WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
29 MayMayMay 2024 48 ko'rishlar

Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Maktabgacha ta’limda psixologik xizmat: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, shuningdek boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirni institut prorektori Nurbek Jo‘rayev kirish so‘zi bilan ochdi.

Anjuman ishtirokchilari psixologik xizmatni takomillashtirishning imkoniyatlari, psixologiya fanining yutuqlaridan foydalanish, psixologik xizmat faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlariga qaratilgan mavzularida ma’ruza hamda fikr-mulohazalar tingladilar.

Anjuman davomida soha mutaxassislari tomonidan maktabgacha ta’lim sohasi uchun psixolog tayyorlash tizimiga zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish, tizimni takomillashtirish, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or yondashuvlarini o‘rganish bo‘yicha tajriba almashinuvini kengaytirish, psixologlarning kasbiy malaka va ko‘nikmasini oshirib borish, o‘quv-uslubiy faoliyat samaradorligini oshirish kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar muhokama qilindi

Boshqa yangiliklar