WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
25 AvgustAvgustAvgust 2026 20 ko'rishlar

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida TDYU amaliyot shu'basi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan “ta’lim – tadqiqot – amaliyot” integratsiyasini kuchaytirish vazifalari doirasida yana bir muhim tashabbus hayotga tatbiq etildi.

  Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti Xalqaro huquq va inson huquqlari amaliy shu'basi tashkil etildi.

   Mazkur shu'ba yuridik ta’limni bevosita professional faoliyat muhiti bilan bog‘lash, talabalarni inson huquqlari va xalqaro huquq sohasidagi real jarayonlarga jalb etish, ularning amaliy, tahliliy va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi. Bu orqali talabalar nazariy bilimlarni mutaxassislar ishtirokidagi amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, inson huquqlarini himoya qilishning milliy va xalqaro mexanizmlarini chuqur o‘rganish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun zarur tajribani bevosita amaliyot jarayonida shakllantirish imkoniga ega bo‘ladi.

Boshqa yangiliklar