WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 IyulIyulIyul 2026 27 ko'rishlar

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasida Toshkent davlat yuridik universiteti amaliyot shu’basi ochildi

Yangi amaliyot shu’basi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, “ta’lim – tadqiqot – amaliyot” integratsiyasini kuchaytirish, TDYU va federatsiya o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, federatsiya faoliyatida fuqarolik-huquqiy yo‘nalishdagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.

    Uchrashuvda hududlarda stajirovka o‘tayotgan talabalar bilan onlayn muloqot tashkil etilib, ularning amaliyot jarayonidagi tajribalari va takliflari tinglandi. Talabalar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida kelgusida stajirovka va amaliy ta’lim jarayonlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

     Shuningdek, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari, hududiy birlashmalar va tuman jamiyatlari bilan stajirovka jarayonlarini yanada tizimli tashkil etish, dual ta’limni bosqichma-bosqich joriy qilish, talabalarni real amaliy jarayonlarga keng jalb etish, federatsiya mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar va treninglar tashkil etish hamda federatsiya faoliyatida ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar