalq Respublikasining dunyoga mashhur XCMG (Xuzhou Construction Machinery Group) kompaniyalar guruhi va Suychjou texnologiya universiteti vakillaridan iborat delegatsiya Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy maqsadi — UrDU, Suychjou texnologiya universiteti hamda XCMG kompaniyasi hamkorligida texnika va mashinasozlik yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yilayotgan "2+1+1" qo‘shma ta’lim dasturi istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
    Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari universitetdagi “Xitoy–O‘zbekiston markazi”, Texnika fakulteti laboratoriyalari va talabalarning innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif yakunida mehmonlar ushbu qo‘shma dasturda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar bilan muloqot qilib, ularning savollariga javob berdilar.


Boshqa yangiliklar