"Inson aziz, xotira muqaddas!": Ma’naviyat va qadriyat uyg‘unligidagi tadbir.
Ijtimoiy fanlar fakultetida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab “Inson aziz, xotira muqaddas!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu ezgu tashabbus yurtdoshlarimizning mard o‘g‘lonlari, Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan qahramonlarimizni yod etish, ularning jasoratini yuksak ehtirom bilan qadrlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ahmadjon Husanov, fakultet dekani N. Babayeva, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar. Ular xotira va qadrlashning jamiyat hayotidagi o‘rni, tarixiy xotiraning avlodlar orasida uzviylikni ta’minlashdagi ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Tadbir davomida ona yurtga muhabbat, fidoyilik va tinchlikni asrab-avaylash g‘oyalari kuylangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va musiqiy chiqishlar orqali ifodalandi.`