WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 DekabrDekabrDekabr 2025 7 ko'rishlar

Xitoy Xalq Respublikasidagi Uxan musiqiy konservatoriyasida Hisobot konserti bo‘lib o‘tdi

Xitoy Xalq Respublikasidagi Uxan musiqiy konservatoriyasida Hisobot konserti bo‘lib o‘tdi

Xitoy Xalq Respublikasidagi Uxan musiqiy konservatoriyasida Hisobot konserti bo‘lib o‘tdi

⚡️Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali va Xitoy Xalq Respublikasidagi Uxan musiqiy konservatoriyasi o‘rtasida 2025-yil 10-may kuni o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzilgan edi.

Ana shu shartnoma asosida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining Cholg'u ijrochiligi: puflama va zarbli cholg'ular mutaxassisligining 3-bosqich talabasi Diyorbek Erimbetov, Cholg'u ijrochiligi: torli cholg'ular mutaxassisligining 3-bosqich talabasi Ilhom Turimbetov, Vokal san’ati: akademik xonandalik mutaxassisligining 2-bosqich talabasi Jasurbek Pirnazarov va Cholg‘u ijrochiligi: fortepiano (organ) mutaxassisligining 2-bosqich talabasi Asqar Abdisultanovlar Xitoy Xalq Respublikasidagi Uxan musiqiy konservatoriyasida tahsil olmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad - ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, nazariy va amaliy bilimlarni to‘ldirish, tajriba almashishdan iborat.

🎼Joriy yilning 10-dekabr kuni Uxan musiqiy konservatoriyasining katta zalida talabalarimizning hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Unda talabalarimiz 4 oy davomida olgan nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi, o‘z mahoratini namoyish etdi.

Boshqa yangiliklar